13.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
13.11.2026, 06:57
Adabiyot 👁 4,527

Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uçraşuv ötkazildi

Kitob – insoniyat tafakkurining bebaho mahsuli, asrlar oşa ajdodlardan avlodlarga ötib kelayotgan buyuk maʼnaviy köprikdir. Bugungi globallaşuv va axborot almaşinuvi şiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda, yoşlar qalbida kitobxonlikka bölgan mehrni uyğotiş, ularning maʼnaviy olamini boyitiş, ongu tafakkurini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş har qaçongidan ham dolzarb va muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aynan şu ezgu maqsadlarni közlagan holda Amudaryo tumani axborot-kutubxona markazida ijodiy uçraşuv taşkil etildi. Yoş avlod qalbida adabiyotga bölgan qiziqişni yanada orttiriş, isteʼdodli va ijodkor yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş maqsadida taşkil qilingan uşbu tadbir çinakam maʼnaviyat bayrami, avlodlar örtasidagi jonli muloqot maydoniga aylandi.

Tadbirda elimizga tanilgan, söz sehri bilan minglab kitobxonlar qalbidan çuqur joy olgan sevimli ijodkorlar mehmon sifatida iştirok etişdi. Xususan, özbek adabiyotining zabardast vakili, taniqli şoir, yozuvçi, sermahsul adabiyotşunos va telejurnalist Abdulla Vahş, şuningdek, Qönğirot tumanidan taşrif buyurgan isteʼdodli şoira va mohir tarjimon Zulayho Yöldoşevalarning taşrifi tadbirga alohida şukuh bağişladi. Ular qatorida tuman faxri bölmiş, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, ardoqli şoira Robiya Yöldoşeva, şuningdek, el nazariga tuşgan, qalami ötkir va serqirra ijodkorlar – Tursunboy Abdullayev, Zulfiya Ollayorova va jamoatçilik faoli Pardagul Örazbayevalar ham özlarining samimiy ijod namunalari, yurak töridan çiqqan sözlari bilan davraga fayz kiritişdi. Tadbirda tumandagi umumtaʼlim maktablarining iqtidorli öquvçilari, adabiyot ixlosmandlari, kutubxonaning doimiy faol aʼzolari hamda keng jamoatçilik vakillari jam bölişdi.

Yoşlar va ustoz ijodkorlar örtasidagi mazkur uçraşuv samimiy muloqot tarzida keçdi. Unda ijodning naqadar maşaqqatli, ammo şu bilan birga betakror va zavqli jarayon ekanligi, şeʼriyatning inson maʼnaviy olamini yuksaltirişdagi, uning qalb közlarini oçişdagi beqiyos örni haqida atrofliça söz yuritildi. Ustozlar ijod maşaqqati va söz masʼuliyati xususidagi suhbatlari bilan yoşlar qalbida adabiyotga, badiiy sözga bölgan çeksiz hurmat va muhabbat hissini yanada jöş urdirdi.

Uçraşuvning eng hayajonli qismlaridan biri, şubhasiz, yangi çop etilgan kitoblar taqdimoti böldi. Tadbir davomida Abdulla Vahş qalamiga mansub, qoraqalpoq tiliga yuksak mahorat bilan ögirilgan “Men suygen hayal” nomli kitob, şuningdek, Robiya Yöldoşevaning teran öy-xayollar va yuksak badiiyat bilan suğorilgan yangi “Özgariş” nomli şeʼriy töplami yiğilganlar eʼtiboriga havola qilindi.

Mualliflar uşbu asarlarning yaratiliş tarixi, ularning zamiriga yaşiringan boş ğoya, yoziliş jarayonidagi içki keçinmalari va izlanişlari haqida sözlab berişdi. Taqdimot marosimida jam bölgan adabiyotşunoslar, kitobxonlar va ziyolilar özlarining samimiy fikr-mulohazalarini bayon qilar ekanlar, özbek va qoraqalpoq adabiy hamdöstligida, ikki qardoş xalqning maʼnaviy riştalarini mustahkamlaşda mazkur yangi nasrning öziga xos salmoqli örni borligini alohida eʼtirof etdilar. Robiya Yöldoşevaning “Özgariş” kitobi haqida ham eng iliq, samimiy eʼtiroflar yangradi. Ijodiy taqdimot yuqori saviyada, qizğin va qiziqarli tarzda ötdi. Taniqli ijodkorlar muallif va tarjimonning hamkorlikda amalga oşirgan ijodiy işlariga munosib baho berib, bunday samarali loyihalar kelgusida ham bardavom bölişiga tilak bildirdilar.

Ijodiy keça davomida Vatan madhi, beğubor yoşlik, pok muhabbat, el-yurtga bölgan çeksiz sadoqat va yuksak insoniy qadriyatlarni tarannum etuvçi eng sara şeʼrlar, teran maʼnoli ruboiylar hamda dilrado qöşiqlar jonli ravişda ijro etildi. Yurakdan çiqqan bu satrlar va kuy-qöşiqlar yoş adabiyotsevarlar qalbida çuqur taassurot uyğotib, ularga çeksiz ruhiy ozuqa va ilhom bağişladi.

Qizğin bahs-munozaralar va samimiy savol-javoblarga boy bölgan bu muloqot maydonida yoşlar özlarini qiziqtirgan barça savollarga ustoz ijodkorlardan aniq, batafsil va hayotiy tajribalarga asoslangan javoblar olişga muvaffaq böldilar. Şu bilan birga, havaskor yoş ijodkorlar ham katta davrada özlari qalamga olgan ilk şeʼrlaridan namunalar öqib berib, tajribali ustozlarning qimmatli maslahatlarini, yöl-yöriqlarini va albatta, samimiy duolarini oldilar. Bu holat ularning kelgusi ijodiy parvozlari uçun ulkan qanot bağişlaşi tabiiydir.

Tadbir yakunida Amudaryo tumani axborot-kutubxona markazi rahbariyati hamda barça iştirokçilar tomonidan taşrif buyurgan aziz mehmonlarga adabiyot va maʼnaviyat yölidagi xizmatlari uçun çeksiz minnatdorçilik bildirilib, ularga esdalik sovğalari topşirildi. Samimiy va kötarinki ruhda ötgan uşbu unutilmas ijodiy uçraşuv yoşlar qalbida kitobga bölgan mehrni, ijodiy şijoatni yanada oşirişga va ertangi kunning yetuk maʼnaviyatli vorislarini tarbiyalaşga ulkan xizmat qilişi şubhasizdir. Zero, adabiyot yaşar ekan, millatning ruhi va ongi ham doimo yuksalaveradi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026