Tor yop mahallasida hokim yordamçisi kömagi bilan yangi iş örinlari yaratilmoqda
Mamlakatimizning har bir göşasida, eng çekka hududlar va ovullarda ham iqtisodiyotni jadal rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş hamda turmuş farovonligini yuksaltiriş bugungi islohotlarning ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Uşbu ezgu maqsadlarni bevosita mahallabay tizimida hayotga tatbiq etişda hokim yordamçilari institutining örni beqiyosdir. Aynan ular xalq içiga kirib borib, odamlarning dardu taşvişlarini tinglamoqda, bandlik va tadbirkorlik masalalarida yaqin kömakçi bölib, yurtdoşlarimizning hayotdan rozi bölib yaşaşlari uçun mustahkam zamin yaratmoqda.
Amudaryo tumanidagi Tor yop mahallasida hokim yordamçisi sifatida faoliyat yuritayotgan Qahramon Murodovning faoliyati yuqoridagi fikrimizning yaqqol tasdiğidir. Uning taşabbusi bilan qisqa vaqt oraliğida mahallada ulkan özgarişlar böy körsatdi, qator oilalarning doimiy daromad manbai şakllandi.
Joriy yil boşidan beri 14 nafar fuqaro hokim yordamçisiga oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş istagini bildirib murojaat qilgan edi. Quvonarlisi şundaki, ularning barçasiga imtiyozli kreditlar ajratilişi taʼminlandi. Natijada, hududda çorvaçilik, parrandaçilik, tikuvçilik, şuningdek, xizmat körsatiş va işlab çiqariş yönalişlarida yangi faoliyat turlari boşlandi. Bundan taşqari, bandlik masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, mahalladagi işsiz fuqarolarning 11 nafari mavsumiy va doimiy iş örinlariga joylaştirildi.
Tomorqadan unumli foydalaniş oila daromadlarini oşiriş, qolaversa, bozorlarimizdagi tökin-soçinlik va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaşning eng samarali yölidir. Bugungi kunda Tor yop mahallasida yaşovçi Yunus Ismoilov, şuningdek, Sadulla Qodirov va uning rafiqasi Mehribon Qodirovalar kabi mirişkor yurtdoşlarimiz öz tomorqalaridan unumli foydalanib, elga ibrat bölib kelmoqdalar. Hokim yordamçisi bu jarayonda ularga zamonaviy agrotexnik tadbirlar böyiça zarur maslahat va tavsiyalarini berib, doimiy ravişda amaliy kömak körsatib kelmoqda.
Hududda xotin-qizlar bandligini taʼminlaş borasida ham salmoqli işlar qilinmoqda. Misol uçun, Muhabbat Taneşovaga hokim yordamçisining tavsiyasi va kömagi asosida 20 million söm miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. Uşbu mablağ hisobidan öz tikuvçilik tsexini oçgan tadbirkor ayol nafaqat öz oilasini tebratmoqda, balki şogirdi Kumuşoy Rajapovani ham iş bilan taʼminlab, uning doimiy daromad manbaiga ega bölişiga ham sababçi böldi.
Hokim yordamçisi yana bir mahalladoşi Dilorom Erimbetovaga ham bevosita amaliy yordam körsatib, hududda non va non mahsulotlari tayyorlaş faoliyatini yölga qöyişiga kömaklaşdi. Bu orqali Dilorom Erimbetova özi hamda yaqin qarindoşlarining bandligini taʼminlaşga erişdi va aholi dasturxoniga kundalik isteʼmol mahsulotlarini yetkazib bermoqda.
Mahalla yoşlarining taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş ham hokim yordamçisining eʼtiboridan çetda qolmagan. Jumladan, Sardor Butanov 312-sonli qaror asosida 100 million söm miqdorida kredit olib, zamonaviy avtomobillarni yuviş şoxobçasini barpo etdi. Salomat Jumaboyev esa avtomobillarga ehtiyot qismlar sotiş dökonini oçib, öz biznesini boşladi. Umuman olganda, 2026-yilning birinçi çoragida mahallada uçta yangi tadbirkorlik subʼekti – oziq-ovqat savdo şoxobçasi, xizmat körsatiş va umumiy ovqatlaniş maskanlari taşkil qilindi.
Alohida taʼkidlaş joizki, çekka ovul va mahallalarda bu kabi servis va savdo şoxobçalarining oçilişi ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatdan ulkan ahamiyatga ega. Bu aholining uzoğini yaqin qiladi, şahar markaziga borişga ketadigan vaqt va mablağni tejaydi hamda mahalla infratuzilmasini yangi bosqiçga olib çiqadi.
Maʼlumki, aholi bandligini taʼminlaş kambağallikni qisqartirişning eng asosiy omili hisoblanadi. Joriy 2026-yilda Tor yop mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan 78 ta oilaning turmuş şaroiti çuqur örganilib, ularni kambağallikdan çiqariş böyiça maxsus «Individual dastur» işlab çiqildi. Uşbu dastur doirasida işsiz fuqarolarni işga joylaştiriş, kasb-hunarga öqitiş, kredit va subsidiyalar beriş, dehqonçilik uçun yer maydonlari ajratiş, uy şaroitlarini yaxşilaş kabi kompleks çora-tadbirlar körilmoqda.
Hokim yordamçisining bevosita iştirokida işsizlarning 4 nafarini doimiy işga, 3 nafarini jamoat işlariga jalb etiş, şuningdek, norasmiy sektorda işlayotganlarni rasmiy röyxatdan ötkaziş tizimli reja qilib olingan edi. Hozirning özidayoq uşbu maqsadli işlar öz mevasini berib, kambağal oilalardan 3 kişi doimiy iş bilan taʼminlandi, 7 kişi esa özini özi band qilib, 4 nafar fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada uşbu oilalarning daromadi oşib, ular kambağallik reyestridan çiqarilmoqda. Yoşlar bandligi yönalişida esa kasb-hunar va tadbirkorlikka qiziquvçi jami 9 nafar fuqaroning 2 nafari tadbirkorlik sir-asrorlarini, 5 nafari esa muayyan kasb-hunarni örganiş maqsadida maxsus öquv kurslariga yönaltirildi.
Amudaryo tumanining Tor yop mahallasida hokim yordamçisi tomonidan olib borilayotgan bunday samarali işlar aholining hayot darajasini yuksaltirişga, hududda tadbirkorlik muhitini yaxşilaşga hamda har bir insonning jamiyatda öz örnini topişiga xizmat qilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶