09.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
09.10.2026, 03:48
Jamiyat 👁 3,736

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi

Inson qadri, uning munosib hayot kechirishi, oilalar farovonligi va yoshlarning kelajakka ishonchi — jamiyat taraqqiyotini belgilovchi muhim mezonlardan. Shu bois bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ularni kambagʻallikdan chiqarish, bandligini taʼminlash va daromad manbalarini shakllantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bu boradagi ishlarning amaliy ifodasi sifatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori Shohrux Aminov tomonidan Amudaryo tumanidagi Choykoʻl ovuli hududida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar holidan xabar olindi. Oʻrganish jarayonida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov boshchiligidagi tuman masʼullari ishtirok etishdi.

Mazkur jarayonda xonadonlarning ijtimoiy sharoiti, oilalarning ehtiyojlari va ularni qiynayotgan muammolar bevosita joyiga chiqqan holda oʻrganildi. Oʻrganishlar davomida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning mavjud muammo va ehtiyojlari birma-bir aniqlab olindi.

Oilalarning turmush sharoiti, daromad manbalari, mehnatga layoqatli aʼzolarining bandligi hamda qoʻshimcha daromad topish imkoniyatlari atroflicha tahlil qilindi.

Eng muhimi, aniqlangan muammolarni shunchaki qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, ularni joyida hal etish, oila aʼzolarini ish bilan taʼminlash, yangi daromad manbalarini shakllantirish va oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Bu esa bugungi ijtimoiy siyosatning mohiyatini — insonni faqat moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash emas, balki unga mustaqil daromad topish, oʻz imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish va oilasi farovonligini oʻz mehnati bilan taʼminlash uchun sharoit yaratish tamoyilini yaqqol namoyon etadi.

Darhaqiqat, kambagʻallikni qisqa muddatli yordam bilangina yengib boʻlmaydi. Buning uchun oilada barqaror daromad manbaini yaratish, mehnatga layoqatli fuqarolarni ish bilan taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish va zarur hollarda kasb-hunarga oʻqitish muhim ahamiyatga ega.

Tashrif davomida mahalladagi yoshlar bilan ham uchrashuv tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari, muammo va takliflari tinglandi. Bugun yoshlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va bandligini taʼminlash har qachongidan ham muhim. Chunki har bir yoshning qoʻlida kasb, qalbida maqsad va hayotida munosib daromad manbai boʻlsa, u nafaqat oʻz kelajagini, balki oilasi va jamiyatining ertangi kunini ham barpo etadi.

Uchrashuvda yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni zamonaviy va talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga oʻqitish, tadbirkorlik faoliyatiga yoʻnaltirish hamda munosib daromad topishi uchun zarur imkoniyatlarni yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yoshlarning bildirgan taklif va murojaatlari yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosini taʼminlash boʻyicha vazifalar belgilab olindi.

Har bir xonadonga kirib borish, oilaning sharoitini oʻrganish, odamlarni qiynayotgan muammolarni oʻz ogʻzidan eshitish va ularning imkoniyatlarini hisobga olgan holda aniq yechim topish — samarali ijtimoiy siyosatning muhim shartidir. Zero, har bir oilaning farovonligi — mahalla farovonligi, har bir yoshning kelajakka ishonchi esa jamiyatning ertangi kuniga boʻlgan ishonchidir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026