Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda
Qişloq xöjaligida kelgusi yil hosilining möl va sifatli bölişi, avvalo, yerga öz vaqtida va agrotexnika talablariga muvofiq işlov berişga boğliq. Şu bois kuzgi şudgorlaş tadbirlarini belgilangan muddatlarda, sifatli va samarali taşkil etiş agrar soha oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Şu munosabat bilan Amudaryo tumani Tölqin ovuli hududidagi «Amat Törayev» fermer xöjaligi ekin maydonida 2027-yil hosiliga tayyorgarlik köriş maqsadida yerlarni kuzgi şudgorlaş masalalariga bağişlangan amaliy seminar bölib ötdi.
Unda tuman hokimi Sobir Xöjametov, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosari, qişloq xöjaligi sohasi masʼullari hamda fermer xöjaliklari rahbarlari iştirok etdi.
Seminarda kuzgi şudgorlaşning kelgusi hosildorlikni taʼminlaşdagi örni, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda amalga oşiriş, mavjud texnikalardan unumli foydalaniş hamda yerga sifatli işlov beriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Tadbir davomida taʼkidlanganidek, yerlarni sifatli va yuqori unum bilan şudgorlaş uçun traktor va pluglarni oldindan texnik körikdan ötkaziş, işga şay holatga keltiriş, haydaladigan maydonlarni tayyorlaş hamda şudgorlaş jarayonini töğri taşkil etiş talab etiladi.
Şuningdek, bajarilayotgan işlar sifati doimiy nazorat qilib borilişi zarur. Zero, sifatli şudgorlangan maydonlarda şör yuviş, erta bahorda tuproqqa işlov beriş va ekiş işlarini agrotexnik talablar asosida öz vaqtida amalga oşiriş uçun zarur şaroit yaratiladi.
Tuman hokimi Sobir Xöjametov öz sözida tumanda kuzgi şudgorlaş işlarini tizimli taşkil etiş, mavjud texnika va resurslardan samarali foydalaniş, fermer xöjaliklari örtasida hamkorlikni kuçaytiriş hamda belgilangan rejalar ijrosini taʼminlaş yuzasidan tegişli tavsiya va körsatmalar berdi.
Maʼlumotlarga köra, tumanda 2027-yil hosili uçun jami 12 ming gektar maydonda kuzgi şudgorlaş işlarini amalga oşiriş rejalaştirilgan. Uşbu jarayonga 329 ta fermer xöjaligi jalb etilib, 71 ta yuqori unumli haydov texnikasi bilan taʼminlangan. Mavjud texnikalar 23 ta surim otryadiga biriktirilgan.
Şudgorlaş işlarini belgilangan muddatlarda yakunlaş maqsadida 25-oktyabrdan 10-noyabrga qadar bölgan davr uçun aniq iş grafiklari işlab çiqilgan. Rejaga muvofiq, kunlik 162 gektar maydonda, mavsum davomida esa belgilangan 12 ming gektar yerda şudgorlaş işlarini amalga oşiriş közda tutilgan.
Mavjud maʼlumotlarga köra, mavsum boşidan şu kungaça jami 1 884 gektar maydonda, yaʼni umumiy rejaning 16 foizida şudgorlaş işlari bajarilgan. Jarayonga 28 ta texnika jalb etilgan.
Seminar doirasida şudgorlaş işlarini jadallaştiriş, texnikalardan samarali foydalaniş, kunlik iş unumdorligini oşiriş va bajarilayotgan agrotexnik tadbirlar sifatini taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Taʼkidlaş joizki, kuzgi şudgorlaş işlarining öz vaqtida va sifatli bajarilişi nafaqat kelgusi yil hosildorligi, balki tuproq unumdorligini saqlaş, suv resurslaridan oqilona foydalaniş hamda qişloq xöjaligi işlab çiqarişining barqarorligini taʼminlaşda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Şu bois tumanda belgilangan agrotexnik tadbirlarni öz muddatida va sifatli bajariş, fermer xöjaliklari masʼuliyatini oşiriş hamda kuzgi şudgorlaş mavsumini belgilangan reja asosida yakunlaş borasidagi işlar davom ettirilmoqda.
Çaros Arslonova, Amudaryo tumani hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶