Ilm-maʼrifat nurini taratayotgan maskan: 84-sonli maktab faoliyati haqida
Taʼlim – har qanday jamiyat taraqqiyotining, millat kelajagining mustahkam poydevoridir. Bugungi kunda yurtimizning qaysi bir göşasiga bormang, yoş avlodga sifatli bilim beriş, ularni barkamol insonlar etib tarbiyalaş yölida keng kölamli işlar amalga oşirilayotganiga guvoh bölasiz. Ana şunday ezgu maqsadlarning amaldagi yorqin ifodasini Amudaryo tumani misolida ham yaqqol köriş mumkin. Tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli 84-sonli umumtaʼlim maktabi garçi yaqinda, yaʼni 2019-yilning sentyabr oyida yangidan taşkil qilingan bölsa-da, qisqa vaqt içida katta yutuqlarga erişib, ilm-maʼrifat nurini taratuvçi yetakçi maskanlardan biriga aylanib ulgurdi. Ayni paytda mazkur bilim dargohida jami 17 ta sinf mavjud bölib, ularda 382 nafar öquvçi taʼlim-tarbiya olib kelmoqda.
Albatta, har qanday maktabning nufuzi va taʼlim sifati, eng avvalo, unda faoliyat yuritayotgan ustozlarning kasbiy mahorati bilan belgilanadi. Bu borada 84-sonli maktabning pedagogik jamoasi özining yuksak salohiyati, tinimsiz izlanişi va katta tajribasi bilan alohida eʼtiborga loyiqdir. Bilim maskanida öquvçilarga saboq berib kelayotgan jami 34 nafar pedagogdan iborat ahil jamoaning 3 nafari oliy toifali, 10 nafari 1-toifali, 11 nafari 2-toifali va yana 11 nafari mutaxassis toifasiga ega bölgan öqituvçilardir. Bu raqamlar zamirida ustozlarning maşaqqatli mehnati va taʼlim sifatini oşiriş yölidagi tinimsiz harakatlarining samarasi mujassamdir.
Maktabning tarbiya fani böyiça oliy toifali öqituvçisi Ömirbek Jumamuratov attestatsiya sinovlarida 94 ball töplab, muvaffaqiyatli iştirok etdi va 70 foizlik ustamaga ega böldi. Bundan taşqari, u “Eng yaxşi huquq fani öqituvçisi” tanlovida tumanda faxrli 2-örinni egallab, respublika bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi.
Boşlanğiç sinflarning oliy toifali öqituvçisi Ozoda Matniyozova ham attestatsiya jarayonlarida 88 ball bilan qatnaşib, 70 foizlik ustamaga sazovor böldi. Qolaversa, maktabning boşqa fan öqituvçilari ham attestatsiya sinovlarida faol va muvaffaqiyatli qatnaşib, yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda.
Bunday ijobiy körsatkiçlar zamirida taʼlim muassasasi rahbariyatining ham munosib hissasi borligini taʼkidlaş joiz. Maktab direktori Erkinboy Qurbanboyev taʼlim tizimidagi samarali mehnatlari uçun “Qoraqalpoğiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼloçisi” hamda “Öz kasbining fidoyisi” kökrak nişonlari bilan taqdirlangan. Öquv işlari böyiça direktor örinbosari Muzaffar Jumaniyozov esa Menejerlik sertifikatini qölga kiritişga muvaffaq bölgan. Taʼlim dargohining amaliyotçi psixologi Nigoraxon Saparovaning xizmatlari ham munosib eʼtirof etilib, “Özbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼloçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlangan.
Zamonaviy taʼlim tizimida pedagoglarning xalqaro va milliy darajadagi sertifikatlarga ega bölişi ularning kasbiy mahoratini belgilovçi asosiy mezonlardan biridir. Bu borada ham maktab jamoasi peşqadam muassasalar safidan örin olgan. Jumladan, rus tili öqituvçisi Odilbek Yakubjanov xalqaro TRKI sertifikati sohibi bölsa, matematika öqituvçisi Yunusbek Rahimov xalqaro SAT sertifikati egasidir. Şuningdek, matematika öqituvçisi Sanʼat Bobojonov milliy fan sertifikatiga ega. Boşlanğiç sinf öqituvçilaridan Ozoda Matniyozova, Sabohat Yusupova, Feruza Kenjayeva va Gulnoza Jumaboyevalar ham milliy fan sertifikatlarini qölga kiritganliklari ularning öz kasbiga bölgan masʼuliyatidan dalolat beradi. Ingliz tili öqituvçisi Mavluda Otaboyeva xalqaro TKT hamda milliy B2 darajasidagi sertifikatlariga ega bölib, öquvçilarga xorijiy tillarni jahon standartlari asosida örgatib kelmoqda.
Bunday bilimli pedagoglarning qölida taʼlim olayotgan öquvçilar ham yuqori natijalarni qölga kiritib, maktab şaʼnini yuksaklarga kötarmoqdalar. Xususan, 11-sinf öquvçisi Madina Rahimboyeva kimyo va biologiya fanlaridan, 10-sinf öquvçisi Sevinçoy Matniyozova ingliz tili fanidan, 10-sinf öquvçisi Feruza Qodirova esa ona tili va adabiyot fanidan milliy fan sertifikatlarini qölga kiritişga muvaffaq böldilar.
Bundan taşqari, öquvçilarning xalqaro olimpiadalardagi iştiroki va ğalabalari ham alohida eʼtiborga molik. 2-sinf öquvçisi Kamola Rustamova xalqaro IREN olimpiadasining respublika bosqiçida muvaffaqiyatli iştirok etib, faxrli 5-örinni egalladi. Şuningdek, nufuzli KENGURU olimpiadasida 3-sinf öquvçisi Sulaymon Pölatboyev, 2-sinf öquvçilari Kamola Rustamova, Odilbek Muratboyev, Marjona Şerifboyeva, Azamjon Tohirov, Zebuzar Jamoladdinova va Diyorbek Xolmuratovlar iştirok etib, faxrli örinlarni egallaşdi.
Maktabda öquvçilarning nafaqat intellektual, balki ijodiy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirişga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Yoş ijodkorlardan iborat “Turon” maktab teatri jamoasi hududda birinçi örinni egallab, tuman bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi va tumanda ham faxrli örinlarni egallab qaytdi. “Beş taşabbus” doirasida ötkazilgan sport musobaqalarida ham yoşlar özlarining mahoratlarini namoyiş etişmoqda. Şaxmat böyiça 7-sinf öquvçisi Umirbek Örazboyev tumanda 3-örinni egallagan bölsa, 4-sinf öquvçisi Sarvar Qadamboyev va 9-sinf öquvçisi Yunusbek Tursunboyev hudud bosqiçida 1-örinni egallab, tuman bosqiçiga yöllanma oldilar.
Sportning “Qöl jangi” turi böyiça erişilgan yutuqlar esa yanada quvonrli böldi. Maktabning 7-sinf öquvçisi Marjona Habibullayeva respublika bosqiçida faxrli 1-örinni egallab, keyingi bosqiç – Buxoro şahrida bölib ötadigan bellaşuvga yöllanmani qölga kiritdi. 11-sinf öquvçisi Durdona Ibodullayeva esa tumanda 1-örinni egallab, respublika bosqiçiga yöllanma oldi.
Xulosa örnida aytiş mumkinki, bugungi kunda 84-sonli umumtaʼlim maktabi çinakam maʼrifat öçoğiga aylangan. Yuqorida qayd etilgan barça yorqin natijalar, eng avvalo, maktab jamoasining fidokorona va halol mehnati, ustozlarning yuqori kasbiy mahorati hamda öquvçilarning bilimga, sportga va sanʼatga bölgan çeksiz intilişining yaqqol isbotidir. Bunday mustahkam poydevor va yuksak maqsadlar bor ekan, mazkur taʼlim maskanidan kelajakda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qöşadigan yetuk va barkamol avlod yetişib çiqişiga heç qanday şubha yöq.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶