9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda
Yuqumli kasalliklarning oldini olişda profilaktik emlaş eng işonçli vosita sifatida eʼtirof etilgan bölib, mamlakatimizda bu yönalişdagi işlar yildan-yilga kengayib, «Milliy emlaş kalendari» yangi vaktsinalar bilan boyitilmoqda. Bugungi kunda kalendarga 13 turdagi kasallikka qarşi emlaş kiritilgan.
Odam papilloma virusining oğir asoratlarini inobatga olgan holda, röyxatga 9 yoşli bolalarni uşbu virusga qarşi profilaktik emlaş ham qöşilgan. 2019-yil oktyabr oyidan boşlab 9 yoşli qiz bolalar emlanib kelinmoqda, joriy yilning oktyabr oyidan esa öğil bolalarni ham emlaş boşlandi.
Amudaryo tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi tomonidan bu yil 9 yoşli bolalar uçun 3712 doza vaktsina davolaş-profilaktika muassasalaridagi 14 ta emlaş punktiga maxsus transportda yetkazib berildi. Emlaşni amalga oşiradigan tibbiyot xodimlari öqitilib, ularga sertifikatlar taqdim etilgan.
Maʼlumot örnida aytiş joizki, odam papilloma virusi erkaklar va ayollar orasida keng tarqalgan bölib, hozirda uning 600ga yaqin turi mavjud, şundan 80 turi örganilgan. Qariyb 40 turi ayollarning jinsiy aʼzolarida kasallik qözğatadi, 15 turining esa kantserogen taʼsiri aniqlangan.
Baçadon böyni saratoni holatlarining 70 foizini virusning 16 va 18-turlari keltirib çiqaradi, şuningdek yana bir neça turlari ham onkologik kasallikka sabab bölişi mumkin. Erkaklarda virus oğiz-tomoq va anogenital organlar saratonini qözğatadi.
Virus manbai bemor odam va virus taşuvçilar hisoblanib, u muloqot hamda jinsiy yöl bilan yuqadi; «kiriş eşigi» bölib teri va şilliq qavatlardagi mayda jarohatlar xizmat qiladi. Yaşirin davri bir neça oydan bir neça yilgaça, onkologik kasallikning rivojlanişi esa 5-yildan 30-yilgaça, kamdan-kam hollarda 1-yilgaça davom etadi.
Qayd etiş joizki, hozirça virusga bevosita taʼsir qiladigan dori vositalari mavjud emas, şu bois kasallikning oldini olişda profilaktik emlaş, bolalarga soğlom turmuş tarzi va tamaki çekişning zararini tuşuntiriş, yoşiga mos jinsiy tarbiya beriş hamda öğil bolalarni xatna qiliş birlamçi çora-tadbir sanaladi.
Ikkilamçi profilaktika sifatida 30 yoş va undan katta ayollar hamda erkaklarni skriningdan ötkaziş, tahlillarni tekşirtirib virusni erta aniqlaş va zudlik bilan davolaşni boşlaş tavsiya etiladi. Aytiş joizki, baçadon böyni saratoni ayollar orasidagi onkologik kasalliklar içida ikkinçi örinni egallaydi.
Demak, farzand salomatligini asraş imkoniyati bugun ota-onalar qölida: öz vaqtida qilingan emlaş kelajakda oğir kasallikning oldini olişga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶