Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror ösiş kuzatilmoqda
Mamlakatimizning iqtisodiy barqarorligi va ijtimoiy sohalarning rivojlanişi bevosita davlat byudjetiga yönaltirilayotgan mablağlarning hajmi hamda ularning öz vaqtida undirilişiga boğliq. Şu örinda, joylarda soliq maʼmurçiligini takomillaştiriş böyiça olib borilayotgan tizimli işlar, raqamlaştiriş jarayonlari hamda fuqarolarimizning soliq madaniyati tobora oşib borayotgani öz natijasini körsatmoqda. Joriy yilning ötgan davri mobaynida mahalliy tuşumlar böyiça belgilangan rejalarning ortiği bilan bajarilayotgani fikrimizning yaqqol dalilidir.
Xususan, 2026 yilning dastlabki 7 oyi yakunlariga köra, byudjet tuşumlari böyiça belgilangan körsatkiçlar sezilarli darajada oşdi. Davlat byudjetiga mazkur davr uçun 42,8 milliard söm miqdoridagi tuşum rejasi belgilangan edi. Amalga oşirilgan maqsadli çora-tadbirlar natijasida joriy yilning 1 avgust holatiga köra, byudjetga jami 48,3 milliard söm mablağ undirildi. Bu esa belgilangan rejaning 112,8 foizga bajarilganini va hudud rivoji uçun qöşimça moliyaviy manbalar yaratilganini anglatadi.
Agar bu körsatkiçlarni ötgan yilning mos davri bilan taqqoslasak, ösiş dinamikasi yanada oydinlaşadi. Maʼlumot örnida taʼkidlaş joizki, 2025-yilning 7 oyi davomida davlat byudjetiga jami 37 milliard söm undirilgan edi. 2026-yilning 7 oyida esa bu körsatkiç 48,3 milliard sömga yetib, ötgan yilning şu davriga nisbatan tuşumlar hajmi 130,5 foizga oşdi.
Tuşumlarning tarkibiy qismiga eʼtibor qaratadigan bölsak, jismoniy şaxslardan undiriladigan soliq turlari böyiça ham ijobiy natijalar qayd etilayotganini köriş mumkin. Masalan, 2025 yilning 7 oyida jismoniy şaxslarning daromad soliği böyiça byudjetga 3,5 milliard söm tuşum qilingan. 2026-yilning dastlabki 7 oyida esa aholining daromad soliğidan tuşumlar hajmi 4,9 milliard sömni taşkil etib, ösiş surʼati 141,7 foizga yetdi. Bu körsatkiç fuqarolar bandligining taʼminlanayotgani va rasmiy daromadlarning oşib borayotganidan dalolat beradi.
Şuningdek, jismoniy şaxslarning yer soliği böyiça ham körsatkiçlar ijobiy tomonga özgardi. Ötgan 2025-yilning 7 oyida uşbu turdagi soliqdan 16,4 milliard söm mablağ undirilgan bölsa, 2026 yilning şu davrida bu raqam 19,2 milliard sömga yetdi va bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 116,5 foizni taşkil qildi. Bundan taşqari, mol-mulk soliği böyiça ham tuşumlar ortib bormoqda. 2025-yilning 7 oylik yakunlariga köra, jismoniy şaxslarning mol-mulk soliğidan 5,7 milliard söm tuşum taʼminlangan bölsa, joriy 2026-yilning ötgan 7 oyi davomida uşbu yönalişda 7 milliard söm tuşum taʼminlanib, bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 122,7 foizga bajarildi.
Xulosa qilib aytganda, soliq tuşumlarining bu kabi barqaror va surʼatli ösişi davlatning iqtisodiy qudratini mustahkamlaydi. Eng muhimi, byudjetga yönaltirilayotgan har bir mablağ hududlarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxşilaş, yangi ijtimoiy obʼektlarni quriş va pirovardida xalqimizning turmuş farovonligini yuksaltirişga xizmat qiladigan mustahkam poydevor xizmat qiladi.
Jahongir Rahimov, tuman Soliq inspektsiyasi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶