Amudaryoda ötkazilgan sayyor qabulda 17 ta murojaat körib çiqildi
Qonun ustuvorligi faqat hujjatlarda emas, balki har bir fuqaroning kundalik hayotida öz aksini topgandagina haqiqiy maʼno kasb etadi. Şu bois sönggi yillarda mamlakatimizda davlat organlarining xalqqa yaqinlaşişi, aholi muammolarini idora eşigi ortida emas, bevosita joylarda örganiş tizimi izçil joriy etilib, prokuratura organlari ham bu jarayonda faol iştirok etmoqda.
Sayyor qabullar aynan şu maqsadni röyobga çiqarişning samarali vositasidir. Ular fuqarolarga uzoq masofani bosib ötmasdan, öz yaşaş hududida masʼul rahbar bilan yuzma-yuz uçraşiş, dardini aytiş va qonuniy yeçim oliş imkonini bersa, mutasaddilar uçun joylardagi muammolarning asl ildizini aniqlaşda muhim manba bölib xizmat qiladi.
Ana şunday navbatdagi sayyor qabul Amudaryo tumanida ham bölib ötdi. Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori örinbosari Tölqin Nurmetov aholi hamda yuridik şaxslar vakillari bilan bevosita muloqot qilib, ularning murojaatlarini birma-bir tingladi va har bir masalaning mohiyati bilan yaqindan tanişdi.
Muloqot davomida jami 17 ta murojaat körib çiqildi. Ularning 4 tasi şu yerning özida hal etilgan bölsa, 5 tasi böyiça murojaatçilarga batafsil huquqiy tuşuntirişlar berildi. Qolgan 8 ta murojaat esa qöşimça örganişni talab etgani sababli nazoratga olindi. Aytiş joizki, nazoratga olingan murojaatlarning har biri böyiça yakuniy qaror qonunçilikda belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Qabul davomida har bir murojaatni qonunçilik talablari asosida hal etiş, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini töliq taʼminlaş yuzasidan masʼullarga tegişli körsatmalar berildi. Şu örinda aytiş kerakki, bunday yondaşuv murojaatlarning qoğozda qolib ketmasligi, balki amaliy natija bilan yakunlanişini taʼminlaşga qaratilgan bölib, fuqarolarning huquq-tartibot idoralariga bölgan işonçini mustahkamlaşga ham yordam beradi.
Aholi bilan bevosita muloqot qiliş va murojaatlarga amaliy yeçim topişga qaratilgan işlar bir martalik tadbir bilan çeklanmaydi. Bu boradagi saʼy-harakatlar izçil davom ettirilmoqda, zero har bir hal etilgan murojaat ortida adolatga işonç hosil qilgan inson va uning oilasi turadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶