24.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.10.2026, 15:25
Jamiyat 👁 1,942

14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi

Jazoni ijro etish tizimida insonparvarlik tamoyillariga amal qilgan holda, qonunni buzgan shaxsni jamiyatdan uzib qoʻymasdan, unga tuzalish imkonini berish va mehnatga qaytarish orqali qayta tarbiyalash soʻnggi yillarda sud-huquq sohasidagi islohotlarning ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Bu borada sayyor sud majlislari alohida oʻrin tutadi, chunki ular odil sudlovni bevosita mahalla sharoitida, fuqarolar koʻz oʻngida amalga oshiradi. Bunday yondashuv sud jarayonining ochiqligini taʼminlash bilan birga, aholining qonunchilik bilan bevosita tanishishiga ham imkon yaratadi.

Amudaryo tumanining Boy ovul mahalla fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida ham shu kabi ochiq sayyor sud majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Jasurbek Baltabayev, sudya yordamchisi Elyor Jumaniyozov, Amudaryo tuman prokurorining katta yordamchisi Ogʻabek Erkuliyev hamda Amudaryo tuman Ichki ishlar boʻlimi Probatsiya guruhi katta inspektori Azamat Artikov ishtirok etdi.

Sud majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi, yaʼni "Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish" tartibiga muvofiq ilgari jinoyat sodir etgan, hozirgi kunda tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan, oʻrnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda boʻlgan 14 nafar mahkumga nisbatan qoʻllanilgan jazolarning oʻtalmay qolgan qismi shartli ravishda yengillashtirildi.

Shu bilan birga, ozod etilganlarga jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etilgan taqdirda Jinoyat kodeksining 60-moddasiga muvofiq jazo belgilanishi haqida toʻliq tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ularga belgilangan muddat davomida oʻz xulq-atvoriga masʼuliyat bilan yondashish zarurligi uqtirildi.

Bundan tashqari, majlis ishtirokchilari va mahalla ahliga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-avgust kungi "Odil sudlov — 2030": Yangi Oʻzbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi toʻgʻrisida"gi farmoni mazmun-mohiyati haqida ham batafsil tushuntirishlar berildi.

Xususan, hujjatda belgilangan "xalqchil sud", "adolat qoʻrgʻoni", "kafolatlangan adolat", "adolat posbonlari", "raqamli odil sudlov" va "xalqaro eʼtirof" yoʻnalishlari keng tushuntirildi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga ham javoblar berildi. Bunday ochiq majlislar qonun talablarini aholiga yetkazish bilan birga, sud tizimiga boʻlgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
«Sen isteʼdodlisan» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi 20.10.2026 9 yoshli bolalar papilloma virusiga qarshi emlanmoqda ▶ 9 yoshli bolalar papilloma virusiga qarshi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali vaʼda berish tadbiri oʻtkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali vaʼda berish tadbiri oʻtkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026