HAR BIR INSON HAYoTDAN ROZI, ZAVQ OLIB YaŞAŞI UÇUN MASʼULMIZ
Mamlakatimizda aholining ehtiyojmand qatlamlarini iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy jihatdan qöllab-quvvatlaşga qaratilgan çora-tadbirlar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni alohida tizimga olgan holda ularga sifatli ijtimoiy xizmatlar körsatişni yaxşilaş imkonini bermoqda. Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi 82-sonli Farmoniga asosan Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligining taşkil etilişi bu boradagi işlarni yangi bosqiçga kötardi. Unga köra, mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat körsatuvçi ijtimoiy xodimlar faoliyati yölga qöyilib, ayni paytda 8 xil turdagi asosiy vazifalar böyiça aholining 12 toifasiga samarali ijtimoiy xizmatlar körsatiş yölga qöyilgan.
Manğit şahridagi Navoiy nomli mahallada ham kam taʼminlangan oilalar, texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlardan jabrlangan şaxslar, ota-onalik huquqidan mahrum etilmasdan, farzandlari olib ketilgan ota-onalar, ota-onasi xorijiy davlatga ketgan bolalar, voyaga yetmagan ota-onalar, yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan hamda töliq bölmagan oilalardagi bolalar, ozodlikdan mahrum etiş jazosini ötab bölgan fuqarolar, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni notibbiy isteʼmol qiluvçi va alkogolizm, giyohvandlik hamda zaharvandlikka yöliqqan şaxslar, muayyan yaşaş joyiga ega bölmaganlar, tazyiq va zöravonlik holatlariga uçragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari böyiça xatlov olib borilib, uşbu xatlov orqali aniqlangan, haqiqatdan ham zarur ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni tizimli ravişda qöllab-quvvatlaş böyiça çora-tadbirlar rejasi işlab çiqildi.
Hozirgi kunda mahallada özgalar parvarişiga muhtoj, yolğiz yaşovçi şaxslar 6 nafarni taşkil qiladi. Nogironlik toifasi böyiça 157 nafar nogironligi bölgan şaxslar xatlovdan ötkazilib, individual yondaşuv asosida ularning ehtiyojlari aniqlandi. Ötgan davr mobaynida nogironligi bölgan fuqarolarga tonometr, yuriş moslamasi, 2 ta qöltiqtayoq, 2 ta tirsakli qöltiqtayoq, 4 ta hassa, 3 ta közi ojizlar hassasi, 1 ta korset matodan tayyorlangan mahsulotlar yetkazib berildi. Şuningdek, 3 nafar nogironligi bölgan fuqaroning imkoniyatidan kelib çiqib, bandligi taʼminlandi.
Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda olib borilgan işlar natijasida kam taʼminlangan oilalar aʼzolarining bandligini taʼminlaş masalasi ham ijobiy hal etilmoqda. Bunday toifadagi oilalar 2024-yil oxirida 20 foizni taşkil qilgan bölsa, hozirga kelib 13 foizni taşkil qilmoqda.
Mahalladagi hokim yordamçisi bilan hamkorlikda ötkazilgan sörovnoma asosida 58 ta oila kambağallik reyestriga kiritildi. Uşbu oilalarning şaroitlari örganilib, ijtimoiy xodim va hokim yordamçisi tomonidan individual rejalar işlab çiqildi va ijtimoiy xodim tomonidan belgilangan individual rejalar 95 foizga bajarildi. Ularga “Saxovat va kömak” jamğarmasi tomonidan zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Bundan taşqari, kambağal oila farzandlaridan 1 nafari tumanda taşkil qilingan IT markazida öqitilib, sertifikat olib berildi.
“Barkamol avlod” bolalar maktabida taşkil qilingan tögaraklarga kambağal oilalarning 3 nafar farzandi jalb qilinib, ayni paytda kasb-hunar örganmoqdalar. Maktablarda taşkil qilingan tögaraklarga ham kambağal oilalar farzandlari jalb qilinib, ularning muntazam şuğullanişlari uçun zarur şaroitlar yaratildi. Aynan şunday oila farzandlaridan 15 nafari Törtköl va Ellikqalʼa tumanidagi dam oliş oromgohlariga yuborildi.
Ota-onasi xorijiy davlatga ketgan, şuningdek, taşqi mehnat muhojirligidagi voyaga yetmagan bolalar böyiça ham hududdagi umumtaʼlim maktablari masʼullari bilan hamkorlikda iş olib borilib, 8 nafar bolani vasiylik va homiylik tarbiyasiga olişga erişildi.
Mahalladagi tazyiq va zöravonlikka uçragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari salomatligi va osoyiştaligini taʼminlaş maqsadida tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar bölimining Oğir vaziyatga tuşib qolgan oilalar bilan işlaş şuʼbasi bilan hamkorlikda iş olib borilmoqda.
Bu borada xatlov ötkazilib, mahallaning Berdaq nomli köçasida istiqomat qiluvçi Munavvar Jumamuratovaning öğli va qizi xorijga çiqib ketganligi tufayli onaxonning 4 nafar nevarasi vasiylikka olinmaganligi aniqlandi va ijtimoiy iş oçilib, voyaga yetmagan bolalarni qarovsiz qoldirmaslik böyiça tuşuntiriş işlari olib borildi va onaxonga nevaralarini vasiylikka olişda kömaklaşildi. Şuningdek, bolalarga beriladigan nafaqa uçun onaxonning arizasi röyxatga olinib, bolalarga nafaqa tayinlandi.
Mahallada yaşovçi Asiya Matçonova hamda Odil Saidovlar yakka-yolğiz yaşovçilar röyxatiga kiritilgan. Ularning farzandlari Toşkent şahrida yaşab, davlat xizmatida faoliyat yuritişadi. Otaxon bilan onaxonga “Inson” ijtimoiy xizmatlar bölimining assistenti Roza Qurboniyozova belgilangan jadval asosida ijtimoiy xizmat körsatadi. Bundan taşqari, Xorazm köçasida istiqomat qiluvçi Oçilboy Xolboyevga fuqarolik pasporti olişda kömaklaşildi, tibbiy körikdan ötkazilib, unga 1-guruh nogironlik pensiyasi tayinlandi, elektr energiyasi, tabiiy gaz tölovlariga kompensatsiya uçun arizasi röyxatga olinib, yakka-yolğizlar röyxatiga kiritildi va ijara hisobida uy, kiyim-keçaklar hamda közi ojizlar hassasi bilan taʼminlandi.
Hayot gözal, uning har bir daqiqasidan unumli foydalangan holda, köngildagiday farovon va osoyişta yaşaşga har bir inson haqli. Bizning vazifamiz esa insonning ana şu gözal hayotdan zavq-şavq olib, farovon yaşaşiga, ularning orzu-niyatlari röyobi uçun maʼlum maʼnoda zarur şart-şaroitlar yaratiş, davlatimiz ğamxörlik va imtiyozlaridan bahramand bölişlariga kömaklaşişdir. Zero, “Hamma narsa inson uçun, uning hayotdan rozi yaşaşini taʼminlaş uçun!” degan xalqparvar tamoyilni amalga oşiriş — biz, “Inson” ijtimoiy xizmatlar bölimi xodimlarining zimmamizdagi masʼuliyatli burçimizdir.
Adolat Xöjamurotova, “Inson” ijtimoiy xizmat körsatiş bölimining Navoiy nomli MFYdagi kompleks xizmat körsatuvçi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶