Bayram arafasida yangi binolar foydalanişga topşirildi
Mustaqillik — bu, avvalo, xalqning ertangi kunga bölgan işonçi, obod va farovon hayot sari dadil qadam demakdir. Yurtimizda istiqlolning 35 yilligi keng nişonlanayotgan şu kunlarda Amudaryo tumanida ham bunyodkorlik işlari, yangilaniş va ezgu taşabbuslar özining amaliy ifodasini topmoqda.
Bayram şodiyonalari arafasida tumandagi qator ijtimoiy soha obʼektlari foydalanişga topşirildi. Bu inşootlar, avvalo, aholi uçun munosib şart-şaroit yaratiş, yoşlarning sifatli taʼlim olişi, fuqarolar bandligini taʼminlaş va mahallalarda xizmat körsatiş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.
Manğit şahridagi 30-sonli umumtaʼlim maktabi uçun barpo etilgan yangi qöşimça bino ana şunday bunyodkorlik işlarining yorqin namunalaridan biridir. 660-örinli zamonaviy qöşimça bino foydalanişga topşirilişi munosabati bilan taşkil etilgan oçiliş marosimida tuman hokimi Sobir Xöjametov, hokim örinbosarlari, maktabning faxriy ustozlari hamda taʼlim jamoasi vakillari iştirok etdi.
Taʼlim maskanining yangi binosi uçun 8 milliard 600 million sömdan ortiq mablağ sarflandi. Quriliş işlari “Manğit energo stroy” MÇJ tomonidan amalga oşirildi.
Oçiliş marosimida sözga çiqqan tuman hokimi yangi binoda yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlar öquvçilarning sifatli taʼlim olişi, bilim va könikmalarini yanada rivojlantirişiga xizmat qilişini taʼkidladi.
Maktab yoş avlodning dunyoqaraşi şakllanadigan, orzu-maqsadlari qanot yozadigan, kelajak kasbiga ilk qadamlar qöyiladigan muqaddas dargohdir. Şu maʼnoda, yangi 660-örinli bino yuzlab öquvçilar uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçadi.
Tantanali marosim davomida yangi bino ramziy kaliti quruvçi taşkilot rahbari tomonidan maktab direktoriga topşirildi. Söngra ramziy tasma qirqilib, yangi binoning eşiklari öquvçilar uçun oçildi.
Mustaqillik bayrami arafasida Örtaqalʼa ovuli hududida foydalanişga topşirilgan mahalla maişiy xizmat körsatiş markazi ham aholining kundalik hayotini yanada qulaylaştirişga qaratilgan muhim loyihalardan biridir.
Markazning oçiliş marosimida Özbekiston Mahallalar uyuşmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği Sağindiq Turmanov, tuman hokimi Sobir Xöjametov hamda mahalla faollari iştirok etdi.
Mazkur mahalla majmuasi Özbekiston Respublikasi Prezidentining Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamğarmasi iştirokida “Qişloq joylarni barqaror rivojlantiriş” loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisidagi qarori asosida barpo etildi.
Loyihaga 3 milliard 600 million sömdan ortiq mablağ yönaltirildi. Quriliş işlari “Baken quriliş montaj” XK tomonidan amalga oşirildi.
Endilikda mahalla aholisi uçun markazda bir qator xizmatlardan foydalaniş imkoniyati yaratilgan. Majmuada ayollar va erkaklar sartaroşxonasi, kompyuter xonasi, öquv markazi, sport zali, tikuvçilik xonasi, novvoyxona kabi xizmat körsatiş va ijtimoiy obʼektlar faoliyat yuritadi.
Bu esa, bir tomondan, aholining turli xizmatlarga bölgan ehtiyojini öz mahallasining özida qondiriş imkonini bersa, ikkinçi tomondan, yangi iş örinlari yaratiş orqali fuqarolar, ayniqsa, mahalla yoşlarining bandligini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Bugun Amudaryoda qad rostlayotgan har bir yangi bino, foydalanişga topşirilayotgan har bir ijtimoiy obʼekt ortida inson manfaatlari, xalq farovonligi va kelajak avlod taqdiri mujassam.
Mustaqillikning 35 yilligi arafasida Amudaryoda foydalanişga topşirilgan uşbu obʼektlar yurtimizda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlarining amaliy ifodasidir. Eng muhimi, ular odamlar hayotiga daxldor, kundalik turmuşini yaxşilaşga xizmat qiladigan ezgu maqsadlarga yönaltirilgani bilan ahamiyatlidir.
Zero, obod mahalla, zamonaviy maktab, munosib mehnat va yaşaş şaroiti — farovon jamiyatning muhim mezonlaridir. Bugun bunyod etilayotgan maskanlar esa ana şu ezgu maqsadlarning mustahkam poydevoriga aylanmoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶