12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:28
Jamiyat 👁 9,167

Dörman ovuli misolida yoşlar bandligi böyiça respublika öquv seminari ötkazildi

Yoşlarni mehnatga yönaltiriş, ularga barqaror daromad manbaini yaratib beriş sönggi yillarda davlat ijtimoiy siyosatining muhim yönalişlaridan biriga aylandi. Bu borada maxsus dastur işlab çiqilib, uning ijrosi hududlar kesimida doimiy nazoratga olingan.

Ayniqsa qişloq joylarida mazkur vazifa öziga xos yondaşuvni talab etadi. Ovul va mahallalarda yaşovçi yoşlarning iş bilan taʼminlanişi köp jihatdan yerga, dehqonçilik anʼanalariga va mahalliy boşqaruv tizimining faolligiga boğliq böladi.

Şu bois Özbekiston mahallalari uyuşmasi raisi Qahramon Quronboyev boşçiligida Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumani hamda tumanning Dörman ovuli misolida yoşlar bandligi dasturi doirasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan Respublika öquv seminari taşkil etildi.

Seminar oldidan uyuşma raisi tumanning bir qator mahallalarida böldi. U yoşlar bandligini taʼminlaş borasida olib borilayotgan işlar bilan bevosita joylarda tanişdi, erişilgan amaliy natijalar va mavjud imkoniyatlarni örgandi.

Öquv maşğuloti uçun Dörman ovulining tanlanişi bejiz emas. Hudud aholisi azaldan yer bilan tillaşib, undan möl hosil yetiştirib, yuqori daromad olib kelişgan. Dehqonçilik anʼanalari avloddan avlodga ötib, ovul xöjaligining asosiy tayançiga aylangan.

Bugun ham qişloq xöjaligi ovulning ösiş nuqtasi bölib qolmoqda. Soha köplab aholining, xususan yoşlarning bandligini taʼminlaşda yetakçilik qilmoqda. Şu sababli ovul tajribasi respublika miqyosidagi öquv seminari uçun namuna sifatida olingan.

Uyuşma raisi yoşlar uçun elektron auktsion platformasi orqali ajratilgan yer maydonlari, fermer xöjaliklarining ğalladan böşagan yerlari hamda aholi tomorqalarining yoşlar bandligini taʼminlaşdagi örni va ahamiyatini eʼtirof etdi.

Taşrif davomida dalalarda mehnat qilayotgan yoşlar bilan yaqindan suhbat qurildi. Bunday muloqot dastur ijrosining amaldagi holatini joyida baholaş, yoşlarni qiziqtirayotgan masalalarni bevosita ularning özlaridan eşitiş imkonini beradi.

Yoşlar bandligi masalasi faqat iqtisodiy körsatkiç emas. Iş bilan taʼminlangan yigit-qiz oilasiga suyanç böladi, kelajagini aniq rejalaştiradi, turli zararli taʼsirlardan yiroq yuradi. Şu bois bu yönalişdagi har bir qadam ijtimoiy barqarorlikka bevosita xizmat qiladi.

Aytiş joizki, qişloq xöjaligi yoşlar uçun iş örni yaratişning eng qulay yöllaridan biridir. Bu sohada yigit-qizlar yirik sarmoyasiz ham mehnat boşlaşi, tajriba orttirişi va öz xöjaligini bosqiçma-bosqiç kengaytirişi mumkin.

Şu bilan birga, agrar soha yoşlarga faqat bandlik emas, kasb va könikma ham beradi. Yerga işlov beriş, hosilni saqlaş hamda sotiş jarayoni ularda tadbirkorlik malakasini şakllantiradi, qişloqda qolib mehnat qiliş istagini kuçaytiradi.

Öquv seminarida Qoraqalpoğistonning barça tuman va şaharlaridan kelgan masʼullar, Amudaryo tumanidagi barça ovul va mahalla fuqarolar yiğini raislari, şuningdek, hududdagi “Mahalla yettiligi” aʼzolari iştirok etdi.

Qayd etilganidek, yoşlar bandligini taʼminlaş davlatning doimiy eʼtiboridagi masala bölib, bu borada maxsus dastur işlab çiqilgan. Masʼullar mazkur dastur ijrosi, qölga kiritilgan natijalar va oldinda turgan rejalar yuzasidan hisobot berdi.

Bunday vazifalarni joylarda amalga oşirişda mahalla institutining örni beqiyos. Aynan mahalla har bir xonadonning ahvolidan, işsiz yoşning qobiliyati va intilişidan xabardor böladi. Şu sababli dastur ijrosi köp jihatdan mahalla raisining taşkilotçiligiga boğlanadi.

Yiğilişda mahalla raisi öz hududining haqiqiy boşqaruvçisi bölişi şartligi alohida körsatib ötildi. Buning uçun u hokim yordamçisi, xotin-qizlar faoli, yoşlar yetakçisi, ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori, soliqçi va mahalla bankirining haftalik hamda oylik iş rejasini tasdiqlab berişi lozimligi, rais “yettilik” aʼzolariga aniq vazifa qöyib, ularga boş bölgan holda hudud iqtisodiyotini yanada yuksaltiriş yölida hamjihatlikda harakat qilişi lozimligi taʼkidlandi. Bunday tartibda faoliyat yuritiş har bir masʼulning javobgarligini oşiradi va mahalladagi işlarni yagona maqsad atrofida birlaştiradi.

Qolaversa, qişloq şaroitida yerdan möl hosil oliş bir xonadonning emas, butun hududning farovonligiga xizmat qilişi eʼtirof etildi. Bu jarayonda oila daromadi ortadi, içki bozor mahsulot bilan töldiriladi, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaşga munosib hissa qöşiladi. Har qariç yerdan unumli foydalaniş esa pirovardida mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlaydi. Natijada eksport salohiyati kengayadi, qişloqda yangi iş örinlari paydo böladi. Halol mehnat bilan topilgan daromad esa jamiyatda barqarorlikning işonçli poydevori bölib xizmat qiladi.

Bu yönalişdagi tizimli faoliyat esa aholi bandligi va turmuş darajasini yanada yaxşilaşga xizmat qiladi. Yoşlarning öz yurtida iş topişi, oila qurib, halol mehnat bilan yaşaşi har qanday hududning ertangi kunini belgilaydi. Ana şu maqsad yölida mahalla, hokimlik va masʼul idoralar hamkorligi yanada mustahkamlanişi zarurligi qayd qilindi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026