Amudaryo tumanida Manğit suv tozalaş inşooti foydalanişga topşirildi
Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida butun mamlakatimiz böylab ulkan bunyodkorlik va yangilanişlar nafasi kezmoqda. Uşbu tarixiy sanaga munosib tuhfa sifatida, hurmatli Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev iştirokida hududlarda umumiy qiymati 50 trillion sömlik 163 ta yangi inşootni foydalanişga topşirişga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi. Mazkur tadbirda davlatimiz rahbari videoaloqa orqali hududlardagi studiyalarga yiğilgan keng jamoatçilik vakillarini va ular orqali butun Özbekiston xalqini yaqinlaşib kelayotgan eng uluğ, eng aziz bayram bilan samimiy muborakbod etdi. Şundan söng, davlatimiz rahbari ramziy tugmani bosiş orqali mamlakatimiz iqtisodiy va ijtimoiy hayotida muhim ahamiyat kasb etuvçi 72 ta yirik investitsiya loyihasi hamda 91 ta ijtimoiy soha obʼektiga rasman start berdi.
Bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijasi sifatida, Qoraqalpoğiston Respublikasining özida jami 12 ta yirik obʼekt aholi xizmatiga topşirildi. Uşbu inşootlar qatorida umumiy qiymati 167,7 milliard söm mablağ hisobidan töliq rekonstruktsiya qilingan Manğit suv tozalaş inşootining borligi hudud aholisi uçun çinakam bayram tuhfasi böldi.
Taʼkidlaş örinliki, sönggi yillar davomida mintaqada “Amudaryo tumanining içimlik suv taʼminotini yaxşilaş” loyihasi izçil amalga oşirib kelinmoqda. Uşbu loyiha doirasida tuzilgan şartnoma asosida 3 ta yirik içimlik suvi obʼekti hamda uzunligi 300 kilometrdan ortiq bölgan içimlik suvi tarmoqlarini yangidan quriş va rekonstruktsiya qiliş işlari jadal olib borildi. Mazkur “Manğit” suv tozalaş inşooti hamda unga tutaş içimlik suvi tarmoqlarining töliq foydalanişga topşirilişi natijasida, tumandagi isteʼmolçilarni toza va markazlaşgan içimlik suvi bilan taʼminlaş darajasini 80 foizga yetkaziş rejalaştirilgan. Loyihaning texnik va muhandislik imkoniyatlari ham ğoyat eʼtiborga molikdir. Mazkur zamonaviy inşoot 1 sutkada 40 000 kub metr içimlik suvini tozalaş quvvatiga ega. Ayni kunlarda inşootda barça quriliş va montaj işlari yuqori sifat darajasida töliq yakuniga yetkazilgan bölib, stantsiya eng sönggi rusumdagi zamonaviy suv tozalaş texnologiyalari bilan jihozlangan.
Prezidentimiz uşbu obʼektlarni rasman oçib berganidan söng, tuman hokimi Sobir Xöjametov boşçiligida mahalliy faollar va nuroniylar ramziy tasmani kesib, majmuaning bugungi kundagi faoliyati, şuningdek, yaratilgan zamonaviy şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar.
Bu kabi yirik bunyodkorlik işlari va yangilanişlar faqatgina iqtisodiy körsatkiçlarda aks etmaydi. Avvalo, uşbu loyihaning amalga oşişi minglab xonadonlarning kundalik turmuş sifatini keskin yaxşilaş, hududda sanitariya va gigiyena şaroitlarini yanada mustahkamlaş va aholi orasida soğlom turmuş tarzini barqaror taʼminlaşga bevosita xizmat qiladi. Bu esa mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş yölida olib borilayotgan islohotlarning yorqin ifodasidir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶