30.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.10.2026, 20:55
Jamiyat 👁 2,287

Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi

Mamlakatimizda aholi farovonligini taʼminlash, odamlarni qiynab kelayotgan maishiy va ijtimoiy muammolarni joyida oʻrganish hamda ularga samarali yechim topish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, parlament va mahalliy Kengashlar deputatlarining joylarga chiqib, hududlardagi real ahvol bilan yaqindan tanishishi, aholining kayfiyati va ehtiyojlarini bevosita oʻrganishi xayrli anʼanaga aylandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari hamda «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi ishchi guruhi aʼzolari tomonidan navbatdagi ana shunday oʻrganishlar Amudaryo tumanida oʻtkazildi. Tadbirda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari, Kengash kotibiyati mudiri Mansur Urazbayev hamda tuman hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburovalar ham ishtirok etdilar.

Tashrif davomida birinchi manzil tuman tibbiyot birlashmasi boʻldi. Maʼlumki, tibbiyot sohasi inson qadri, uning salomatligi bilan bevosita bogʻliq boʻlib, eng muhim yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Deputatlar va partiya ishchi guruhi aʼzolari ushbu muassasada aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar darajasi, bemorlar va soha xodimlari uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, mavjud infratuzilma va imkoniyatlardan qay darajada foydalanilayotganiga alohida eʼtibor qaratildi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasi tarkibidagi ushbu shifoxona 421-oʻringa moʻljallangan. Bu yerda bemorlarning salomatligini mustahkamlash va ularni oyoqqa turgʻazishga xizmat qiluvchi 36-oʻrinli xoʻjalik hisobidagi reabilitatsiya boʻlimi ham samarali faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, tumanda aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish tarmogʻi ham keng yoʻlga qoʻyilgan. Hozirgi kunda tumanda umumiy qabul quvvati 1 455 nafarni tashkil etuvchi 14 ta ambulatoriya-poliklinika muassasasi fuqarolarga xizmat koʻrsatmoqda. Ularning tarkibiga 1 ta koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, 9 ta oilaviy poliklinika va 4 ta oilaviy shifokor punkti kiradi. Bundan tashqari, aholiga yanada yaqin boʻlgan 11 ta mahalla tibbiyot punktining faoliyati haqida ham atroflicha maʼlumotlar olindi. Uchrashuvlar va oʻrganishlar davomida soha mutasaddilari va tibbiyot xodimlarining fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi. Birlamchi tibbiy xizmat koʻrsatish tizimini yanada mustahkamlash, aholiga tibbiy yordamni oʻz vaqtida va sifatli yetkazish, shuningdek, kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktika ishlarini yanada samarali tashkil etish masalalari muhokamalar markazida boʻldi.

Muloqotlar va amaliy oʻrganishlarning keyingi manzili tumanning Navoiy mahallasida joylashgan ayollar fitnes klubi boʻldi. Mehmonlar ushbu maskan faoliyati bilan yaqindan tanishib, xotin-qizlar salomatligini tiklash, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini keng targʻib qilish va ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdilar. Shuningdek, ushbu binoda joylashgan va mahalliy xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashga xizmat qilayotgan tikuvchilik tsexi faoliyati ham atroflicha koʻzdan kechirildi. Aytish joizki, ayollar bandligini taʼminlash, ularni daromad manbaiga ega qilish va jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining ustuvor maqsadlari sirasiga kiradi. Zero, ish bilan band boʻlgan, ruhan va jismonan sogʻlom ayol — oilaning va demakki, butun jamiyatning mustahkam ustunidir.

Umuman olganda, Amudaryo tumanida 49 ta mahalla mavjud boʻlib, ularda 219 ming 300 nafar aholi istiqomat qiladi. Har bir mahallaning oʻz oʻziga xos sharoiti, geografik joylashuvi va har bir oilaning oʻz ehtiyoji bor. Shu bois, hududdagi haqiqiy vaziyatni xolisona oʻrganishda odamlarning fikrini bevosita joyida tinglash va ularning munosib hayot kechirishiga, kundalik turmushiga bevosita taʼsir koʻrsatayotgan eng muhim masalalarni chuqur anglash juda muhimdir. Parlament va mahalliy Kengashlar vakillarining tuman boʻylab amalga oshirgan xizmat safari davomida mahallalar va ijtimoiy soha obʼektlarida boʻlib, mavjud sharoitlar bilan bevosita tanishilgani aynan shu maqsadga xizmat qildi. Ushbu oʻrganishlar jarayonida aniqlangan muammolarni tezkor va samarali hal etish uchun masʼul tashkilot va idoralar bilan birgalikda aniq, amaliy chora-tadbirlarni belgilashga asosiy eʼtibor qaratildi.

Amudaryo tumanidagi keng qamrovli oʻrganishlar davomida partiya ishchi guruhi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman boʻlimida ham boʻlishdi. Bu yerda aholining yordamga muhtoj qatlamlariga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar koʻlami, ajratilayotgan koʻmaklarning manzilliligi va mavjud muammolarni hal etish borasidagi amaliy ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak, tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar 28 401 nafarni, yaʼni aholi umumiy sonining 12,7 foizini tashkil etadi. Ularning 4 728 nafari «Ijtimoiy reyestr» tizimiga kiritilgan oilalar aʼzolaridir. Shunga qoʻshimcha ravishda, tumanda 6 409 nafar nogironligi boʻlgan shaxs istiqomat qiladi. Ular orasida 995 nafar voyaga yetmagan bola borligi alohida eʼtiborga molik. Boʻlim xodimlari va mutasaddilar bilan boʻlib oʻtgan samimiy muloqotda ushbu ehtiyojmand qatlamga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va ularning hayotiy ehtiyojlariga mos ravishda manzilli koʻmakni tashkil etish masalalariga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Taʼkidlash joizki, 2026-yilning oʻtgan davri mobaynida «Saxovat va koʻmak» jamgʻarmasi hisobidan 694 nafar fuqaroga jami 2 milliard soʻmdan ortiq miqdorda ijtimoiy yordam koʻrsatilgan. Shuningdek, tuman hokimligi huzuridagi «Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik» jamgʻarmasiga salkam 1,5 milliard soʻm mablagʻ oʻtkazib berilgani aholini qoʻllab-quvvatlash borasidagi koʻlamning salmoqli ekanidan dalolat beradi. Mazkur oʻrganish ishlarida vakolatli vakillar tomonidan ajratilayotgan ushbu koʻmaklar va moddiy yordamlarning fuqarolarga qay darajada yetib borayotgani, ularning hayotiy muammolari qay yoʻsinda hal etilayotganiga jiddiy eʼtibor qaratildi.

Soha xodimlarining fikr va takliflari tinglanib, xizmatlar sifatini oshirish hamda ehtiyojmand insonlarni tizimli qoʻllab-quvvatlash ishlarini yanada yaxshilash yoʻllari atroflicha muhokama qilindi. Zero, ijtimoiy himoya sohasida muammoni oʻz vaqtida aniqlash, insonning asl ehtiyojini toʻgʻri oʻrganish, unga mos va sifatli xizmat koʻrsatish hamda yakuniy natijani muntazam kuzatib borish bir-biri bilan uzviy bogʻliq boʻlgan yaxlit jarayondir.

Shundan keyin Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari hamda partiya ishchi guruhi aʼzolari tumandagi 40-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻlishdi.

Mazkur taʼlim maskanida oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida ishchi guruhi aʼzolari maktabning pedagogik jamoasi hamda oʻquvchi yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotda boʻldilar. Ular taʼlim muassasasida yosh avlodga berilayotgan bilim va tarbiya darajasi, yaratilgan zamonaviy sharoitlar, oʻquv xonalarining zarur jihozlar hamda koʻrgazmali vositalar bilan taʼminlangani va taʼlim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishdilar. Qizgʻin kechgan suhbat jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchilarning fikr-mulohazalari, ularni oʻylantirayotgan masalalar, amaliy takliflari tinglandi. Yakunda taʼlim sifatini yanada yaxshilash va yoshlarning sifatli bilim olishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar dasturi belgilab olindi.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, bu kabi atroflicha va kompleks oʻrganishlar, xalq vakillarining bevosita joylarga chiqib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilishi mavjud muammolarni oʻz vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Amudaryo tumanida amalga oshirilgan bu kabi amaliy tadbirlar aholi sogʻligʻini saqlash, xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish va taʼlim sifatini yangi bosqichga koʻtarishda muhim kafolat boʻlib xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
1-sonli maktabda Oʻzbek tili bayrami nishonlandi ▶ 1-sonli maktabda Oʻzbek tili bayrami nishonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi 20.10.2026 9 yoshli bolalar papilloma virusiga qarshi emlanmoqda ▶ 9 yoshli bolalar papilloma virusiga qarshi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali vaʼda berish tadbiri oʻtkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali vaʼda berish tadbiri oʻtkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026