XALQIMIZNING HAYoTDAN ROZI YaŞAŞI YÖLIDA HAMIŞA BURÇLIMIZ
Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor şaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masʼuldirlar.
Konstitutsiyaning 2-moddasi.
Amudaryo tumanining 2-sektori hududida 17ta ovul va mahalla, şaharça fuqarolar yiğinlari mavjud bölib, unda yaşovçi aholi soni 65 ming 364 kişini taşkil qiladi. Hududdagi 11 ming 992ta xonadon tarkibidagi 16 ming 798ta oila doimiy eʼtiborda.
Muhtaram Prezidentimizning: “Har bir rahbar faqat xizmat xonasida ötirmasdan, joylarga borib, aholini bezovta qilayotgan eng dolzarb masalalarning amaliy yeçimi bilan şuğullanişi, xalq bilan yaqindan muloqot qilib, uning dard-u taşvişlari, hayotiy muammolarini samarali hal etiş böyiça yangiça qaraş bilan faoliyat olib borişi lozim”, degan körsatmalari bugun faoliyatimizning asosiy mezoniga aylangan.
Işimizning yana bir ustuvor yönalişi sifatida haftaning har juma kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi bilan birgalikda joylarda sayyor qabullar ötkaziş, aholining şikoyat va murojaatlari, takliflarini örganiş, ularni qiynayotgan muammolarni joyida hal etişga katta ahamiyat berilib, aniqlangan muammolar öz vaqtida, joyida bartaraf qilinmoqda.
Xususan, “Bandlik” dasturiga muvofiq joriy yilning 11 oyi davomida 2-sektor hududida Aholi bandligiga kömaklaşiş markazi tomonidan 485 nafar fuqarolar işga joylaştirildi. 7-marta böş iş örinlari yarmarkasi taşkil qilinib, yarmarkaga 38ta korxona va taşkilotlardan 203 böş iş örinlari taklif qilindi va uşbu jarayonda 73 nafar şaxsga işga yöllanma berildi, işsizlik darajasi va norasmiy bandlar sonini kamaytiriş maqsadida 224 nafar aholi jamoat işlariga jalb qilindi.
Kasbga öqitiş yönalişida öquv markazlarida yil boşidan 42 nafar fuqarolar turli yönalişda tahsil olib, ularning bandligi töliq taʼminlandi.
Mehnat muhojirlarini ijtimoiy himoya qiliş maqsadida 2023-yil boşidan yaşaş joyiga qaytib kelgan 541 nafar mehnat muhojiridan 402 nafarining turli xil sohalarda bandligi taʼminlandi.
Prezidentimizning 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxşilaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qaroriga asosan tumanimiz hududidagi mavjud muammolarni bartaraf etiş va infratuzilmasini rivojlantiriş maqsadida 25 mlrd. 595 mln. söm pul mablağlari ajratilişi belgilangan.
Uşbu közda tutilgan mablağlar hisobidan Döstlik mahallasi hududida qiymati 334,3 mln. sömlik bolalar umumiy sport maydonçasi yangidan qurilib, foydalanişga topşirildi.
Xizr eli mahalla fuqarolar yiğini binosini yangidan quriş işlariga 820,9 mln. söm hamda Yuqori qişloq mahalla fuqarolar yiğini binosini yangidan quriş işlariga 826 mln. söm mablağ ajratilib, yangi binolar qurib berildi.
Bundan taşqari, sektor hududidagi Arna böyi, Beş ovul, Böz solma, Döstlik mahallalari, Dörman, Örta qalʼa, Qiliçboy ovullarida jami 22,341 km. içki yöllarni taʼmirlaş uçun 4,5 mlrd. söm pul mablaği ajratilib, içki köçalarga şağal tökiş işlari amalga oşirildi. Xolimbeg ovuli hududidagi uzunligi 3,2 km. yölga asfalt yotqizildi.
Bugungi kunda Qiliçboy ovuli hududidagi Çiğatoy 1-, 2-, 3-, 4-, 5-köçalariga toş-şağal yotqiziş işlari va yangidan beton ustun va SIP kabel tortiş işlari davom ettirilmoqda. Qoramon mahallasi aholisining murojaatlariga köra, hududga 25ta beton ustunlar yetkazib berildi.
Sektor hududida yaşovçi 38 nafar özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz hamda yolğiz yaşaydigan keksalar va nogironlar röyxatga olinib, ularning barçasi dispanser körigidan ötkazildi va ijtimoiy xodimlar tomonidan xizmat körsatib kelinmoqda. Şuningdek, özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz keksalar va nogironligi bölgan 92 nafar fuqarolar reabilitatsiya-texnik vositalari, kreslo-aravaçasi hamda protez-ortopediya mahsulotlari bilan taʼminlandi. Yana 92 nafar nogiron va keksalar sanatoriy-kurortlarda bepul davolanib, öz salomatliklarini tiklab keldilar.
Sektor hududidagi har bir oila uyma-uy yurib, xatlovdan ötkazildi va xatlov natijasiga köra, 741ta kambağal oilada 3483 nafar fuqarolar istiqomat qilişi va ularning 1252 nafari mehnatga layoqatli işsizlar ekanligi aniqlandi. Ularni tadbirkorlikka, hunarmandçilik va oilaviy tadbirkorlikka jalb qiliş orqali amaliy yordamlar berildi.
Sektor hududidagi Rita Sariboyeva, Nilufar Iskandarova, Bayramgul Qiliçeva va Amin Sadanovlarning xonadonlariga subsidiya asosida quyoş panellari örnatilib, 6 nafar kam taʼminlangan oilalarning har biriga 2tadan qöy olib berildi. Natijada Xalq deputatlari tuman Kengaşining qarori bilan “Temir daftar”dagi 16ta oila ehtiyojmandlar röyxatidan çiqarildi.
Bugungi kunda sektor hududida 1167 nafar yoş «Yoşlar daftari»ga kiritilgan bölib, ulardan 789 nafariga turli xil yordamlar körsatilib, daftardan çiqarildi.
“Ayollar daftari”ning 4-bosqiçiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlardan 1576 nafariga turli xildagi yordamlar körsatildi.
Mahallabay va xonadonbay işlaş tizimi asosida hokim yordamçilari tomonidan 2023-yilning şu kuniga qadar jami 142ta tadbirkorlik subʼektlari taşkil etildi.
Bundan taşqari, sektor hududidagi mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantiriş va boşqa dasturlar asosida 1 383 nafar fuqaroga 27 mlrd. 150 mln. söm kredit mablağlari ajratilişiga amaliy yordam körsatildi.
Maqsadimiz – xalqimizning öz hayotidan rozi yaşaşini taʼminlaş, muammolarini ijobiy hal etişga kömaklaşiş, turmuş tarziga farovonlik olib kirişdan iborat.
Çunki, xalqimiz har bir kunini obod va farovon, gözal turmuş şaroitida ötkazişga haqlidir.
A.RÖZMETOV, tuman prokurori, 2-sektor rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶