Kutubxona haftaligi yoşlar va harbiylar uçraşuvi bilan yakunlandi
Axborot-kutubxona muassasalari bugun faqat kitob saqlanadigan joy emas. Ular yoşlarning maʼnaviy kamoloti, dunyoqaraşi va fuqarolik pozitsiyasi şakllanadigan maʼrifat markaziga aylanib bormoqda. Şu bois yurtimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, kutubxonalar faoliyatini zamon talablari asosida taşkil etiş va aholining mutolaaga qiziqişini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Şu maqsadda joriy yilning 16–20-noyabr kunlari mamlakatimiz böylab «Infolib Özbekiston – 2026» IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi yuqori saviyada taşkil etildi. Beş kun davomida respublikaning barça hududlarida bölgani kabi, Amudaryo tumanida ham aholi, ayniqsa, yoşlarning kitobga mehrini oşirişga qaratilgan qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, kitob körgazmalari, viktorinalar va ijodiy uçraşuvlar bölib ötdi.
Haftalik yakunida Amudaryo tuman axborot-kutubxona markazida tantanali yopiliş marosimi bölib ötdi. Tadbir doirasida «Yoşlar va harbiylar uçraşuvi» taşkil etildi. Uçraşuv Amudaryo tumanidagi Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qism hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazildi.
Uçraşuvda tumanning faol yoşlari, maktab öquvçilari hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi. Mazkur muloqot çegaraçilar va qutqaruvçilarni yoş avlod bilan yuzma-yuz uçraştirib, yoşlarga savollariga bevosita javob topiş imkonini yaratgani bilan eʼtiborga molik böldi.
Suhbat asnosida yurt himoyaçilari va qutqaruvçilar yoşlarga Vatan sarhadlari daxlsizligi haqida sözlab berdilar. Ular bugungi tinç va osoyişta hayotning qadriga yetiş zarur ekanini ham taʼkidladilar. Şuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar töğrisida batafsil maʼlumot berilib, har ikki soha zimmasidagi masʼuliyat kölami oçib berildi.
Harbiy xizmatçilar öz xizmat faoliyati va hayotiy tajribalari bilan örtoqlaşar ekan, harbiy soha vakili uçun nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki yuksak intellektual salohiyat, teran tafakkur va keng dunyoqaraş ham birdek muhim ekanini alohida taʼkidladilar. Aytiş joizki, bunday fazilatlar, avvalo, muntazam mutolaa va öz ustida tinimsiz işlaş orqali şakllanadi.
Şu maʼnoda ular yoşlarni vatanparvarlik ruhida ulğayişga, böş vaqtlarini mazmunli ötkazişga, köproq badiiy hamda ilmiy kitoblar mutolaa qilişga çorladilar. Zero, kitob insonni nafaqat bilimli, balki masʼuliyatli va hayotga ongli nigoh bilan qaraydigan şaxs sifatida tarbiyalaydi. Bu esa har qanday kasbda, jumladan, Vatan himoyasida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Oçiq va samimiy muloqot tarzida keçgan tadbirda yoşlar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atrofliça javob oldilar. Savollar harbiy sohaga kiriş tartiblari, çegara qöşinlaridagi şart-şaroitlar hamda qutqaruvçilik kasbining öziga xos jihatlari haqida böldi. Bu esa kasb tanlaş arafasida turgan öquvçilar uçun öz kelajagini aniqroq rejalaştirişda foydali yöl-yöriq vazifasini ötadi.
Xususan, tadbir doirasida kutubxona fondidagi harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi sara adabiyotlar körgazmasi hamda maxsus texnika va qurol-aslahalar namoyişi uyuştirildi. Maʼrifiy va amaliy yönalişlarni özida uyğunlaştirgan bu namoyişlar iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir yakunida «Infolib Özbekiston – 2026» haftaligi davomida özini körsatgan eng faol kitobxonlar, taşabbuskor yoşlar va tadbirni ötkazişda yaqindan kömak bergan hamkor taşkilotlar vakillari taqdirlandilar. Ularga axborot-kutubxona markazi maʼmuriyati hamda harbiy qism xodimlari tomonidan taşakkurnoma va esdalik sovğalari topşirildi.
Kitob javoni va çegara posti bir-biridan ança yiroq tuyulsa-da, ularning har ikkalasi ham yurt tinçligi va kelajagini asraşga xizmat qiladi. Amudaryoda ötkazilgan bu kabi uçraşuvlar yoş avlod qalbida Vatanga muhabbat va kitobga bölgan mehrni yanada mustahkamlab, maʼrifat va vatanparvarlik tuşunçalarini özaro uyğun holda şakllantirişga zamin yaratadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶