HAYoT – HIKMATLAR XAZINASI, UNI QADRLANG!
Hayot nima özi? Kim bu haqda töliq javob beradi? Kim hayotning asl mohiyatini tuşuntirib bera oladi?
Hayot – bu insonlarga sinov uçun maʼlum vaqtga belgilab berilgan umrdir. Hayotni har kim öziça tasavvur qiladi. Va har bir inson hayot yöllarini turliça bosib ötadi. Kimdir oz muddat yaşagan bölsa ham odamlarga yaxşilik qilib, özidan yaxşi nom qoldiradi va odamlar uni eslab yurişadi. Yana kimlardir öz hayotida heç kimga yaxşilik qilmay, nom-nişonsiz bu hayotdan ötib ketadi. Demak, inson hayoti qadri qança yaşagani bilan emas, qilgan yaxşi amallari bilan qadrlanadi.
Bir kuni donişmand Luqmoni Hakimdan söraşibdi:
– Siz bunçalik donolikni qayerdan örgangansiz va kimdan saboq olasiz?
Şunda Luqmoni Hakim javob beribdi:
– Men hamma narsani hayotdan örganaman, çunki hayotning özi hikmatli muallim. Saboqni ham hayotdan olaman, sababi, hayotda hamma narsa böladi, men şularni kuzatib, saboq çiqaraman. Men ming yil yaşagan bölsam ham hayotni töliq örganolmadim, çunki hammaning hayoti har xil. Ming yil yaşagan bölsam ham hayotga töymagandekman. Men hali hayotni butunlay tuşunolmadim. Bu savolingizga hayotni butunlay örganib, keyin töliq javob beraman, hozir bu savolga töliq javob bergani ojizlik qilaman. Çunki hayot qançalik uzun bölmasin, köz yumib-oçgunça ötib ketadi, – deb javob bergan ekan.
Darhaqiqat, keça atak-çeçak qadam taşlayotgan bola edik. Bugun hayotning aççiq-çuçugini totgan, hayotni tuşunişga va öz örnini topişga urinayotgan odamlarmiz. Ertaga tobora umri poyoniga yetayotgan qariyalarga aylanamiz. Bu hayotimizning aççiq haqiqatlari va tabiat qonuni. Tuğiliş – öliş, topiş – yöqotiş, bu hayotning özgarmas haqiqatlari.
Nega hayot bunaqa çigal va murakkab? Kimdir yiğlaydi, kimdir kuladi. Kimdir baxtini topadi, kimdir armonlarga kömiladi, orzulari xuddi şişa kabi çil-çil sinadi. Kimdir yaxşilik qilsa, kimdir yomonlikni öylaydi. Kimdir döstiga, sevgisiga vafo qilsa, yana kimlardir duşmanlik qilib, xiyonatni tanlaydi.
Xöş, hayotimiz mazmunli bölişi, qoqilmaslik, öz örnimizni topişimiz uçun nima qilişimiz kerak? Mening hayotimda topgan öz haqiqatlarim bor: men jahlimni sabrim bilan, yomonliklarni yaxşilik bilan yengaman. Armonlarimni orzularim bilan bezayman. Ertangi kunimga umid qilib, ötgan kunimdan saboq çiqaraman. Eng muhimi, bu hayotda faqat yaşaş uçun yaşayman, hamma narsani yurakdan qilaman. Har bir narsadan yaxşilik axtaraman, hamma narsani yaxşilikka yöyaman. Boşqalar qanday yaşaydi, bilmayman, mening hayotdan uqqanim şu.
Azizlar, aslo muvaffaqiyatlaringiz bilan maqtanmang, maqtaniş har bir esi pastning qölidan keladi. Agar maqtanmoqçi bölsangiz, qiyinçiliklarni yenga bilişingiz bilan maqtaning. Çunki qiyinçilikni yengiş insondan donolikni talab etadi.
Sizga bir marta beriladigan hayotingiz bekor ötmasin, çunki hayot sizning eng qadrli narsangizdir. Faqat yaxşilikni axtaring, şunda hayot ham sizga kulib boqadi. Hayot – hikmatlar xazinasi. Siz uni ehtiyot qiling, çunki siz, albatta, kimgadir yoki kimlargadir keraksiz.
Zebo DAMIROVA,
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶