Jöqorği Kenges Raisi Amudaryo tumani yoşlari bilan uçraşdi
Yoşlar bilan doimiy muloqot örnatiş, ularning bandligini taʼminlaş, mavjud muammolarini joyida örganiş hamda istiqbolli taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş yoşlar siyosatidagi ustuvor vazifalardan biridir. Bu borada taşkil etilayotgan oçiq muloqotlar yoşlarning taklif va murojaatlarini tinglaş, ularni qiynayotgan masalalarga amaliy yeçim topiş hamda hayotda öz örnini topişi uçun zarur şart-şaroitlarni yaratişga xizmat qilmoqda.
Xususan, «Har payşanba — Yoşlar kuni» doirasida ötkazilayotgan uçraşuvlar yoşlar bilan manzilli işlaş, ularning muammolarini tizimli ravişda hal etiş va taşabbuslarini röyobga çiqarişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev Amudaryo tumanida bölib, işsiz hamda otaliqqa olingan yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazdi.
Uçraşuvda yoşlar bandligini taʼminlaş, ularni zamonaviy va mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasb-hunarlarga yönaltiriş, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş va rivojlantiriş, imtiyozli kreditlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, şuningdek, taʼlim oliş va kasbiy salohiyatni oşiriş bilan boğliq masalalar atrofliça muhokama qilindi.
Muloqot jarayonida yoşlar özlarini qiynayotgan muammolar, qiziqtirgan savollar va kelgusida amalga oşirişni rejalaştirayotgan loyihalari haqida söz yuritdilar. Har bir murojaat va taklif eʼtibor bilan tinglanib, ularni hal etiş yuzasidan tegişli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Jöqorği Kengesi Raisi yoşlar murojaatlariga befarq bölmaslik, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, bildirilgan takliflarni qoğozda emas, amalda röyobga çiqariş zarurligini taʼkidladi. Şu örinda qayd etiş joizki, Amudaryo tumanida yoşlar bandligini taʼminlaş, ularning ijtimoiy faolligini oşiriş va iqtisodiy taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş borasida ham muayyan işlar amalga oşirilmoqda.
Jumladan, yil boşida aniqlangan 2 298 nafar işsiz yoş «oğir» toifaga kiritilib, ular bilan manzilli işlaş yölga qöyildi. Hisobot davrida uşbu yoşlarning 1 260 nafari, yaʼni 54,8 foizining bandligi taʼminlandi. Şundan 461 nafari işga joylaştirilgan bölsa, 799 nafari taʼlimning keyingi bosqiçiga yönaltirildi.
Şuningdek, xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytgan 80 nafar yoşning bandligi taʼminlandi. «Yoşlar daftari»ga kiritilgan 100 nafar yoşga esa jami 179 million söm miqdorida amaliy yordam körsatildi. 2026-yilda ğalladan böşagan 11,7 gektar yer maydoni 39 nafar yoşga takroriy ekin ekiş uçun ajratildi. Bu esa yoşlarning yerdan samarali foydalanişi, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişi va qöşimça daromad manbaiga ega bölişi uçun imkoniyat yaratmoqda.
Şu bilan birga, yoşlar tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli qarorlari asosida jami 95 nafar yoşga 3 milliard 11 million 500 ming söm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.
Tumanda taʼlim muassasalarini tamomlayotgan yoşlarning bandligini taʼminlaş masalasi ham tizimli ravişda taşkil etilgan. 2026-yilda tumanda 3 298 nafar maktab, 516 nafar texnikum hamda 1 038 nafar oliy taʼlim muassasalari bitiruvçilari mavjud. Hozirga qadar ularning 3 589 nafarining bandligi taʼminlangan.
Şu bilan birga, soliq inspektsiyasi maʼlumotlar bazasi orqali 2 311 nafar işsiz bitiruvçi yoşlar aniqlanib, ularning bandligini taʼminlaş vazifasi tumandagi 48 ta idora va taşkilot rahbarlariga biriktirilgan. Rahbarlar tomonidan yoşlarning bandligi bilan boğliq masalalar örganilib, ularni işga joylaştiriş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilandi.
Amudaryo tumanida amalga oşirilayotgan mazkur işlar yoşlarning bandligini taʼminlaş, tadbirkorlik salohiyatini röyobga çiqariş, taʼlim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş va ijtimoiy faolligini oşirişga qaratilgan.
Ötkazilgan oçiq muloqot ham bu boradagi işlarning mantiqiy davomi bölib, yoşlarning muammolarini joyida örganiş, ularning takliflarini eşitiş va aniq yeçimlar belgilaşga qaratildi.
Zero, har bir yoşning öz iqtidori va imkoniyatlarini namoyon etişi uçun şaroit yaratiş, uning taşabbusini qöllab-quvvatlaş va muammosiga öz vaqtida yeçim topiş nafaqat bugungi kun talabi, balki kelajak taraqqiyotining ham muhim omilidir.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶