Qoraqalpoğistonda içimlik suvi sifati böyiça 1614 ta tahlil ötkazildi
Içimlik suvi sifati haqidagi har bir laboratoriya xulosasi ortida minglab insonlarning salomatligi va xotirjamligi turganini inobatga olgan holda, mamlakatimizda bu sohadagi nazorat davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Suv taʼminoti tizimini modernizatsiya qiliş bilan bir qatorda, isteʼmolçilarga yetkazilayotgan suvning milliy standart talablariga muvofiqligini muntazam tekşirib boriş ham alohida eʼtibor qaratilayotgan masalalardan hisoblanadi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspektsiyasi 2026-yilning yanvar–noyabr oylarida içimlik suvi va oqova suv yönalişida tizimli nazorat işlarini olib bordi. Xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi bilan hamkorlikda içimlik suvi sifati böyiça 1614 ta tahlil olindi.
Bu boradagi tizimli işlar doirasida Amudaryo tumanining Döstlik, Navoiy, Çordara va Boy ovul mahallalarida ham aholiga yetkazib berilayotgan içimlik suvidan kimyoviy va bakteriologik namunalar olindi. Olingan namunalar suvning sanitariya meʼyorlariga qançalik mos ekanini aniqlaş maqsadida laboratoriya tahliliga yuborildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi taqdim etgan tahlil natijalariga köra, yilning ötgan davrida respublika böyiça 39 ta holatda içimlik suvi sifatining milliy standart talablariga mos kelmasligi aniqlandi. Jumladan, kimyoviy körsatkiçlar böyiça Taxiatoş tumanida 17 ta, Xöjayli tumanida 6 ta, Qönğirot tumanida 5 ta, Törtköl tumanida 3 ta, Nukus va Ellikqalʼa tumanlarida 2 tadan salbiy natija qayd etildi. Bakteriologik körsatkiçlar böyiça esa Qoraözak tumani va Nukus şahrida 2 tadan nomuvofiqlik kuzatildi.
Aniqlangan kamçiliklar yuzasidan «Qoraqalpoq suv taʼminoti» aktsiyadorlik jamiyatiga ularni bartaraf etiş böyiça körsatma kiritildi. Suv tarmoqlari tozalanib, obʼektlardagi uskunalarni yuviş işlari amalga oşirildi. Şu bilan birga, bunday nazorat tadbirlari respublikaning boşqa tuman va şaharlarida ham muntazam davom ettirilmoqda.
Inspektsiya mutaxassislari yölga qöygan tizimli nazorat aholiga yetkazilayotgan içimlik suvining sifati va xavfsizligini taʼminlaşga xizmat qiladi, zero har bir kamçilikni erta aniqlaş oqibatlarini bartaraf etişdan köra ança samaralidir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶