Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
Har soha yutuğin qölga kiritib,
Dunyoning diqqatin özga qaratib,
Vatanim madhini baland yangratib,
Yangiça kelajak yarataylik biz.
Yagona Vatanda birdam xalq bölib,
Haqiqiy özbekça doim mard bölib,
Ğanimlar köngliga öçmas dard bölib,
Yangiça kelajak yarataylik biz.
Har qilgan işimiz kökka intilsin,
Dunyoda özbeklar yagona, bilsin,
Körganlar hayratda «qoyil» deb qolsin,
Yangiça kelajak yarataylik biz.
Tabobat ilmida Ibn Sino ham,
Al-jabr ilmini yozgan dono ham,
Yulduzlar jadvalin tuzgan bobo ham —
Donolar yurtining avlodimiz biz.
Ilimni mukammal egallagan yoş
Vaqt ötib şu elda bölar ekan boş.
Har işni boşlasang yangiça yondoş,
Yangiça kelajak yarataylik biz.
Ilimga intilsang, şaroit bisyor,
Ne desang, yordamga yurtboşim tayyor.
Dunyoda ajoyib şunday Vatan bor —
Yangiça kelajak yarataylik biz.
Özbek bu — qadimdan beklar eli bu,
Diniy ham dunyoviy ilm makoni şu,
Olloh ham ilm ila siylagani şu,
Özbekça kelajak yarataylik biz.
Kattaga hurmat ham özbekça odat,
Kiçiklar körganda olsin deb ibrat.
Ibratli odamda bölar köp qudrat,
Ibratli kelajak yarataylik biz!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶