YoŞLARNING INNOVATsION ĞOYaLARINI RÖYoBGA ÇIQARIŞ YÖLIDA MUHIM QADAM
Bugungi globallaşuv va raqamli taraqqiyot davrida yoşlarning intellektual salohiyatini röyobga çiqariş, ularning ilğor ğoya va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, zamonaviy texnologiyalarni puxta özlaştirişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, sunʼiy intellekt, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va startap loyihalari iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantiriş, yangi imkoniyatlar yaratiş hamda yoşlarning öz salohiyatini namoyon etişida muhim omilga aylanmoqda.
Şu nuqtai nazardan, Amudaryo tumanida yoşlarni zamonaviy bilim va könikmalarga yönaltiriş, ularning innovatsion taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan navbatdagi amaliy tadbir taşkil etildi. Tuman Madaniyat bölimining faollar zalida “StartupBase” platformasidan foydalaniş böyiça seminar-trening bölib ötdi.
Seminar-treningni tuman hokimining raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantiriş böyiça maslahatçisi Şavkat Soliyev oçib berdi hamda olib bordi. Unda umumtaʼlim maktablari direktor maslahatçilari, respublika miqyosidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi mutaxassislari, şuningdek, startap va innovatsiyalarga qiziquvçi öquvçi-yoşlar iştirok etdi.
Tadbir davomida yoşlarning zamonaviy texnologiyalarga bölgan qiziqişini yanada oşiriş, ularni yangi taşabbuslarga undaş va istiqbolli loyihalarni qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining AKTni joriy etiş va raqamlaştiriş şuʼbasi, Kasbiy taʼlim agentligining Taʼlim jarayonini taşkil etiş va kasbiy rivojlantiriş sektori masʼullari, IT Parkning hududlarni rivojlantiriş böyiça mutaxassisi hamda “Nukus yoşlar texnoparki” davlat muassasasi masʼullari tomonidan yoşlarga zarur bilim va tuşunçalar berildi.
Seminar-treningning asosiy mavzusi “StartupBase” platformasining imkoniyatlari va undan foydalaniş tartibiga bağişlandi. Iştirokçilarga platformaning vazifalari, undan samarali foydalaniş, startap loyihalarini ilgari suriş hamda innovatsion ğoyalarni rivojlantiriş bilan boğliq masalalar yuzasidan tuşunçalar berildi.
Tadbirda yoşlarni raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va zamonaviy IT yönalişlariga keng jalb etiş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Bugun uşbu sohalarni çuqur özlaştirgan, mustaqil fikrlaydigan va yangilik yaratişga intiladigan yoş mutaxassislarga ehtiyoj ortib bormoqda. Demak, yoşlarning zamonaviy bilim olişi bilan bir qatorda, öz bilimlarini amaliyotda sinab körişi, yangi loyihalar ustida işlaşi va öz taşabbuslarini ilgari surişi ham muhimdir.
Bu borada taʼlim muassasalari, soha mutaxassislari va tegişli taşkilotlar örtasidagi hamkorlik alohida ahamiyatga ega. Çunki yoşlarning salohiyatini töliq namoyon etişi uçun ularga bilim beriş, yöl-yöriq körsatiş va öz ustida işlaşga rağbatlantiriş zarur. Seminar-trening ana şu maqsadlar yölida tajriba almaşiş va yangi bilimlarni özlaştiriş uçun xizmat qiladigan muloqot maydoni böldi.
Zero, yoşlarning bilim va salohiyatiga kiritilgan sarmoya — kelajak taraqqiyotiga qöyilgan mustahkam poydevordir. Innovatsion ğoyalar qadrlanadigan, taşabbuslar qöllab-quvvatlanadigan muhit esa yangi yutuqlar va imkoniyatlar sari yöl oçadi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶