06.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
06.10.2026, 06:15
Jamiyat 👁 2,306

Nuroniylar oʻrtasidagi koʻrik tanlovning tuman bosqichi yakunlandi

Jamiyatda keksa avlod vakillarining oʻrni va mavqei, ularning hayotiy tajribasi yosh avlod tarbiyasida qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda, soʻnggi yillarda mamlakatimizda faxriylar va nuroniylarning ijtimoiy faolligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Keksa avlod vakillarining uzoq yillik mehnat va hayot tajribasi, ularning soʻzi va oʻgiti yoshlar ongiga taʼsir oʻtkazishning eng taʼsirchan vositalaridan biri sifatida eʼtirof etilmoqda. Bu yoʻnalishdagi ishlar mahalla darajasida izchil davom ettirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2023-yil 11-martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorlari ijrosini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlar ana shu maqsadga xizmat qilmoqda.

Mazkur hujjatlar yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarining bevosita mahallalarda hal etilishi, shuningdek, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish imkonini bermoqda. Ayni paytda ushbu hujjatlar keksa avlod vakillarini qoʻllab-quvvatlash, ularning bilim va tajribasidan jamiyat manfaati yoʻlida keng foydalanish uchun ham mustahkam huquqiy asos yaratib bermoqda.

“Bir nuroniy – oʻn yoshga masʼul” tamoyili asosida fuqarolar yigʻinlarida yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oʻzining faol hissasini qoʻshib kelayotgan, obroʻ-eʼtiborli, yuqori hayotiy tajribaga ega boʻlgan nuroniy va faxriylarga hududlar boʻylab 10 nafardan tarbiyasi ogʻir, maʼnaviy koʻmakka muhtoj, uyushmagan, ishsiz yoshlar biriktirib berilgan. Bunday yondashuv har bir yoshning muammosi bilan alohida shugʻullanish, uning oiladagi va mahalladadagi ahvolini yaqindan oʻrganish imkonini bermoqda.

Joriy yilning 21-avgust kuni Amudaryo tumanida mazkur tamoyil asosida oʻzlariga biriktirilgan yoshlarga yaqindan yordam berib kelayotgan nuroniylar oʻrtasida maxsus koʻrik tanlovning tuman bosqichi oʻtkazildi.

Tadbirda “Nuroniy” jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi raisining oʻrinbosari Gʻafur Kalmuratov ishtirok etib, Prezidentimiz tomonidan yoshlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor, shuningdek, yoshlar tarbiyasiga masʼuliyat bilan yondashayotgan faol nuroniylar tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan bir qator ishlar xususida soʻz yuritdi.

Koʻrik tanlovning tuman bosqichida nuroniylar oʻrtasidagi uch shart boʻyicha bellashuvlar boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar hakamlar hayʼati eʼtiboriga oʻzlarining kundalik faoliyatini aks ettiruvchi fotoalbomlarini havola etdilar. Hakamlar hayʼati aʼzolari taqdim etilgan materiallar bilan batafsil tanishib, har bir ishtirokchining faoliyatiga xolis baho berdi.

Xususan, nuroniylar oʻzlariga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash jarayonlari, ularni ish bilan taʼminlash, biror bir kasbni egallashi uchun kasbga oʻqitish, davlat subsidiya mablagʻlarini jalb qilish orqali bandligini taʼminlash hamda oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida amalga oshirgan ishlari boʻyicha qatnashdilar. Koʻrinib turibdiki, bellashuv shartlari nuroniylar faoliyatining barcha yoʻnalishlarini — taʼlim, bandlik va oila mustahkamligi masalalarini qamrab olgan.

Qayd etish joizki, tanlov davomida taqdim etilgan materiallar keksa avlod vakillarining yoshlar bilan yakkama-yakka suhbatlari, ularning muammolarini oʻrganish va yechim topish yoʻlidagi kundalik mehnati natijalarini yaqqol koʻrsatib berdi. Ayni shu mehnat samarasi oʻlaroq koʻplab yoshlar hayotda oʻz oʻrnini topib, kasb-hunar egallash va mehnat faoliyatini boshlash imkoniga ega boʻlmoqda.

Yakuniy natijalarga koʻra, Durunki mahallasining faol nuroniysi Amangul Qayupova 1-oʻrinni, Beruniy mahallasi faol nuroniysi Shukurjon Xoʻjamuratova 2-oʻrinni, Qoramon mahallasi faol nuroniysi Habiba Mamurova esa 3-oʻrinni egalladi.

Gʻoliblarning barchasi “Nuroniy” jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi tomonidan pul mukofotlari hamda diplom bilan taqdirlandi. Koʻrik tanlovda faol ishtiroki bilan ajralib turgan boshqa nuroniylarga “Nuroniy” jamgʻarmasi Amudaryo tumani boʻlimi tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Bunday bellashuvlar nuroniylarning sermazmun faoliyatiga munosib baho berish bilan birga, mahallalarda yoshlar bilan ishlashning ilgʻor usullarini ommalashtirishga ham xizmat qiladi. Tanlovda namoyon boʻlgan ish uslublari boshqa mahallalar nuroniylari uchun ham oʻziga xos namuna vazifasini oʻtaydi. Tajriba almashish imkonini beradigan ana shunday tanlovlar tufayli maʼnaviy koʻmakka muhtoj yoshlar bilan ishlash tizimi yanada mustahkamlanib, keksa avlod bilan yoshlar oʻrtasidagi maʼnaviy koʻprik tobora mustahkam boʻlib boraveradi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026