23.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
23.11.2026, 17:36
Jamiyat 👁 9

Gaz va elektr taʼminoti Prokuratura nazoratida

Sovuq kunlarda har bir xonadon uçun issiqlik va yoruğlik eng dolzarb masalaga aylanadi, şu bois energiya taʼminotining barqarorligi aholi turmuş farovonligi va ijtimoiy osoyiştalik bilan çambarças boğliqdir. Mamlakatimizda yoqilği-energetika tizimini modernizatsiya qiliş, eskirgan tarmoqlarni bosqiçma-bosqiç yangilaş va resurslardan tejamkor foydalaniş madaniyatini şakllantiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri sifatida belgilangan. Bu borada qabul qilinayotgan dasturlar va ajratilayotgan mablağlar tarmoqlarning işonçliligini oşiriş, yöqotişlarni keskin qisqartirişga yönaltirilmoqda.

Bu sohada qonuniylikni taʼminlaş, resurslar isrofi va noqonuniy foydalaniş holatlariga barham beriş vazifasi prokuratura organlari zimmasiga ham yuklatilgan. Xususan, tabiiy gazni isteʼmolçilarga yetkazib beriş, tarmoqlardagi yöqotişlarni kamaytiriş hamda gaz resurslaridan samarali foydalaniş ustidan nazorat örnatilgan bölib, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik davrida bu nazoratning ahamiyati yanada ortadi.

Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida Amudaryo tuman prokuraturasi tomonidan tabiiy gazdan yöqotişlarni kamaytiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar joyiga çiqqan holda örganilmoqda. Örganişlar davomida amaliy tadbirlarning qay darajada bajarilayotgani, işlar sifati va ularning aholi ehtiyojlariga mosligi atrofliça tahlil etilmoqda.

Örganişlar davomida tumanning Oq oltin ovuli hududida aholi xonadonlarini tabiiy gaz bilan taʼminlovçi diametri 159 millimetr bölgan örta bosimli gaz quvurlarini taʼmirlaş işlari közdan keçirildi. Uşbu quvur orqali köplab xonadonlar gaz bilan taʼminlanişini inobatga olgan holda, taʼmirlaş işlarining sifati va puxtaligiga jiddiy eʼtibor qaratildi.

Şuningdek, Tölqin ovulida xonadonlarni tabiiy gaz bilan taʼminlaşga möljallangan diametri 50 millimetrli yangi gaz quvurlarini örnatiş jarayoni örganildi. Bu yerda işlarda belgilangan meʼyor va talablarga rioya etilişi, şuningdek, aholiga tabiiy gazni xavfsiz va sifatli yetkazib beriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Qayd etiş joizki, gaz quvurlarini taʼmirlaş va yangilaş işlari nafaqat tarmoqlardagi yöqotişlarni qisqartiradi, balki xonadonlarda yuz berişi mumkin bölgan baxtsiz hodisalarning oldini olişga ham xizmat qiladi. Ayniqsa, qiş oylarida gaz isteʼmoli keskin ortişini hisobga olsak, quvurlarning işonçli holatda bölişi har bir oila xavfsizligining muhim kafolatiga aylanadi.

Örganişlar elektr energetikasi sohasida ham davom ettirildi. Xususan, Çordara mahallasida joylaşgan tumandagi eng katta podstantsiya – “Manğit” podstantsiyasida aholini sifatli va uzluksiz tarzda elektr energiyasi bilan taʼminlaş maqsadida 40 ming kVli 2 ta transformator örnatiş işlari joyiga çiqqan holda körib çiqildi.

Maʼlumki, podstantsiyalardagi quvvat isteʼmol hajmiga mos kelmaganda kuçlanişning pasayişi, tez-tez uzilişlar va maişiy texnikaning işdan çiqişi kabi muammolar yuzaga keladi. Şu bois tumanning eng yirik energetika obʼektida yangi transformatorlarning örnatilişi köplab mahallalarda barqaror elektr taʼminotini yölga qöyişda muhim qadam bölişi kutilmoqda.

Bundan taşqari, Böston mahallasi hududidagi 313-sonli transformator punktida amalga oşirilayotgan rejali mukammal taʼmirlaş işlari ham nazoratdan ötkazildi.

Örganişlar yakunida masʼullarga elektr va gaz tarmoqlaridagi yöqotişlarni kamaytiriş, isteʼmolçilarga elektr energiyasi va tabiiy gazni uzluksiz yetkazib beriş hamda energiya resurslaridan tejamkor va oqilona foydalanişni taʼminlaş böyiça tegişli topşiriqlar berildi.

Şu örinda aytiş kerakki, berilgan topşiriqlarning öz vaqtida va sifatli bajarilişi energetika tizimining qişki yuklamalarga qançalik tayyor ekanini belgilab beruvçi asosiy omillardan biridir. Çunki taʼminotdagi har qanday uziliş aholi kundalik hayotiga, ijtimoiy soha obʼektlari va tadbirkorlik subʼektlari faoliyatiga bevosita taʼsir körsatadi.

Gaz quvurlari va elektr tarmoqlarida olib borilayotgan taʼmirlaş hamda yangilaş işlari tumanda energiya taʼminoti işonçliligini oşirişga, isrofgarçilik va yöqotişlarni kamaytirişga qaratilgan tizimli saʼy-harakatlarning amaliy ifodasidir. Bunday örganişlar muammolarni qiş boşlanmasdan oldin aniqlaş va bartaraf etiş imkonini berib, mavsum davomida favqulodda vaziyatlar yuzaga keliş ehtimolini kamaytiradi. Prokuror nazorati esa bu jarayonlarning qonun doirasida, belgilangan meʼyorlar asosida keçişini taʼminlaydi.

Bu işlardan közlangan asosiy maqsad esa qahraton qiş kunlarida ham har bir xonadonga issiqlik va yoruğlik uzluksiz yetib borişini taʼminlaşdan iboratdir.

🎬 Videogalereya Barçasi →
«INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi ▶ «INFOLIB ÖZBEKISTON–2026» axborot-kutubxona haftaligiga start berildi 20.11.2026 Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi ▶ Eskirgan boğlar örnida intensiv boğlar barpo etiladi 20.11.2026 Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda ▶ Suv tarmoqlariga noqonuniy ulanişlar böyiça nazorat tadbirlari ötkazilmoqda 18.11.2026 BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026