11.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
11.10.2026, 00:33
Siyosat 👁 5,476

Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi

Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yillik bayrami koʻtarinki ruhda, xalqimizga xos mehr-oqibat, hamjihatlik va shukronalik tuygʻulari bilan keng nishonlandi.

Vahum aholi punktidagi bolalar oʻyingohida tashkil etilgan bayram tantanasiga tuman aholisi — yosh-u qari, nuroniylar, mehnat faxriylari, faol yoshlar va turli soha vakillari jam boʻldi. Bu kun oddiy bayram emas, balki xalqimizning ozod va farovon hayotini, yurtimizning istiqlol yillarida bosib oʻtgan shonli va mashaqqatli yoʻlini yana bir bor yodga soluvchi, qalblarda Vatanga muhabbat va kelajakka ishonch tuygʻularini yanada mustahkamlovchi unutilmas ayyomga aylandi.

Bayram tantanalaridan avval xalqimiz uchun keng dasturxon yozilib, doshqozonlarda bayramona osh damlandi. Bir dasturxon atrofida jam boʻlgan yurtdoshlarimiz noz-neʼmatlardan bahramand boʻlib, bugungi dorilomon kunlarga shukronalar aytdilar. Zero, tinchlik va osoyishtalik hukm surgan yurtda dasturxonlar fayzli, koʻngillar xotirjam, kelajak esa yanada porloq boʻladi.

Bayram kontsert dasturi Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat madhiyalari sadosi ostida boshlandi.

Tantanali tadbirni tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ochib, yigʻilganlarni, butun Amudaryo ahlini ulugʻ ayyom — Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Tuman hokimi oʻz tabrigida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, xalq farovonligini yuksaltirish, hududlarni obod etish, yangi ish oʻrinlari yaratish, taʼlim, sport, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda qoʻlga kiritilayotgan natijalar haqida soʻz yuritdi.

Tuman rahbari taʼkidlaganidek, soʻnggi yillarda Amudaryo tumanida barcha jabhalarda salmoqli natijalarga erishilmoqda. Eng muhimi, bu oʻzgarishlar raqamlar va hisobotlarda emas, balki odamlarning kundalik hayotida, turmush sharoitida, yangi bunyod etilayotgan maskanlar va yaratilayotgan imkoniyatlarda oʻz ifodasini topmoqda.

Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, kambagʻallikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar ham oʻzining amaliy samarasini bermoqda. Tumanimizda 2026-yil 1-yanvar holatiga kambagʻallik darajasi 6,4 foizni tashkil qilgan boʻlsa, koʻrilgan samarali choralar natijasida joriy yilning 1-avgust holatiga ushbu koʻrsatkich 2,9 foizgacha kamaydi. Bu raqamlar ortida minglab oilalarning hayotida yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlar, yangi daromad manbalari va ertangi kunga boʻlgan ishonch mujassam.

Tuman iqtisodiyotida yangi loyihalarning ishga tushirilishi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oʻtgan sakkiz oy davomida 12 ta loyiha amalga oshirilib, ularga jami 52,5 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. Natijada 98 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Eksport borasida ham quvonarli natijalar qayd etilmoqda. Tuman tadbirkorlari tomonidan 21,8 million dollarlik mahsulot eksport qilinishiga erishildi. Shundan 14,3 million dollari sanoat mahsulotlari, 7,5 million dollari esa meva-sabzavot mahsulotlari hissasiga toʻgʻri keladi.

Bugun Amudaryo tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining koʻlami ham tobora kengayib bormoqda. Birgina 2026-yil davomida tuman boʻyicha amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining umumiy qiymati qariyb 800 milliard soʻmdan ortiqni tashkil etmoqda.

Yurtboshimizning tegishli qarorlari asosida joriy yilda tuman boʻyicha 147 ta obʼektda qurilish ishlarini olib borish belgilangan. Hozirgi vaqtga qadar 28 ta obʼektda qurilish ishlari yakunlandi.

Yoʻl infratuzilmasini yaxshilashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu kunga qadar tuman boʻyicha 43 kilometr avtomobil yoʻllari va 74 kilometr ichki yoʻllarda taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Yil yakuniga qadar esa tuman hududidagi yana 130 kilometr ichki yoʻllarni taʼmirlash koʻzda tutilgan. Bu saʼy-harakatlarning barchasi bir maqsadga — odamlar uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan.

Aholini zamonaviy uy-joylar bilan taʼminlash borasidagi ishlar ham izchil davom etmoqda. Bugungi kunga qadar ikkita 65 xonadonli koʻp qavatli uy foydalanishga topshirildi. Yil yakuniga qadar bunday koʻp qavatli uylarning jami 9 tasini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan boʻlib, buning natijasida umumiy hisobda 385 ta oilani zamonaviy uy-joy bilan taʼminlash imkoniyati yaratiladi.

Amudaryo tumani azaldan bobo dehqonlar yurti sifatida nom qozongan. Unumdor yer, zahmatkash xalq va mohir dehqonlar mehnati tufayli qishloq xoʻjaligida ham salmoqli natijalar qoʻlga kiritilmoqda.

Joriy qishloq xoʻjaligi yilida tuman boʻyicha 333 ta fermer xoʻjaligida jami 13 ming gektar yerga chigit ekilib, undan 64 ming 175 tonnadan ortiq paxta yetishtirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 1096 gektar maydonda tashkil etilgan mevali bogʻlar ham moʻl-koʻlchilik manbai boʻlib xizmat qilmoqda. Don yetishtirish borasida ham amudaryolik dehqonlarning mehnati tahsinga loyiq. 327 ta fermer xoʻjaligida 4800 gektar yerga ekilgan bugʻdoydan 48 ming tonnadan ortiq hosil yigʻib olindi.

Yerga mehr bergan dehqonning qoʻli qadoq, mehnati ogʻir, ammo uning hosili el dasturxoniga fayz olib kiradi. Shu maʼnoda, Amudaryo dehqonlarining zahmatli mehnati tuman taraqqiyotining muhim tayanchlaridan biridir.

Tantanali tadbir davomida ana shunday yutuqlarga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh faollarni taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi. Turli sohalarda yuqori natijalarga erishayotgan, el-yurt ravnaqi yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan va bayram arafasida oʻtkazilgan turli sport musobaqalarida gʻolib boʻlgan yurtdoshlarimiz tuman hokimligining tashakkurnomalari hamda qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Bayram kontsert dasturi tuman Madaniyat boʻlimi xonandalari, isteʼdodli ijodkorlar va umidli sanʼatkorlarning ajoyib chiqishlari, kuy-qoʻshiq va raqslari bilan davom etdi. Milliy kuylar, dilbar qoʻshiqlar va nafis raqslar bayramga oʻzgacha fayz bagʻishlab, yigʻilganlar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Tadbirga respublika miqyosidagi taniqli sanʼatkorlarning tashrifi esa bayram shukuhini yanada oshirdi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, Qoraqalpogʻiston xalq artisti Maxset Oʻtemuratov, isteʼdodli xonandalar Temur Xudoyshukurov, Javlonbek Karimov, koʻplab xalqaro tanlovlar gʻolibi Aida, Amudaryo farzandi, prodyuser, rejissyor va isteʼdodli ijodkor Davlatbek Yoʻldashev kabi sanʼatkorlar oʻz ijod namunalari bilan ishtirok etib, tomoshabinlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdilar.

Bayram oqshomining eng hayajonli lahzalaridan biri esa tadbir soʻngida osmon uzra porlagan mushakbozlik boʻldi. Rang-barang chiroqlar bilan bezangan osmon, bayram shukuhi va yuzlardagi quvonch — bularning barchasi Mustaqillik bayramining oʻziga xos ramziy manzarasiga aylandi.

Darhaqiqat, mustaqillik — bu shunchaki sana emas. U xalqning oʻz taqdirini oʻzi belgilashi, farzandlari kelajagini oʻz qoʻliga olishi, tinch va farovon hayot sari dadil qadam tashlashi demakdir.

Amudaryoda esa bu buyuk neʼmatning qadri xalqning bunyodkorlik ishlarida, dehqonning dalasida, ustozning sabogʻida, yoshlarning gʻalabalarida, obod mahallalar va fayzli xonadonlarda namoyon boʻlmoqda.

Mustaqillik bayrami ana shu ezgu ishlarning tantanasi, xalqimizning bugungi kuniga shukronasi va ertangi kunga boʻlgan yuksak ishonchining yorqin ifodasidir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari. 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026