AMUDARYo TUMANIDA «YaŞIL MAKON» UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA
Mamlakatimizda ekologik barqarorlikni taʼminlaş, atrof-muhitni muhofaza qiliş, hududlarni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta köçatlarini ekiş, mavjud yaşil hududlarni kengaytiriş hamda ularni parvarişlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Amudaryo tumanida ham mazkur loyiha doirasidagi tadbirlar belgilangan reja asosida taşkil etilmoqda.
Jumladan, Beştom mahallasi hududidan ötuvçi A-380 avtomobil yöli böyidagi çöl hududida ommaviy saksovul köçatlarini ekiş tadbiri ötkazildi.
Unda tuman hokimi Sobir Xöjametov, hokim örinbosarlari, nuroniylar, taşkilot va muassasalar rahbarlari hamda xodimlari, mahalla yettiligi vakillari va yoşlar iştirok etdi. Tadbir davomida Qipçoq davlat örmon xöjaligida yetiştirilgan saksovul köçatlari belgilangan hududdagi tayyorlangan yer maydonlariga ekildi.
Saksovul çöl hududlarining ekologik muvozanatini saqlaş, qum köçişining oldini oliş, tuproqni mustahkamlaş va şamol eroziyasini kamaytirişda muhim ahamiyatga ega. Şu bois mazkur hududlarda saksovulzorlarni barpo etiş ekologik barqarorlikni taʼminlaşga xizmat qiladi.
Taʼkidlaş joizki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentyabrdagi Farmoni bilan «Yaşil makon» umummilliy loyihasini amalga oşiriş yangi bosqiçga olib çiqildi. Mazkur hujjatda hududlarni kökalamzorlaştiriş, daraxt va buta köçatlarini ekiş, ularni parvarişlaş işlarini tizimli taşkil etiş hamda bu borada masʼul rahbarlarning vazifalari belgilab berilgan.
Farmon ijrosini taʼminlaş maqsadida Amudaryo tumanida 2026-yil kuzgi mavsumida jami 829,8 ming tup köçat ekiş rejalaştirilgan. Belgilangan vazifalarni öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş maqsadida tuman hokimining tegişli qarori qabul qilinib, masʼul taşkilot va idoralarga aniq vazifalar yuklatilgan.
Mazkur jarayonlarda Qipçoq davlat örmon xöjaligi tomonidan ham faol iştirok etilmoqda. Xöjalikda yetiştirilayotgan turli manzarali va mevali daraxt köçatlari taşkilotlar hamda mahallalarga ekiş uçun yetkazib berilmoqda.
Şuningdek, Örmon agentligi taşabbusi bilan har bir mahallaga örmon xöjaligi xodimlaridan mahalla murabbiylari biriktirilgan. Ular biriktirilgan hududlarda köçat ekiş işlarida bevosita iştirok etiş bilan birga, aholiga hududning tuproq-iqlim şaroitiga mos köçat turlarini tanlaş, ularni töğri ekiş, suğoriş va parvarişlaş böyiça amaliy tavsiyalar bermoqda.
Amalga oşirilayotgan işlarning asosiy maqsadi ekilgan köçatlarning yaşovçanligini taʼminlaş, yaşil hududlar maydonini kengaytiriş hamda tuman ekologik holatini yaxşilaşdan iborat.
Kelgusida ham «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlarni belgilangan rejalar asosida davom ettiriş, köçatlarni parvarişlaş va ularning saqlanişini taʼminlaş böyiça tegişli işlar amalga oşiriladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶