Birovning hayotida birovning burniga örin yöq
"Gap bolalaydi" degan iborani heç tuşunmas edim. Gap qanday qilib "bolalaşi" mumkin?! Axir u sigirmidiki, bolalasa! Endi bilsam bu bejizga aytilmagan ekan. Taajjubki: "Voy eşitdinglarmi-i?", "Ana şarmanda-a...", "Bir gap aytaman, heç kimga aytmaysiz faqat..." singari "sözboşi"lar sabab jamiyatimizda qanday xunuk işlar sodir böladi-ya! Ana şunday heç kimga "aytilmagan" bir gap el oğzida ellik oğiz bölib, baʼzan bitta oilani barbod qilişi, yoki birovning gulday nomini yomon otliq qilişi açinarli. Muammo ana şunda!
Bir tanişimning töyi töxtatildi. Odamlar hayron. Neça yilki sevişib, ahd-u paymon qilib, endi visolga yetaman deganda yoşlar "aynidi" qoldi. Töğriroği, yigit töxtatdi töyni. Aytişiça, kuyov tomon qizning mahallasidan kelin tomonni suriştirib körişsa, qöşnilari u oila yaxşi oila emasligini, qiz ham yaxşi qiz emasligini aytişibdi. Xullas, kim yaxşi-yu, kim yomon ekanligini "tarozi"ga tortib ötiradigan bekorçi xotinlar sabab bir muqaddas qörğon qurilmasdan oldin "quladi". Kuyov esa, endilikda boşqa mukammal oilaning, mukammal qizini axtarib yuribdi... Topsin! Biroq, hayotda öşa MUKAMMAL oila bormikan? Mukammal qiz-çi??? Axir, dunyodagi barça ijobiy va salbiy xislatlar yaratgan tomonidan barça mavjudotlarga teng taqsimlangan bölsa. Buni ustiga insoniyatning oçilmagan qirralari va kaşf etilmagan xususiyatlari bisyor bölsa. Menimça, yuz foiz kamçiliksiz va fariştasimon odam bu- ona qornidagi embrion. Sababi, şaxs yoruğ olamga kelişi bilan uni "pozitiv" va "negativ" munosabatlar qarşi oladi. Bunday munosabatlar qurşovida özlikning fariştasimon jihatlarini asrab qoliş amri mahol. Kim biladi, balki öşa kuyov yigit şu narsalarni hali anglab yetmagandir. Gap bunda emas. Hamma gap birovning şaxsiy hayotiga bilib-bilmay burun suqayotgan, birovning oilasini qoralab, gulday qizning boşidan "mağzava" ağdarayotgan ğiybatçilarda. Baʼzan şunday, oyoği bilan emas, tili bilan yuradigan ğiybatçilarga qarab: -Birovning hayoti bilan nima işing bor, özingni bilgin! Balki sen yomon otliq qilayotgan odam haqiqatan yomondir, balkim yaxşidir. Xöş, senga nima? Agar u yaxşi inson bölsa, qilgan tuhmating örinsiz bölsa sen gunohkorsan! Agar, u rostdan yomon odam bölsa, qilgan yomonliklarining, gunohlarining tovonini özi tölaydi-ku!.. degim keladi. Baʼzan esa bu gaplarni aytmay, jim ketgim keladi... Çunki hayot yölingdagi har bitta "hurgan it"ga töxtab, toş otaversang, u bilan hisoblaşaversang közlagan manzilingga yetolmay qolasan. Itlarning vazifasi maʼlum- huriş. Tabiatning bu turğun qonunini esa özgartirib bölmaydi.
-Agarda biror joydan uyga maşinada qaytsam, albatta "sariq" rangli taksiga minaman. Çunki boşqa rangdagi maşinadan mahallani boşida tuşib qolsam, qöşnilar malomat qiladi, -degan edi bir dugonam.
Ehh ayrim odamlar, boşqaning hayotini qöyib, qaçon özingiz uçun yaşaysiz... Ayni davrda biz paranji örab, vaqtni quyoşga qarab ölçaydigan zamonda emas, erkin va demokratik davlatda, har kim öz-özini taftiş qila oladigan jamiyatda yaşayapmiz. Bunday rivojlanayotgan, erkin muhitga qandaydir "dedi-dedi"lar va "Kelinlar qözğoloni"dagi kabi faqat "şipiyon"lar haqida gaplaşadigan ovsinjonlar yaraşmaydi. Şaxsiy hayot bu, öz nomi bilan şaxsiydir. Bu hayotda har bir insonning öz çegaralari mavjud. Öz qonuniyatlari mavjud. Muhimi öşa çegaradan çiqib ketmaslik. Şunday ekan, birovni muhokama qilişdan tiyiliş ham bir yaxşilik. Zero, har kim oğzidan çiqayotgan "söz yuki"ga masʼuliyatli bölsa, hammasi joy-joyiga tuşadi.
Aziza MADRAHIMOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶