Yuqumli kasalliklarga qarşi emlaş böyiça körgazmali seminar ötkazildi
Hayvonlar orasida tarqaladigan öta xavfli yuqumli kasalliklar nafaqat çorvaçilik xöjaliklariga iqtisodiy zarar yetkazadi, balki aholi salomatligi uçun ham tahdid tuğdiradi, şu bois ularning oldini oliş veterinariya xizmati faoliyatining asosiy yönalişi hisoblanadi.
Amudaryo tumani veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi tomonidan Beştom mahallasi hududidagi «Mahmud-Mansur-Muzaffar» masʼuliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli fermada kuydirgiga qarşi kuzgi profilaktik emlaş böyiça körgazmali seminar bölib ötdi. Tadbirda veterinariya şifokorlari va taşxis markazi mutaxassislari qatnaşdi.
Seminarda taʼkidlanganidek, tumanda çorvaçilik yönalişida 53 ta subʼekt faoliyat körsatmoqda va 2026-yilda barça toifadagi xöjaliklarda qoramollar soni 181,3 ming boşga yetdi. Joriy yilning ötgan davrida jami 17,4 ming tonna göşt tayyorlanib, 69,3 tonna sut soğib olindi. Hozirda tuman böyiça barça toifadagi xöjaliklarda 67,9 ming boş mayda şoxli mol mavjud bölib, 9 ta parrandaçilik subʼekti va aholi xonadonlarida 1 million 132 ming boş parranda boqilmoqda.
Bölim tomonidan qişloq xöjaligi va uy hayvonlari orasida öta xavfli kasalliklarning oldini oliş maqsadida tumanda 5 ta işçi guruhi tuzilgan bölib, ularga veterinariya va taşxis markazi mutaxassislaridan 28 nafari jalb qilingan. 2026-yilning ötgan 8 oyida qator diagnostik va profilaktik tadbirlar amalga oşirilgan.
Jumladan, brutsellyozga qarşi salkam 40 ming boş yirik va salkam 15 ming boş mayda şoxli mollar, qorasonga qarşi 12,5 ming boş yirik şoxli mollar emlangan. Kuydirgiga qarşi esa 74 ming boşga yaqin yirik, 56 ming boşdan ortiq mayda şoxli mol, 467 boş ot va boşqa turdagi hayvonlar emlaşdan ötkazilgan. Bundan taşqari, 12 ming 172 ta obʼektdagi 684 ming 934 kvadrat metr maydonda dezinsektsiya işlari bajarilgan. Veterinariya-sanitariya qoidalarini buzgan 8 nafar fuqaroga nisbatan 1 million 648 ming söm jarima qöllanilgan.
Körgazmali maşğulotlar davomida mutaxassislar tomonidan kuydirgiga qarşi kuzgi profilaktik emlaş jarayonida eʼtibor qaratiş lozim bölgan jihatlar haqida maʼlumotlar berilib, emlaş jarayonlari körgazmali tarzda namoyiş qilindi. Bunday maşğulotlar veterinariya mutaxassislari hamda fermer xöjaliklari, çorvaçilik bilan şuğullanuvçi korxonalar örtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlaydi, emlaş işlarining sifatli va öz vaqtida bajarilişini taʼminlaydi. Bu esa hududda veterinariya osoyiştaligini saqlaş va çorvaçilik mahsulotlari işlab çiqarişni barqaror oşirib boriş imkonini beradi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶