Sayyor sud majlisida huquqbuzarlarga nisbatan qarorlar qabul qilindi
Jamoat tartibi va fuqarolar osoyiştaligini taʼminlaş davlatning ustuvor vazifalaridan biri bölib, bu borada huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabat hamda javobgarlikning adolatli belgilanişi muhim ahamiyat kasb etadi. Sud-huquq sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar doirasida odil sudlovni aholiga yaqinlaştiriş, işlarni oçiq va oşkora körib çiqiş amaliyoti izçil kengayib bormoqda.
2025-yildan boşlab tuman sudlarida faoliyat yuritayotgan tergov sudyalari maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni köpinça sayyor tarzda, jamoatçilik köz öngida körib çiqmoqda. Bu esa nafaqat jazo tayinlaş, balki aholi örtasida qonun talablariga amal qiliş madaniyatini yuksaltirişga ham xizmat qilmoqda.
Amudaryo tuman Içki işlar bölimining majlislar zalida Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudining tergov sudyasi Donaxon Yusupova raisligida, sudya yordamçisi Aygul Şamşetovaning kotibligida oçiq sayyor sud majlisi bölib ötdi. Unda tuman Içki işlar bölimi tomonidan taqdim etilgan maʼmuriy huquqbuzarlikka oid iş materiallari körib çiqildi.
Jumladan, Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 183-moddasida nazarda tutilgan mayda bezorilik huquqbuzarligini sodir etgan 14 nafar şaxsga nisbatan töplangan materiallar atrofliça örganildi. Natijada 4 nafar şaxsga maʼmuriy qamoq, 9 nafar şaxsga esa maʼmuriy jarima jazosi tayinlandi.
Şu örinda aytiş kerakki, uşbu toifadagi işlar böyiça qolgan 1 nafar şaxsga nisbatan iş yuritiş tugatildi. Huquqbuzar jabrlanuvçi bilan yaraşganini hamda bu holat Kodeksning tegişli moddasida nazarda tutilganini inobatga olgan holda, sud mazkur qarorni qabul qildi.
Bundan taşqari, sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni olib yurganligi uçun Kodeksning tegişli moddasi bilan javobgarlikka tortilgan 1 nafar şaxsga maʼmuriy jarima jazosi belgilandi.
Şuningdek, militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik hamda bolalarni tarbiyalaş va ularga taʼlim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik holatlari yuzasidan töplangan materiallar böyiça ham aybdorlarga nisbatan qonuniy qarorlar çiqarildi.
Xulosa qilib aytganda, bunday oçiq majlislar har bir qilmişga öz vaqtida va xolis huquqiy baho berilişini taʼminlab, jazoning muqarrarligi tamoyilini amalda namoyon etadi. Eng muhimi, bugun arzimasdek tuyulgan qoidabuzarlikka befarq qaralmasligi ertaga oğirroq jinoyatlarning oldini olişga, tinç va xotirjam muhitni asraşga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶