07.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
07.11.2026, 05:31
Jamiyat 👁 1,727

Taʼlim sifati – boş maqsad: tuman rahbarlari 40-sonli maktab jamoasi va öquvçilari bilan uçraşdi

Taʼlim – har qanday jamiyat taraqqiyotining asosiy poydevori va mustahkam tayançidir. Yangi Özbekistonda bu poydevorni yanada mustahkamlaş, kelajak egalari bölgan yoşlarga jahon standartlari darajasida sifatli bilim beriş maqsadida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Hurmatli Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan payşanba — Yoşlar kuni munosabati bilan joylarda ötkazilayotgan tadbirlar va amaliy muloqotlar ham şu maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Uşbu muhim sana doirasida Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov boşçiligidagi tuman rahbarlari 40-sonli umumtaʼlim maktabida tahsil olayotgan yoşlar bilan uçraşdi.

Mazkur amaliy taşrif doirasida maktabdagi taʼlim-tarbiya jarayoni, öquvçilar uçun yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlar, sinfxonalarning innovatsion jihozlanişi, taʼlim sifati hamda öquvçilarning bilim olişlari uçun mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanişildi. Şuningdek, maktab jamoasining taʼlim sohasida erişayotgan yutuqlari, öz kasbiga sadoqat bilan mehnat qilayotgan fidoyi ustozlarning faoliyati, öquvçilarning fan olimpiadalari va turli tanlovlarda qölga kiritayotgan natijalari yuzasidan fikr almaşildi.

Maʼlumot örnida şuni alohida taʼkidlaş lozimki, mazkur umumiy örta taʼlim maktabi 1984-yilda taşkil etilgan bölib, 1176 öquvçi örniga möljallangan uşbu maskanda hozirgi vaqtda 1754 nafar öquvçilar tahsil olmoqda. Uşbu katta jamoa 57 ta sinfga taqsimlangan bölib, şundan 16 tasi variativ sinflardir. Bu esa öquvçilarning qiziqiş va qobiliyatlariga qarab yönaltirilgan taʼlim oliş imkoniyatini yaratadi.

Bunçalik katta miqdordagi öquvçilarga sifatli taʼlim beriş masʼuliyati 112 nafar fidoyi öqituvçilar zimmasiga yuklatilgan. Ularning barçasi oliy maʼlumotli mutaxassislar ekanligi eʼtiborga molik. Pedagoglarning 32 nafari oliy toifali, 34 nafari 1-toifali, 33 nafari 2-toifali va 13 nafari mutaxassis toifali öqituvçilardir. Taʼlim sifatini oşiriş yölidagi tinimsiz izlanişlar natijasida bugungi kunda öqituvçilarning 61 nafari xalqaro va milliy sertifikatlarga ega.

Mehnatni munosib rağbatlantiriş tizimi ham mazkur maktabda özining yuksak samarasini bermoqda. Jumladan, maktab öqituvçilarining 5 nafari vazir jamğarmasidan oylik maoşlariga qöşimça tarzda 7,5 mln söm ustama haq oladilar. Bundan taşqari, 11 nafar ustozlar oyligiga 70 foizlik ustama olişadi. Maktab direktor jamğarmasidan 23 nafar hamda xalqaro va milliy sertifikatlar sohibi sifatida 61 nafar ustozlar 20 foizdan 50 foizgaça qöşimça ustama haq olişlari ularning öz ustida muntazam işlaşlari uçun kuçli motivatsiya bölib xizmat qilmoqda.

Maktab faxriga aylangan fidoyi ustozlar haqida söz ketganda, Nurbek Jumaniyozovning nomini alohida tilga oliş örinlidir. U “Şuhrat” medali sovrindori, “Özbekiston xalq taʼlimi aʼloçisi”, “Qoraqalpoğiston xalq taʼlimi aʼloçisi”, “Vatan fidoiysi” kökrak nişonlari sohibidir. U va boşqa ustozlarning tinimsiz mehnatlari natijasida maktab öquvçilari 5-yildan buyon “Xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktab” körik-tanlovining tuman bosqiçida ğolib çiqib, 100 million söm pul mukofotini qölga kiritib kelmoqdalar. 2024-2025 öquv yilida uşbu jamoa Qoraqalpoğiston Respublikasida 2-örinni olib, 200 million söm pul mukofotini qölga kiritgan bölsalar, 2025-2026 öquv yilidagi tanlovning respublika bosqiçida 3-örin sohibi böldilar va 150 million söm pul mukofotini qölga kiritdilar.

Şuningdek, maktabning faol öqituvçilaridan Şerzod Aşirov ham oliy toifali matematika öqituvçisi bölib, u ham “Vatan fidoiysi”, “Qoraqalpoğiston xalq taʼlimi aʼloçisi” kökrak nişonlarining sohibi hisoblanadi. Maktabning fizika fani öqituvçisi Sarvar Yaxşimov ham doimo faol izlanişda bölgan ustozlar safida.

Bitiruvçilarning körsatkiçlari ham har qanday taʼlim maskanining nufuzini belgilovçi asosiy mezonlardan biridir. Ötgan yilgi 143 nafar bitiruvçilar jami 375 ta sertifikat sohibi böldilar. Bitiruvçilarning 141 nafari oliy taʼlim dargohlariga hujjat topşirgan bölsa, ularning 75 nafari davlat oliy taʼlim muassasalariga, 10 nafari xususiy oliy taʼlim muassasalariga va 1 nafari xorijiy oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qilindilar. Yana 1 nafar bitiruvçi texnikumga hujjat topşirdi. Bugungi kunda ularning 86 nafari talabalik baxtiga muyassar böldi, Qoraqalpoğiston yoşlariga beriladigan qöşimça kvota natijasida yana 35 nafar bitiruvçining aksariyati talabalari safidan joy olişi kutilmoqda.

Öquvçilarga zamonaviy taʼlim beriş uçun maktabda juda yaxşi şaroitlar yaratilgan. Bugungi kunda maktabda 2 ta kompyuter sinfi mavjud, sport zali, oşxona va 4 ta kuni uzaytirilgan guruh faoliyat körsatmoqda. Maktab jamoasi bundan 2-yil oldin “Taşabbusli byudjet” loyihasida faol iştirok etib, ğolib böldi va 1,36 milliard sömlik yopiq sport maydonçasini yutib olişga erişdi. Bugungi kunda öquvçilar uşbu sport inşootidan juda samarali foydalanmoqdalar.

Futbol böyiça yuqori sinf öquvçilari örtasida ötkazilgan “Beş taşabbus olimpiadasi”da öquvçilar tumanda 1-örinni olib, Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida iştirok qildilar va bu yil 4-örin bilan qanoatlandilar. Bugungi kunda uşbu olimpiada doirasida sportning bir neça turlari böyiça maktab öquvçilari faol iştirok etmoqda.

Eng quvonarlisi şundaki, maktab öquvçilaridan köpçiligi nufuzli xalqaro musobaqalarda ğolib bölmoqda. Jumladan, Xitoyning Guançjou şahrida ötkazilgan olimpiadada oltin medal bilan, AQŞning Mayami şahrida ötkazilgan KESO olimpiadasida bronza medal bilan, şuningdek, Rossiyada bölib ötgan xalqaro musobaqalarda oltin medal bilan taqdirlanib, yurtimiz bayroğini baland kötardilar. Qolaversa, harbiy vatanparvarlik spartakiadasida maktabning 10- va 11-sinf öquvçilari tumanda 1-örinni egallab, Qoraqalpoğiston Respublikasida 2-örin sohibi bölişdi.

Taşrif davomida maktabda taşkil etilgan turli tögaraklar faoliyati ham közdan keçirildi. Öquvçilar uçun barça şaroit yaratilgan bölib, turli sanalar munosabati bilan madaniy-maʼnaviy tadbirlar muntazam ötkazilib kelinmoqda. Xususan, “Yilning eng yaxşi özbek tili fani öqituvçisi” körik-tanlovida maktabning ona tili va adabiyot öqituvçisi Iqboloy Yusufova 2-yildan buyon Qoraqalpoğiston Respublikasida 1-örinni olib, Özbekiston Respublikasida 3-örinni egallab kelmoqda. Huquq fani öqituvçisi Iroda Yaxşimurodova esa “Yilning eng yaxşi huquq fani öqituvçisi” körik-tanlovida Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida ğolib çiqdi hamda “Yil öqituvçisi” körik-tanlovining 3 ta bosqiçida ham muvaffaqiyatli qatnaşib, “Eng yaxşi taqdimot egasi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi. Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçida 12 nafar öquvçi ğolib bölib, Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida iştirok qildilar va 2 nafar öquvçi faxrli örinlar sohibi bölişdi.

Isteʼdodli yoşlar “Turon” maktab teatri tanlovida har yili tuman ğolibi sifatida Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida iştirok etadilar. Uşbu jarayonda ularga ona tili fani öqituvçilari Iqboloy Yusufova va Inobat Qiliçevalar rahbarlik qiladilar. Şuningdek, yoşlar maktab ansambllari körik-tanlovida tumanda 2-örin sohibi bölişdi. Bu muvaffaqiyatda oliy toifali musiqa öqituvçisi Dilfuza Habibullayevaning xizmatlari katta.

Uşbu taʼlim dargohi “Aʼlo maktab” körik tanlovida 53 ta körsatkiç böyiça ötgan yili Qoraqalpoğistondagi 700 dan ortiq maktablardan 1-guruh maktablari orasida 684 ball töplaşga muvaffaq böldi va 2-örinni egalladi. Maktab rahbariyatining taşabbuskorligi ham taʼlim dargohining yuksalişiga xizmat qilmoqda. Jumladan, maktab direktori Sanobar Xöjamurotova Malayziyaning Kuala-Lumpur şahridagi Saravak universitetida eng yuqori ball olgan maktab direktorlari safida 10 kunlik kurslarda malaka oşirib keldi. Ötgan yili matematika fani öqituvçisi Şerzod Aşirov va fizika fani öqituvçisi Sarvar Yaxşimov “Qoraqalpoğiston ustozi” körik-tanlovining ğolibi sifatida Turkiyada bepul taʼlim sayohatida bölib keldilar. Bugungi kunda maktab direktorining ham, maʼnaviyat va maʼrifat işlari böyiça direktor örinbosarining ham menejerlik sertifikati mavjud.

Tuman hokimining mazkur taşrifi faqatgina yutuqlar bilan tanişiş bilangina çeklanib qolmadi. Maktabdagi mavjud muammo va kamçiliklar ham atrofliça örganildi. Çunki taʼlim sifatini oşiriş, yoşlar uçun munosib şaroit yaratiş haqida gap ketganda, mavjud muammolarni vaqtida aniqlaş va ularning amaliy yeçimini topiş ham muhim ahamiyatga egadir. Tadbir yakunida tegişli masʼullarga aniqlangan masalalarni çuqur örganiş, mavjud imkoniyatlardan kelib çiqib ularni bartaraf etiş hamda maktabdagi taʼlim-tarbiya jarayonini yanada takomillaştiriş yuzasidan zarur va qatʼiy topşiriqlar berildi. Yoşlarga va taʼlim sohasiga qaratilayotgan bunday doimiy eʼtibor, şubhasiz, ertangi kunimizning yanada nurafşon bölişiga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş çoralari kuçaytirilmoqda ▶ Yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş çoralari kuçaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IŞONÇLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IŞONÇLI POSBONLARI 12.10.2026 YoŞLARNING INNOVATsION ĞOYaLARINI RÖYoBGA ÇIQARIŞ YÖLIDA MUHIM QADAM ▶ YoŞLARNING INNOVATsION ĞOYaLARINI RÖYoBGA ÇIQARIŞ YÖLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşining 25-sessiyasi töğrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşining 25-sessiyasi töğrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari ötkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari ötkazildi 02.10.2026 Maktabgaça va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgaça va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab öqituvçisi “Yil öqituvçisi” körik-tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi ğolibi böldi ▶ 64-sonli maktab öqituvçisi “Yil öqituvçisi” körik-tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi ğolibi böldi 26.09.2026 Informatika öqituvçilari uçun kibarxavfsizlik böyiça amaliy seminar ötkazildi ▶ Informatika öqituvçilari uçun kibarxavfsizlik böyiça amaliy seminar ötkazildi 26.09.2026