Amudaryo tumanida ğöza parvarişi va innovatsion texnologiyalarga bağişlangan körgazmali seminar ötkazildi
Qişloq xöjaligi mamlakatimiz iqtisodiyotining eng muhim va tayanç tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, paxtaçilik sohasida amalga oşirilayotgan izçil islohotlar, yerga bölgan munosabatning tubdan özgarişi hamda ilğor xorijiy tajribalarning amaliyotga keng tatbiq etilişi natijasida möl va sifatli hosil yetiştiriş uçun mustahkam zamin yaratilmoqda.
Bahorgi ekin-tikin işlari yakuniga yetib, ğöza nihollari tekis unib çiqqan ayni şu masʼuliyatli pallada ularni töğri va agrotexnik talablar asosida parvariş qiliş dehqonlardan katta eʼtibor, bilim hamda mahorat talab etadi. Bu borada, ayniqsa, ğöza qator oralariga birinçi işlov beriş, yaʼni kultivatsiya jarayonlarini sifatli hamda öz vaqtida ötkaziş kelajak hosil taqdirini hal qiluvçi asosiy omillardan biridir. Şu maqsadda joylarda muntazam ravişda taşkil etilayotgan körgazmali öquv-amaliy seminarlari klaster korxonalari, fermer xöjaliklari rahbarlari va mexanizatorlar uçun öziga xos tajriba almaşiş maktabi bölib xizmat qilmoqda.
Ana şunday tadbirlardan biri Amudaryo tumanining Qiliçboy ovuli hududida ham bölib ötdi. Mazkur hududda samarali faoliyat yuritayotgan "Amirxon" fermer xöjaligi dalalarida ğöza qator oralarini kultivatsiya qiliş masalalariga bağişlangan keng qamrovli körgazmali seminar taşkil etildi. Uşbu seminarda nafaqat joriy yilgi hosil taqdiriga daxldor bölgan keçiktirib bölmas agrotexnik tadbirlarni belgilab oliş, balki qişloq xöjaligi sohasiga kirib kelayotgan yangi innovatsion texnologiyalar hamda xorij tajribasi bilan yaqindan tanişiş masalasi ham muhokamalar markazida böldi.
Maʼlumot örnida taʼkidlaş joizki, joriy yilda Amudaryo tumani böyiça jami 13 ming gektar maydonga çigit ekilgan. Bugungi kunda deyarli barça maydonlarda uruğlar bir tekis unib çiqqan bölib, hududlardagi barça fermer xöjaliklarida parvariş jarayonlari eng qizğin pallaga kirgan. Dehqonlarning fidokorona mehnatlari natijasida qisqa vaqt içida tuman böyiça ğöza qator oralariga işlov berilgan, yaʼni kultivatsiya qilingan maydonlar hajmi 1 500 gektarga yaqinlaşdi.
Albatta, bunday keng kölamdagi maydonlarda agrotexnik tadbirlarni sifatli ötkaziş maqsadida zamonaviy texnika va mexanizmlardan unumli foydalaniş, şuningdek, soha vakillarining tavsiyalariga qatʼiy amal qiliş talab etiladi. Şu maqsadda "Amirxon" fermer xöjaligida taşkil etilgan körgazmali seminarda tuman hokimi Sobir Xöjametov boşçiligidagi rahbarlar, agrar soha masʼullari, klaster korxonalari vakillari hamda hududdagi fermerlar iştirok etişdi.
Tuman hokimi va boşqa masʼullar öz sözida global iqlim özgarişlari va suv resurslarining taqçilligi şaroitida har bir qariç yerdan oqilona foydalaniş, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etiş davr talabi ekanligini taʼkidlaşdi. Şuningdek, mutasaddilar tomonidan kultivatsiya jarayonida eʼtibor qaratiş lozim bölgan eng muhim jihatlar, xususan, traktorlarning yuriş tezligi, işçi organlarning sozligi hamda tuproqni yumşatiş çuqurligiga doir aniq körsatmalar berib ötildi.
Bugungi kunda yurtimiz qişloq xöjaligida dunyoning rivojlangan davlatlari tajribalarini özlaştirişga va amaliyotga tatbiq etişga katta eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, paxtaçilik yönalişida Xitoy texnologiyasining joriy etilişi hosildorlikni oşirişda muhim qadamlardan biri bölmoqda. Seminarda iştirok etgan xitoylik mutaxassis Xitoy usulida ekilgan paxtani parvariş qilişning öziga xos jihatlari, uning parvarişidagi muhim agrotexnik talablar haqida yiğilganlarga batafsil maʼlumot va tuşunçalar berdi. Xorijlik agronom tomonidan berilgan qimmatli maslahatlar va yöriqnomalar ğöza parvarişida yöl qöyilişi mumkin bölgan xatolarning oldini oliş hamda hosildorlikni sezilarli darajada oşirişga xizmat qilişi şubhasizdir.
Agrotexnik tadbirlarni yuqori sifatda va qisqa muddatlarda ötkazişda zamonaviy hamda kuçli texnikalarning örni beqiyosdir. Ayni kunlarda "Amirxon" fermer xöjaligi dalalarida olib borilayotgan kultivatsiya jarayonlarida Turkiyadan keltirilgan eng sönggi rusumdagi zamonaviy moslamalardan foydalanilmoqda. Bu texnikalar özining bir qator afzalliklari bilan avvalgi avlod moslamalaridan tubdan farq qiladi. Tadbir iştirokçilari uşbu xorijiy texnikaning daladagi amaliy işini öz közlari bilan kuzatar ekanlar, uning unumdorligiga va iş sifatiga yuqori baho berdilar. Uşbu köp funktsiyali innovatsion kultivator bir vaqtning özida bir neçta muhim vazifalarni bajariş xususiyatiga ega. U nafaqat ğöza qator oralaridagi tuproqni belgilangan meʼyorda va bir tekisda yumşatadi, balki şu bilan birgalikda ösimlikka zarur bölgan oziqa moddalarini, yaʼni mineral öğitlarni ham berib ketadi. Eng eʼtiborli jihatlardan biri şundaki, mazkur zamonaviy agregat ğözani tubigaça yumşatiş qobiliyatiga ega. Bu jarayon ildiz tizimining kislorod bilan töliq töyinişini taʼminlaydi va yer ostidagi tabiiy namlikni uzoq vaqt saqlab qolişga yordam beradi. Bunday tejamkor va unumdor texnikalarning dalalarimizda keng işlatilişi nafaqat qimmatli vaqt va yoqilğini tejaşga, balki oğir qöl mehnatini kamaytirib, umumiy iş sifatini yuqori darajaga kötarişga xizmat qilmoqda.
Körgazmali amaliy seminar tumanning barça qişloq xöjaligi xodimlari, agronomlari va mexanizatorlari uçun joriy yilgi paxta hosilini yetiştirişda öziga xos tajriba maktabi vazifasini ötadi. Yurtimizning ulkan xirmoni yanada yuksalişiga, tuman iqtisodiyotining barqaror mustahkamlanişiga va eng asosiysi, elimiz farovonligining oşişiga xizmat qiluvçi bunday ezgu va rejali saʼy-harakatlar natijasida joriy yilda ham Amudaryo tumani paxtakorlari kontraktatsiya şartnomalari şartlarini ortiği bilan bajarişiga şubha yöq.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶