08.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
08.10.2026, 12:28
Qishloq xoʻjaligi 👁 26

Paxta qabul qilish va bugʻdoy tarbiyasi jarayonlari nazorat ostiga olingan

Paxta xom ashyosi bozoriga erkin narxlar va shartnoma asosidagi munosabatlar kirib kelgani dehqon mehnatining haqiqiy bahosini belgilashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda, shu bois yetishtirilgan hosilni qabul qilish jarayonida hisob-kitobning aniqligi davlat nazoratidagi ustuvor masalalardan biriga aylandi. Bu tartib tarmoqda ishonchga asoslangan ish usulini shakllantirishga xizmat qiladi.

Maʼlumki, terim mavsumi dehqon uchun faqat yuqori hosil bilan emas, balki oʻz mehnati natijasining toʻgʻri oʻlchanishi va sifat koʻrsatkichining aniq belgilanishi bilan ham bogʻliq boʻlib, bu vazifalarning bajarilishini kuzatib borish maxsus vakolatli idora zimmasiga yuklatilgan. Bu jarayonda yuzaga keladigan har qanday noaniqlik esa bevosita xoʻjalikning iqtisodiy natijasiga taʼsir koʻrsatadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi Amudaryo tumani boʻlimi mutaxassislari tomonidan tumanda paxta xom ashyosini qabul qilish jarayoni nazorat ostiga olingan.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, joriy yilda tumanda 13 ming gektar maydonga paxta ekilgan boʻlib, shu maydonlardan jami 64 ming 175 tonna paxta xom ashyosini terib olish rejalashtirilgan. Ayni kunlarda tuman xoʻjaliklarida terim jarayoni qizgʻin davom etib, maydonlardan yigʻilayotgan hosil belgilangan tartibda qabul maskanlariga yetkazib berilmoqda.

Xususan, Oʻrta qala ovuli hududida faoliyat yuritayotgan «Ermanov Oʻrazboy» fermer xoʻjaligi 2026-yil hosili uchun 54 gektar maydonga paxta joylashtirgan boʻlib, shundan 32 gektariga Xitoydan olib kelingan sara urugʻlik chigit ekilgan. Qolgan 20 gektar maydonga esa mahalliy «Sulton» navli urugʻlik chigit ekilgan boʻlib, xoʻjalikda xorijiy navdan har gektardan 60-65 tsentner hoisl olish maqsad qilingan.

Kontraktatsiya shartnomasi boʻyicha fermer xoʻjaligining paxta topshirish rejasi 267 tonna etib belgilangan, bugungi kunga qadar 110 tonna hosil paxta terish mashinalari yordamida, nest-nobud qilinmasdan, qisqa muddatlarda terib olindi va qabul maskaniga topshirildi.

Tumanning Choykoʻl ovuli hududidagi «Oybek Dilshoda» fermer xoʻjaligida 48 gektar maydonga mahalliy «Sulton» navli urugʻlik chigit ekilgan boʻlib, bu maydonlarning har gektaridan 60-65 tsentner paxta olish rejalashtirilgan. Mazkur xoʻjalikning kontraktatsiya shartnomasi boʻyicha paxta topshirish rejasi 237 tonna etib belgilangan boʻlib, birinchi terimning oʻzida 105 tonna paxta xom ashyosi topshirildi, qolgan hosil esa terish mashinalari yordamida tezkorlik bilan yigʻib olinmoqda.

Qayd etish joizki, tumanda nizoli vaziyatlarni joyida hal etish maqsadida mobil arbitraj guruhlari tuzilgan, paxta qabul qilish maskanlaridagi laboratoriyalarning kunlik analizlari esa 24 soat mobaynida saqlab turiladigan boʻldi. Bunday yondashuv tarozi va laboratoriya xulosasiga doir eʼtirozlarni kechiktirmasdan, dalada yoki qabul maskanining oʻzida koʻrib chiqishga sharoit yaratadi.

Bu ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi «Paxta xom-ashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qoʻllashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni talablaridan kelib chiqib amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, jarayon Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-sentyabrdagi va 2019-yil 12-iyuldagi qarorlari bilan tasdiqlangan Nizom asosida, qonuniylik, shaffoflik va xolislikni taʼminlash, xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan.

Taʼkidlash kerakki, 2026-yil paxta hosilini qabul qilishda xom ashyoni tortish, namuna olish, sifat koʻrsatkichlarini aniqlash va rasmiylashtirishning belgilangan tartibda amalga oshirilishi, jarayonlarning shaffofligi va xolisligi, shuningdek, nizoli holatlarni tezkor koʻrib chiqish ustuvor vazifalar etib belgilangan.

Inspektsiya tomonidan tumandagi fermer xoʻjaliklarida bugʻdoy ekish va tarbiyalash jarayonlari ham nazoratga olingan. Oq-oltin ovuli hududida faoliyat yuritayotgan «Yakubova Gavhar» fermer xoʻjaligida 2027-yil gʻalla hosili uchun 62 gektar maydonga bugʻdoy ekilgan boʻlib, bugungi kunda bir gektarga oʻrtacha 300 kilogramm fosforli hamda 50 kilogramm kaliyli oʻgʻit bilan ishlov berilmoqda.

Xoʻjalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-iyuldagi «Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining sifatini baholash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoniga koʻra, QR kodli yorliqlangan hamda ijobiy ekinboplik xulosasi olingan urugʻliklardan foydalanilayotgani oʻz natijasini bermoqda.

Inspektsiyaning Amudaryo tumani boʻlimi tomonidan bu jarayonlarning barchasi uzluksiz kuzatib borilayotgani har bir kilogramm hosilning toʻgʻri hisobga olinishiga, dehqon va qabul qiluvchi tomon oʻrtasidagi munosabatlarning aniq tartibga solinishiga imkon bermoqda.

Bu ishlarning natijasi aniqlangan kamchiliklar sonida emas, balki mehnati evaziga halol haq olgan dehqonning yerga boʻlgan ishonchida namoyon boʻladi. Bu ishonch esa kelgusi mavsumlar hosildorligining mustahkam kafolati hisoblanadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026