HAYoTDAN HIKMAT TOPIB YaŞAYoTGANLAR
Jumur ovul – tumanimizning çekka hududlaridan biri, Jumurtovning şundoqqina biqinida joylaşgan. Tabiati sölim, dov-daraxtlarga burkangan köçalar, yöllar böylarida qulf urib oçilib turgan turfa gullar aholining neçoğlik mehnatsevarligidan, köngillari obodligidan va yaratuvçanligidan darak berib turadi.
Şu yilning 2-iyulida uşbu mahalla hayoti bilan tanişiş uçun ijodiy guruhimiz bilan taşrif buyurganimizda bunday manzaralarni körib quvondik. Ayniqsa, yöl böylab borayotirib, hovli-joyi unçalik katta bölmasa-da, ixçam, çiroyli körinişda qurilgan, atrofi orasta, fasad qismidagi yaşil yölak hududida turli mevali, manzarali daraxtlar soya solib turgan, atrofida çöğdek alvon rang gullar oçilib turgan bir uy ayniqsa eʼtiborimizni tortdi.
– Juda mehnatkaş odamning uyi bölsa kerak-ov. Odamning kimligini ötiriş-turişidan ham bilsa böladi, – dedi hamrohlarimdan biri. Uning sözlariga mahalla fuqarolar yiğini raisi Dilmurod Böronov kulib qöydi va tomorqasidan unumli foydalanayotgan bir oila bilan taniştirmoqçi ekanini aytdi. Yölimizda davom etib taşrif buyurganimiz Jumur ovul-1 aholi punktida istiqomat qiluvçi Egambergan Eşimbetovning xonadoni ekan. Köçadan hovliga kirişingiz bilan butunlay özga olamga kirgandek bölasiz. Fasad qismidagi yaşillikka uyğongan havasimiz hovli içkarisiga kirganimizda çinakam hayratga aylandi. 16 sotixlik tomorqaning hovli oldiga ekilgan uzum, naşvati, olma, olça daraxtlarining böyi balandligidan hovliga tangaday oftob tuşolmas, deyman. Uzum tagiga örnatilgan supada nevaralari, öğli, ayoli Şukurjon Şomurodova bilan bamaylixotir suhbatlaşib ötirgan Egambergan ota taşrifimiz boisini eşitib, kuldi.
– Mana bizning, ayolim ikkimizning şu kungaça bunyod etgan bor boyligimiz şu, – dedi oila aʼzolari, uyi, tomorqasiga işora qilib.
Otaxon topib aytdi, kamtarlik qilib aytdi. Aslida uşbu fayzli hovli kimlarningdir haşamatli, ulkan, qöşqavatli hovlilari oldida heçdir. Biroq bu yerdagi öziga xos fayzli yaşil olam, did bilan ekilgan, şiğil meva berib turgan durkun daraxtlar, turli ekinlarni boşqa joyda uçratiş muşkul. Ayoli Şukurjon ona gullarni yaxşi körgani uçun şunça ekinlar içidan gullarga ham joy ajratibdi.
– Ekinlarni asosan otangiz bilan ikkimiz parvarişlaymiz, – deya bizni yölak böylab tomorqa içkarisiga boşladi onaxon. Poyasi baquvvatligidan puşta ustidagi yer körinmaydigan pomidor, hosil berib turgan bulğor qalampiri, bodring, handalak, qovun palaklaridan hatto oralaş ham qiyin ekan. Ertalabki kartoşka, sabzi yiğiştirib olinib, örniga çorvasi uçun ekilgan jöxori ham tizza böyi kelib qolibdi.
Egambergan ota umr böyi çorvaçilik sohasida işlab, Şukurjon ona 48-sonli maktabda öqituvçilik qilib, işdan böş vaqtlarida farzandlar tarbiyasi bilan birga tomorqa, çorva, parranda boqiş bilan ham şuğullanişgan. Ularning pensiyaga çiqqanlariga 21-yil bölibdi. Biroq ular keksalikni böyniga olib, oyoğini uzatib bamaylixotir ötirişni özlariga ep körişmaydi. Tomorqa ular uçun eng maroqli maşğulot. Şugina yeridan undirgan kartoşka, sabzi, pomidor, bodring kabi ekinlar hosili rözğori ehtiyojidan ortib, sotişiga ham yetarkan. Aytişiça, biz borgan kunimiz ham Şukurjon ona bozorga kartoşka sotib, rözğoriga zarur narsalarni olib kelgan ekan.
Oilada bulardan taşqari ham daromad manbalari bor. Çorva, parranda. Körinişidan xuddi yoşlarday tetik va çaqqon onaxon yuztadan ziyod tovuqlari, yuzga yaqin ördaklari borligini aytganda, oçiği, ularga havasimizni yaşira olmadik.
– Bu yil ördaklarimiz unçalik yaxşi köpaymadi. Har yili bundan köp bölar edi, – dedi bunga javoban.
Yuztaga yaqin ördaklari bölaturib, bu yil negadir yaxşi köpaymadi, deya köngli tölmay gapirayotgan onaxondan ularni nima bilan oziqlantirişini söradik. Aytişiça, pomidor, bodring, handalik, qovun kabi ekinlar puştasi örtasiga, ertagi kartoşka örniga, çellariga ekilgan makkajöxori, jöxorilar doni tovuqlar-u ördaklarga yil böyiça ozuqa uçun yetar ekan.
Bularni kuzata turib, qoyil qolganimizni yaşira olmadik.
– Çarçamaysizlarmi, bariga qanday ulgurasiz, – deya söradik.
Savolimizga otaxon miriqib kuldi.
– Odam qunt bilan qilgan işidan lazzat oladi. Çarçasak, mana, nevaralar qöl-qanot bölişadi, – dedi.
Otaxon polizidan handalak uzib kelib, uzum toki ostidagi supaga çiqib ötirib, bir-bir tilimladi, bizga, ayoliga, nevaralariga ilinarkan:
– Mana şunday damlarda, hosilini yeganimizda çarçoğimiz çiqib ketadi. Yerga odam avlodlari uçun ekin, mevali daraxt ekişi kerak. Şu bolalar birovning boğiga havas qilmasin, birovning mevasiga qöl uzatmasin, deb tinmaymiz-da, – deb qöşib qöydi.
Handalak tilimini tişladim, mazasi tilingda qolgulik. Şu asnoda yana bir haqiqatni anglaganday böldim – tomorqada nafaqat rizq unadi, balki u ulkan tarbiya maktabi ham ekan. Bunga otaxonning hozirgi sözlari dalil.
Ijodiy guruhimiz bilan mahalla hayoti bilan tanişib qaytar ekanmiz, kelayotganimizda diqqatimizni tortgan fayzli hovli oldidan ötayotganimizda mahalla fuqarolar yiğini raisi Dilmurod Böronov:
– Mana şu hovli Egambergan otaning katta öğliniki, – dedi faxr bilan.
Şu örinda beixtiyor könglimga faylasufning “Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo”, degan satrlari keldi. Çindan-da hayotga teran razm solib qarasak, har kim öz izlaganini topayotganini anglaganday bölamiz. Tilagimiz – birovning qöliga qaramay, boqimandalikka berilmay, öz hayotini özi obod, baxtiyor qilişga intiluvçilar, Egambergan ota, Şukurjon onalar kabi avlodlariga fidoyi insonlar köpayaversin!
Oygul RAJABOVA, Mahmudjon ŞOMURODOV,
“Mening oilam” gazetasi muxbirlari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶