11.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
11.10.2026, 00:32
Qishloq xoʻjaligi 👁 5,622

Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida

Mustaqillik — bu faqatgina taqvimdagi bayram sanasi yoki tarixiy voqelik emas, balki har qaysi insonning oʻz salohiyatini namoyon etishi, erkin mehnat qilishi va buyuk maqsadlari sari dadil qadam tashlashi uchun berilgan eng oliy neʼmatdir. Bu bebaho qadriyat, avvalo, halol mehnat qilish, tadbirkorlik bilan shugʻullanish, qalbdagi ezgu gʻoyalarni hayotga tatbiq etish va davlat tomonidan yaratilgan cheksiz imkoniyatlardan oqilona hamda samarali foydalanish demakdir.

Mamlakatimizning barcha goʻshalarida, barcha sohalarda bu haqiqatni tasdiqlovchi yorqin misollarni koʻplab uchratish mumkin. Xususan, qishloq xoʻjaligi sohasida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning erishayotgan ulkan yutuqlari ham soʻzimizning yaqqol isbotidir. Ana shunday fidoyi va mehnatkash insonlar faoliyati bilan yaqindan tanishar ekanmiz, mustaqillik bergan imkoniyatlarning real hayotdagi ifodasiga bevosita guvoh boʻlamiz.

Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan “Yoqubboy Ashirov” nomli fermer xoʻjaligining bosib oʻtgan yoʻli va bugungi kundagi yutuqlari har qanday kishining havasini keltiradi. Bu xoʻjalikning tarixi va uning rahbari Yoqubboy Ashirovning hayot yoʻli mashaqqatli mehnat, tinimsiz izlanish va oʻz kasbiga boʻlgan cheksiz sadoqatning yorqin namunasidir.

Oʻz mehnat faoliyatini oddiygina mexanizatorlikdan, yaʼni yerga ishlov berishning eng quyi, ammo eng muhim boʻgʻinidan boshlagan bu inson bugungi kunda yirik va koʻp tarmoqli xoʻjalikning tajribali rahbariga aylandi. Mazkur fermer xoʻjaligi 2009-yilda oʻz faoliyatini boshlagan edi. Dastlabki qadamlar 114 gektar yer maydonida faqatgina dehqonchilik qilish, yerga urugʻ qadab, hosil olishdan iborat boʻlgan. Biroq, yillar davomida toʻplangan boy tajriba, tinimsiz izlanish va albatta, fidokorona mehnat natijasida xoʻjalik faoliyati yil sayin kengayib, rivojlanib bordi. Bugungi kunga kelib esa, ushbu xoʻjalik oddiy dehqonchilik doirasidan chiqib, keng koʻlamli, koʻp tarmoqli yirik fermer xoʻjaligi maqomiga koʻtarildi.

Ayni paytda xoʻjalikda nafaqat anʼanaviy dehqonchilik, balki chorvachilik, asalarichilik hamda polizchilik kabi koʻplab muhim yoʻnalishlarda ham qizgʻin ishlar olib borilmoqda. Fermerning dalalarida yetishtirilayotgan sarxil qovun, tarvuz va boshqa turli xil poliz ekinlari toʻgʻridan-toʻgʻri aholining dasturxoniga tortiq qilinmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, mahalliy bozorlarimizning qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan kundalik ehtiyojini qondirishga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga hamda narx-navoning barqarorligini saqlashga oʻzining salmoqli hissasini qoʻshmoqda.

Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan yuqori hosil olish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, ayniqsa, paxtachilikni rivojlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi. Ana shu maqsadga erishishning eng maqbul yoʻli — ilgʻor innovatsion agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, qolaversa, ilm-fan yutuqlaridan, tadbirkorlarning innovatsion gʻoyalaridan samarali foydalanishdir. Paxtachilik mamlakatimizda qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlaridan hisoblanadi va bu sohada katta malaka, tajriba hamda oʻziga xos maktab yaratilgan.

Garchi soʻnggi yillarda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloq joylarda aholi bandligi bilan bogʻliq muammolarni hal etish maqsadida koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini koʻpaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli paxta ekiladigan maydonlar 15-16 foizgacha kamaygan boʻlsa-da, omilkor dehqonlarning sohaga innovatsion yondashuvlari natijasida mamlakatimizda paxta hosildorligi kamaymadi. Aksincha, ilm-fan va yangi innovatsion agrotexnologiyalarni qoʻllash paxta urugʻchilik tizimini takomillashtirish, mehnat samaradorligini oshirish hisobiga yalpi paxta hosilini yuqori koʻrsatkichlarga yetkazishga erishilmoqda.

Bu borada Amudaryo tumanida ham oʻziga xos tajriba maktabi yaratilgan. Xususan, yerning mahalliy sharoitidan kelib chiqib, turli kasalliklarga chidamli urugʻlik mahsulotlarini tanlash va ekish orqali paxtadan har yili yuqori hosil olishga erishilmoqda. Ayniqsa, “Yoqubboy Ashirov” fermer xoʻjaligida paxta va gʻalla urugʻchiligi yoʻnalishida yuqori natijalarga erishilmoqda.

Fermer xoʻjaligining muvaffaqiyat sirlaridan asosiy omili — bu zamonaviy ilm-fan yutuqlari va ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayoniga keng joriy etishdir. Xoʻjalik ixtiyorida bugungi kunda eng soʻnggi rusumdagi zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari jamlangan. Ogʻir yer qazish ishlarini bajaruvchi qudratli ekskavatorlardan tortib, hosilni nest-nobud qilmasdan yigʻib oluvchi murakkab paxta terish mashinalarigacha boʻlgan turli xil texnikalar mavjudligi ish unumdorligini keskin oshirmoqda.

Xususan, oʻtgan yili xoʻjalik tomonidan zamonaviy va yuqori unumdorlikka ega boʻlgan paxta terish mashinasining xarid qilinishi, qoʻl mehnatini kamaytirish va hosilni qisqa muddatlarda sifatli yigʻib-terib olish yoʻlidagi navbatdagi muhim qadam boʻldi. Yangiliklarga intiluvchan va hamisha oʻz faoliyatiga innovatsion gʻoya va tashabbuslarni joriy etish orqali paxta va gʻalla urugʻchiligi sohasida yuqori natijalarga erishib kelayotgan fermer tumandagi urugʻlik paxta va gʻalla yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun yanada qulayliklar yaratish maqsadida tinimsiz harakat qilmoqda. Shu bilan birga paxta va gʻalla hosildorligini oshirishga munosib hissa qoʻshish niyatida Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib, xitoylik urugʻshunoslar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shu bilan birga davlatimiz tomonidan tadbirkor va ishbilarmonlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda 3 milliard soʻmlik imtiyozli kredit oldi. Unga qoʻshimcha 3 milliard soʻm oʻz mablagʻi hisobiga Xitoy davlatidan paxta, gʻalla va boshqa donli ekinlar urugʻlarini mahalliy sharoitda qayta ishlaydigan zavod uskunalarini olib keldi hamda “Amu sara urugʻlari” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi korxonaga asos soldi. Bu bilan Yoqupboy Ashirov sanoatchi fermerga aylandi.

Amudaryo tumanida tengsiz boʻlgan mazkur urugʻchilik korxonasi tumandagi fermer xoʻjaliklari uchun sifatli urugʻlik mahsulotlarini yetkazib berish orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda sifat va samaradorlikka erishishlariga munosib hissa qoʻshib kelmoqda. Bu yoʻnalish nafaqat tuman, balki butun Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida qishloq xoʻjaligi sohasini yangi bosqichga olib chiqish uchun xizmat qiladigan istiqbolli loyihadir.

Ayni paytda korxona joriy paxta yigʻim-terim mavsumi oldidan 100 foiz toʻliq quvvat bilan ishlashga shay qilinib, urugʻlik paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklaridan yangi paxta hosilini qabul qilish va qayta ishlash, sara urugʻlarni ajratib olishga tayyor qilib qoʻyildi. Korxonaning barcha tsexlari, ayniqsa, paxtadan sara urugʻlarni ajratib olish mexanizmlari benuqson ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Korxona ishchilari va mutaxassislari maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazilib, ularga mehnat qonunchiligi va texnika xavfsizligi qoidalari yuzasidan tushuncha va tavsiyalar berildi.

Biz ijodiy jamoamiz bilan korxonada boʻlganimizda urugʻlik sifatini nazorat qilish uskunalari, laboratoriya jihozlari, paxtani qabul qilish, tola sifati boʻyicha toifalarga ajratishga qaratilgan barcha tadbirlarni tez va samarali amalga oshirish imkonini beruvchi texnologiyalar ishlash uchun shay holatga keltirilganining guvohi boʻldik. Bundan ham muhimi, mazkur korxonada faqat qishloq yoshlari mehnat qilishib, zamonaviy texnologiyalarni mahorat bilan boshqarishmoqda.

Fermer Yoqubboy Ashirov mamnuniyat bilan taʼkidlaganidek, bularning barchasi muhtaram Prezidentimizning Qoraqalpogʻistonlik tadbirkorlarga qaratayotgan yuksak eʼtibor va ragʻbatlari tufaylidir. Ana shu eʼtibor va ragʻbat tufayli tumanning eng chekka hududi hisoblanmish Yuqori qishloq mahallasiga sanoat kirib keldi, koʻplab mahalla yoshlarining doimiy va mavsumiy ish bilan bandligi taʼminlandi. Ayni paytda korxona mehnat jamoasi hududdagi urugʻlik paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklaridan dastlabki hosilni qabul qilib olishga jiddiy taraddud koʻrmoqda. Bunday tayyorgarlik va fidokorona mehnat zamirida juda katta maqsadlar, ezgu niyatlar yotibdi.

Xulosa qilib aytganda, mustaqillik fermerlarga, umuman olganda, zahmatkash xalqimizga nima berdi? Javob esa aniq va ravshan. U avvalambor, insonga erkin va farovon hayot kechirish, halol mehnat qilish uchun cheksiz imkoniyat taqdim etdi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, tashabbuskorlikni qoʻllab-quvvatlash uchun mustahkam zamin va qulay sharoit yaratdi. Aynan shu imtiyozlardan foydalanib, yangi yirik loyihalarni amalga oshirish imkoni paydo boʻldi. Eng ilgʻor, zamonaviy texnika va innovatsion texnologiyalarni yurtimizga olib kirish hamda amaliyotga tatbiq etish uchun keng yoʻl ochildi.

Yoqubboy Ashirov misolida koʻradigan boʻlsak, bu yaratilgan beqiyos imkoniyatlar uning oddiy mexanizatorlikdan tortib, bugungi kundagi yirik va muvaffaqiyatli tadbirkorgacha boʻlgan sharafli yoʻlni bosib oʻtishiga xizmat qildi. Bugun uning rahbarligidagi fermer xoʻjaligida yerga mehr bilan urugʻ qadab, moʻl hosil yetishtirishdan boshlab, chorva mollarini boqish, asalari parvarishlash, xalqimiz sevib isteʼmol qiladigan poliz mahsulotlarini yetishtirish va, eng muhimi, zamonaviy texnologiyalar asosida urugʻlarni qayta ishlashgacha boʻlgan koʻplab muhim yoʻnalishlar muvaffaqiyatli yoʻlga qoʻyilgan. Bu esa, shunchaki, fermer xoʻjaligining shaxsiy yutugʻi emas, balki davlat tomonidan yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanib, halol va fidokorona mehnat orqali qanday ulkan natijalarga erishish mumkinligini koʻrsatuvchi yorqin va ibratli namunadir.

Mustaqillik — bu cheksiz imkoniyat, mehnat va izlanish esa — bu uzluksiz taraqqiyotni taʼminlaydigan beqiyos kuchdir. Bularning barchasi tadbirkor va fermerlarni el-yurt dasturxoniga fayzu baraka olib kirish va jonajon vatanimiz iqtisodiyotining qudratiga oʻzining munosib hissasini qoʻshishdek oliy maqsad sari undayveradi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026