Çorva mollari örtasida yuqumli kasalliklarning oldini oliş çoralari kuçaytirilmoqda
Qoraqalpoğiston Respublikasida çorvaçilik tarmoğini rivojlantiriş va hayvonlar örtasida turli yuqumli kasalliklar tarqalişining oldini oliş maqsadida tizimli profilaktik tadbirlar amalga oşirilmoqda. Xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi mutaxassislari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlaş boşqarmasining Karantin tadbirlarini taʼminlaş guruhi xodimlari hamkorligida Qoraözak tumanidagi çorva bozorida veterinariya nazorati kuçaytirildi.
Ötkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida turli hududlardan bozorga olib kelinayotgan barça çorva mollari veterinariya mutaxassislari tomonidan majburiy klinik körikdan ötkazilib, ularning umumiy salomatligi sinçkovlik bilan tekşirilmoqda. Yuqumli kasalliklarning bozor hududi orqali tarqalib ketişiga yöl qöymaslik maqsadida hayvonlarni profilaktik emlaş, kasallikka şubhali holatlarni öz vaqtida aniqlaş hamda çuqurlaştirilgan laboratoriya tekşiruvlari uçun qon namunalarini oliş işlari yölga qöyilgan. Şu bilan birga, sanitariya xavfsizligini taʼminlaş uçun bozorga kirib-çiqayotgan barça transport vositalari hamda bozor hududi muntazam ravişda dezinfektsiya qilinmoqda.
Ayni paytda Qoraözak tumanida kuzgi emlaş mavsumi ham izçil davom etmoqda. Uşbu muhim jarayonni samarali va öz muddatida taşkil etiş maqsadida 4 ta maxsus işçi guruhi şakllantirilib, ularga jami 10 nafar malakali xodim jalb etilgan. Emlaş tadbirlari, eng avvalo, tumandagi naslçilik xöjaliklari hamda aholi xonadonlarida parvarişlanayotgan çorva mollarini töliq qamrab olişga qaratilgan.
Joriy yil boşidan buyon tumanda epizootik vaziyatni barqaror saqlaş borasida salmoqli işlar bajarildi. Maʼlumotlarga köra, ötgan davr mobaynida 62,4 ming boş çorva mollari kuydirgi kasalligiga, 15,4 ming boşi nodulyar dermatitga hamda 22,7 ming boşi oqsil kasalligiga qarşi emlangan. Bundan taşqari, çorva mollarining hisobini yuritiş va ularning harakatini nazorat qiliş maqsadida şu kungaça 13,5 ming boş çorva hayvoni identifikatsiya qilindi.
Amaliy tadbirlar bilan bir qatorda, aholi va çorvadorlarning veterinariya sohasidagi xabardorligini oşirişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Şu maqsadda mahalliy aholi vakillari va çorvadorlar iştirokida maxsus tuşuntiriş seminari taşkil etildi. Tadbirda mutaxassislar tomonidan oqsil va nodulyar dermatit kabi öta xavfli yuqumli kasalliklarning asosiy belgilari, ularning yuqiş va tarqaliş yöllari hamda oldini oliş çoralari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Iştirokçilarga çorva mollarida kasallik alomatlari kuzatilgan taqdirda zudlik bilan veterinariya mutaxassislariga murojaat qiliş, hayvonlarni öz vaqtida emlatiş va belgilangan veterinariya-sanitariya talablariga qatʼiy rioya qiliş zarurligi tuşuntirildi.
Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, çorva hayvonlarini muntazam veterinariya nazoratidan ötkaziş, rejali emlaş işlarini öz vaqtida bajariş hamda aholi örtasida doimiy tuşuntiriş işlarini olib boriş yuqumli kasalliklarning oldini oliş va hududda epizootik barqarorlikni işonçli saqlaşga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶