Amudaryoda ÖzLiDeP tuman Kengaşi konferentsiyasi yangi vazifalarni belgiladi
Köppartiyaviylik tizimi demokratik jamiyatning tayanç ustunlaridan biri bölib, siyosiy partiyalar fuqarolar manfaatini ifoda etiş, davlat siyosatiga taʼsir körsatiş va joylardagi muammolarni hokimiyat organlari eʼtiboriga yetkazişda muhim vosita vazifasini bajaradi. Mamlakatimizda keng kölamli islohotlar davrida partiyalarning hududiy böğinlari zimmasidagi masʼuliyat ham sezilarli darajada ortib bormoqda.
Iqtisodiyot, tadbirkorlik muhiti hamda aholining talab va ehtiyojlari özgarib borayotgan bir paytda partiyalar ham zamon bilan hamnafas bölişi, öz dasturiy hujjatlarini bugungi voqelikdan kelib çiqib yangilaşi talab etiladi. Şu nuqtai nazardan, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining navbatdagi Kongressiga tayyorgarlik jarayonida hududiy böğinlarda ham tizimli işlar olib borilmoqda.
Ana şunday tadbirlardan biri sifatida 23-noyabr kuni ÖzLiDeP Amudaryo tuman Kengaşining konferentsiyasi bölib ötdi. Yiğilişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari, partiya tuman Kengaşi aʼzolari, boşlanğiç taşkilotlardan saylangan delegatlar, partiya faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Konferentsiyani partiya tuman Kengaşi raisi Anvar Yuldaşev oçdi va olib bordi. Konferentsiyaga jami 103 nafar delegat saylangan. Delegatlar ovoz beriş orqali prezidium tarkibini, konferentsiya kotibi va hisob-kitob komissiyasi aʼzolarini, şuningdek, kun tartibini tasdiqladilar.
Kun tartibidan partiya tuman Kengaşining ötgan davrdagi faoliyati sarhisobi, boşlanğiç partiya taşkilotlarining iş samaradorligini oşiriş, partiyaviy vazifalar ijrosini taʼminlaş masalalari örin oldi. Şu bilan birga, partiyaning navbatdagi Kongressiga tayyorgarlik hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi konferentsiyasiga delegatlar saylaş bilan boğliq masalalar ham körib çiqildi.
Kun tartibidagi birinçi masala yuzasidan partiya tuman Kengaşi raisining birinçi örinbosari – apparat rahbari Yaxşimurat Axmedov maʼruza qildi. Maʼruzada tuman Kengaşining 2024–2026-yillarda amalga oşirgan işlari yakunlari atrofliça tahlil etilib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi. Qayd etilişiça, bugungi kunda tumanda 82 ta boşlanğiç partiya taşkiloti faoliyat yuritmoqda. Uşbu taşkilotlar 9927 nafar aʼzoni öz safida birlaştirgan. 2024-yilda partiya aʼzolari soni 8 ming nafarni taşkil etgan bölsa, sönggi ikki yil mobaynida bu körsatkiç qariyb 2 ming nafarga oşgan. Mazkur ösiş partiyaning joylardagi faoliyati va aholi bilan muloqoti natijasi sifatida baholanmoqda.
Maʼruzada partiyaning «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasida olib borilayotgan işlar hamda aholi murojaatlarini örganişga qaratilgan taşabbuslar tuman aholisi tomonidan eʼtirof etilayotgani alohida körsatib ötildi. Xususan, «Yurakka yöl» aktsiyasi doirasida ijtimoiy kömakka muhtoj 56 ta oila uçun yangi xonadonlar qurib berilgani amaliy natijalardan biri sifatida qayd etildi.
Maʼruza yuzasidan Amudaryo tumani fermerlar Kengaşi raisi, «Bekman Allaberganov» fermer xöjaligi boşliği, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Ilxom Palvanov hamda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputati Madamin Kazakovlar sözga çiqdi.
Konferentsiyada quyi böğinlar faoliyatini jonlantiriş, aʼzolar taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda deputatlik guruhlari bilan hamkorlikni kuçaytiriş masalalari ham atrofliça muhokama qilindi. Şuningdek, «Xalq bilan birga» dasturi doirasidagi işlarni izçil davom ettiriş partiyaning aholi bilan yaqin muloqotini taʼminlaşdagi muhim omil ekani alohida taʼkidlandi.
Kun tartibidagi ikkinçi masala – ÖzLiDeP Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi konferentsiyasiga Amudaryo tuman partiya taşkilotidan delegatlar saylaş böyiça Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati Madamin Kazakov axborot berdi. Belgilangan vakillik normasiga muvofiq, tuman taşkilotidan 14 nafar delegat saylanişi közda tutilgan bölib, ularning nomzodlari ovozga qöyilib, tasdiqlandi va tegişli qaror qabul qilindi.
Konferentsiyada partiya taşkilotining ikki yillik faoliyati xolisona baholanib, oldinda turgan vazifalar aniq belgilab olindi. Bunday oçiq muhokamalar saylangan delegatlar orqali hudud ovozini yuqori böğinlarga yetkaziş, yangi Siyosiy dasturni esa xalqning haqiqiy ehtiyojlariga hamohang tarzda şakllantiriş uçun mustahkam zamin hozirlaydi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶