YoR-YoR SADOSIDA HIKMAT KÖP
Ota-bobolarimizdan qolgan udumlarimizdan biri – yor-yor sadosi bilan boşlanadigan töylarimizdir. Hozirda negadir yor-yorlar kam aytiladi, yaʼni unutilib bormoqda. Zero, qiz uzatiş marosimi yor-yor sadolari bilan gözaldir.
Avval boşda xudoni yod etaylik, yor-yor,
Payğambarning ruhini şod etaylik, yor-yor.
Payğambarning qizini Ali olgan, yor-yor,
Qiz olişib, qiz bermoq şundan qolgan, yor-yor.
Şunday ekan, hozir ham yor-yor sadosi ostida uyingizga kelin kirib kelsa, qanday yaxşi. Yor-yorning har bir satrida yoşlarimizga aytilgan ögit-nasihat va tarbiyaviy taʼsir bor.
Payğambarning qiziday baxting bölgay, yor-yor,
Sulaymonning taxtiday taxting bölgay, yor-yor.
“Haftiyak”ning örtasi “Taborak”dir, yor-yor,
Erka qizim, töylaring muborakdir, yor-yor.
Aytilgan har bir tilakda juda uluğ, ezgu maʼnolar borki, köpning tilagi, albatta, ijobat böladi.
Qozondagi qatlama, qatlanadi, yor-yor,
Qizni olib yangalar otlanadi, yor-yor.
Tura-turing yangalar, oşiqmanglar, yor-yor,
Qizni tuqqan onasi rozi bölsin, yor-yor.
Borgan joyingda baxting qatlamadek, qat-qat bölib qatlanaversin, qiz-u öğil farzandlar bersin, ota-onang duosini olgin, degan maʼnoda ana şunday tilaklar yor-yorga qöşib aytilgan.
Qadimda mana şunday yor-yorlar aytilib, qizlarimiz yor-yor sadolari bilan uzatilgan. Hozirgi yoşlarimiz ham qadimgi udumlarimizga rioya qilgan holda, töylarimizda yor-yorlar sadosi yangrab, qizlarimiz özimizning milliy liboslarda çiqsa, qanday yaxşi bölardi. Boşlarida döppi, egnida zarçoponlar bölsa, çiroyiga-çiroy, körkiga-körk qöşilardi.
Ilohim, barça qizlarimiz borgan joyida toşdek qotib, albatta, baxtli bölsin, deymiz. Yor-yorlarda, nazarimda qandaydir ilohiylik bor. Yuqoridagi kabi yor-yorlar bilan uzatilgan hozirgi momolarimiz hamon ana şu ilohiy ohanglarni unutmasliklarida ham ana şu hikmat mujassam bölsa, ne ajab?!.
Gulora DÖSÇANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶