07.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
07.10.2026, 20:42
Jamiyat 👁 2,743

Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda

Insonning kundalik hayotida hech narsa toza ichimlik suvining oʻrnini bosa olmaydi. Shu bois aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish va xizmatlar sifatini oshirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan boʻlib, bu borada xalqaro moliya institutlarining grant va kredit mablagʻlari, shuningdek davlat investitsiya dasturlari asosida keng koʻlamli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, markazlashgan ichimlik suvi taʼminoti bilan qamrab olinmagan mahallalarda yangi tarmoqlar qurishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻz navbatida mutasaddi tashkilotlar tomonidan suv tarmoqlari yangidan tortilgan hududlarda shartnomaviy munosabatlarni tartibga solish, aholini rasmiy xizmatlar bilan qamrab olish hamda toʻlov intizomini mustahkamlash yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspektsiyasi tomonidan yil boshidan buyon 49 ta mahallada xonadonma-xonadon oʻrganishlar amalga oshirilib, fuqarolarga ichimlik suvidan oqilona foydalanish, xizmatlardan qonuniy asosda foydalanishning ahamiyati, shartnoma tuzish tartibi hamda mavjud imtiyoz va qulayliklar haqida keng tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada 91 ta isteʼmolchi bilan ichimlik suvi taʼminoti boʻyicha rasmiy shartnomalar tuzildi. Bu esa xizmatlarning shaffof va tizimli yoʻlga qoʻyilishiga, kommunal xizmatlar sifatini yanada oshirishga zamin yaratadi.

Eʼtiborlisi, amalga oshirilgan ishlar natijasida 395 nafar aholi markazlashgan ichimlik suvi taʼminoti xizmati bilan qamrab olindi. Bu orqali fuqarolarning turmush sharoiti yaxshilanib, sanitariya-gigiyena holatini taʼminlash, aholi salomatligini muhofaza qilish va ekologik barqarorlik borasida muhim qadam tashlandi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-aprel kungi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida ichimlik suv taʼminoti tizimlarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Nukus tumani Baqanshaqli ovul fuqarolar yigʻini hududidagi Abadan aholi punktini ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida “Abadan” suv taqsimlash inshooti yangidan qurildi hamda 6,5 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari tortildi. Ushbu ishlar natijasida ovul hududida istiqomat qiluvchi 150 ga yaqin xonadonning ichimlik suvi taʼminoti sezilarli darajada yaxshilandi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ichimlik suvi infratuzilmasini rivojlantirish nafaqat aholini toza suv bilan taʼminlaydi, balki hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Zero, suv — hayot manbai boʻlib, inson salomatligi va farovon turmushining eng muhim omillaridan biri sanaladi. Kelgusida ham bu kabi amaliy ishlar izchil davom ettirilib, yangi loyihalar asosida yanada koʻproq aholi punktlarini markazlashgan ichimlik suvi tarmoqlariga ulash rejalashtirilgan.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026