Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi
Iqtidorli yoşlarni erta aniqlaş taʼlim tizimidagi eng nozik vazifalardan biri bölib, natija köp jihatdan tanlov qançalik xolis taşkil etilganiga boğliq. Şu sababli fan olimpiadalari tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida taşkil qilişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Iqtidorli öquvçilar örtasida fan olimpiadalarini ötkaziş tizimini takomillaştiriş hamda xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktabni aniqlaş tizimini joriy etiş töğrisida”gi qarori ijrosi doirasida uşbu yönalişda qator amaliy işlar yölga qöyildi.
Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 23-sentyabrdagi 360-sonli, Qoraqalpoğiston Respublikasi maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining 2026-yil 5-oktyabrdagi 313-sonli buyruqlariga muvofiq, Amudaryo tumanida 2026–2027 öquv yili asosiy fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi Navoiy mahallasi hududidagi 1-sonli maktabda 15–27-oktyabr kunlari ötkazilmoqda.
Bellaşuvlarda davlat va nodavlat umumiy örta taʼlim muassasalari, akademik litseylar hamda kasbiy taʼlim taşkilotlari öquvçilari qatnaşib, 86 ta umumtaʼlim maktabining 9–11-sinflaridan jami 2787 nafar öquvçi öz bilimini sinovdan ötkazmoqda.
Olimpiada 15 ta fan — geografiya, tarix, kimyo, fizika, biologiya, matematika, informatika, tillar, davlat va huquq asoslari hamda ona tili va adabiyoti fanlari böyiça ötkazilmoqda.
Tumanda maxsus taşkiliy qömita tuzilib, jarayonni markazlaşgan holda real vaqt rejimida olib boriş, hayʼat aʼzolari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvçilarning öz vaqtida yetib kelişini taʼminlaş, hakamlar tarkibiga tajribali öqituvçilarni jalb etiş, uzluksiz elektr taʼminoti va barqaror internet xizmati, şuningdek harakat xavfsizligi va tibbiy yordam masalalari nazoratga olingan.
Joriy yilgi tanlovning asosiy özgaçaligi şundaki, sinov kompyuterda ötkazilib, test natijasi yakunlangani zahoti ekranda namoyon böladi — bu ortiqça qoğozbozlik va vositaçilikni bartaraf etadi.
1-sonli maktabda ötkazilgan oçiliş marosimida Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi taşkiliy qömitasi masʼul xodimlari va boşqa mutasadilar iştirok etib, qatnaşçilarga omad tiladi.
Tuman bosqiçida saralab olingan bilimdonlar keyingi, respublika darajasidagi sinovlarga tayyorgarlikni boşlaydi. Biz ham fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi iştirokçilariga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶