20.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
20.11.2026, 23:16
Jamiyat 👁 1,743

«MUŞUGIM YÖQOLIB QOLDI, TOPIŞGA YoRDAM BERING!» yoxud Prezident qabulxonalari ermakmi?

«MUŞUGIM YÖQOLIB QOLDI, TOPIŞGA YoRDAM BERING!» yoxud Prezident qabulxonalari ermakmi?

HAYoT BARHAYoTLIK UÇUN KURAŞDIR

Ha, inson dunyoga kelib, es-huşini tanigandan söng el-yurt uçun manfaat yetkazişga, öz intilişlari bilan hayotda öz örnini topişga harakat qiladi. Odamzotning qilgan ezgu amallari, nainki, tirikligida, hattoki, vafotidan söng ham eʼtirof etilaveradi, qadrlanaveradi. Demakki, har birimiz bu dunyoda öz-özimizdan avlodlarimizga xotira qoldirib ketamiz. Uning qançalik  yorqin va eʼzozli bölişi umrimiz davomida qilgan saʼy-harakatlarimizga boğliq.

Xalqimga bir nafim tegmagan kunni

Umrim hisobiga qöşa olmayman, – deya yozgan edi  Masʼud Saʼd Salmon.

Ha, bizning zamondoşlarimiz orasida ham öz mehnat faoliyati bilan barhayotlikka tamal bölgulik ezgu işlarni amalga oşirayotgan, umummanfaati uçun fidoyilik qilayotganlar juda köpçilikni taşkil etadi. Uzoqqa bormay, tumanimizning ikki-uç yil oldingi holati bilan bugungi qiyofasini bir soliştirib körsangiz, yer bilan osmonça farqni – özgariş, yangilaniş, bunyodkorliklarni körasiz. Agar turmuş tarzimizni soliştirib baholaydigan bölsak, dorilomon zamonda yaşayotganimizga sidqidildan iqror bölasiz.

Şunday saodatli kunlarni bizga muyassar qilgani uçun Yaratganga hamdu sanolar aytib, şukr qilmoq, bardavom qilmoğini sörab iltijolar qilmoq har birimiz uçun ham farz, ham qarzdir. Çunki inson haqiqiy baxtni şukronalik bilan yaşaşda, el-yurtga astoydil xizmat qilişda topadi.

"PORTALGA YoZAMAN!.. PORTAL NIMA ÖZI?”

Heç qayerda işlamaydigan, bolalari nafaqasiga va ayolining ertadan keçgaça bozorda birovning kartoşkasini, birovning piyozini kötara olib, maydalab sotganidan qoladigan pulga oilasi tirikçiligi ötib turgan M. ismli şaxs xonadonining eşigini "Amudaryotumangaz” filiali nazoratçilari qoqişdi. Erinibgina televizor oldidan zörğa uzilib, ularning çaqiriğiga köra bir-bir odimlab, ohista kelayotgan barvasta erkak ularga yeb qöyguday öqrayib, zarda bilan:

– Ha, nima gap? – deb söradi.

– Xonadoningizdagi tabiiy gaz hisoblagiçini körmoqçi edik. Iltimos, daftarçangizni, hisoblagiçni köriş uçun biror stulmi, bersangiz, – deyişdi nazoratçilar.

– Nimasini körasizlar? – yana jerkidi xonadon sohibi.

– Bizdagi maʼlumotga köra ança qarzdorsiz. Hisob-kitob qilib köraylik. Qarzingizni uzing, iltimos, mana terminal, plastik kartadan ötkazsangiz ham böladi tölovingizni.

U sal böş kelsam, nazoratçilar qarzingni töla, deb qistalang qilişadi deb öyladi-da, asabiy qiyofaga kirdi.

– Heç qayerda işlamasam, iş topilmasa, plastik karta nima qilsin menda? Bir söm ham pulim yöq, heç qanday qarz ham tölay olmayman. Qani, közimdan qorangizni öçiring!

– Unday bölsa, xonadoningizni tarmoqdan ajratib qöyişga majbur bölamiz.

Nazoratçilar gapini tugatar-tugatmas xonadon sohibi ularning ustiga bostirib kela boşladi:

– Qani, qölingda bölsa, öçir gazingni, qani, öçirib kör! Bir yoşga tölmagan gödak bor uyning gazini tarmoqdan ajratib qöyişga kim huquq berdi sizlarga? Qarab turinglar, portalga yozib, rasvongizni çiqarmasam...

Prezident aholining dardini tinglang, yordam bering, deb turganida sizlar uçta yoş bolasi bor uyni tabiiy gaz tarmoğidan ajratib qöyaman, deb meni qörqitmoqçi bölyapsizlarmi? Körsatib qöyaman...

Nazoratçilar ketib bölişganidan keyin ham özini bosolmay, bunday "nohaqlik”ni hazm qilolmay, ançagaça ularning izidan mağzava ağdargan erkak daʼfatan esiga kelgan savolning yeçimini topolmay, ança öylandi, keyin beşinçi sinfda öqiydigan öğlidan söradi:

– Odamlar "portal, portal”, deydi, portalga yozaman, desang, çöçiydi, portal nima özi?

Öğil yelka qisdi. Otasi portalning nima ekanligini bilmaganda... öğilga yöl bölsin!

Bundan sakkiz oyça muqaddam bölib ötgan voqeani u ançagaça maqtanib aytib yurdi-yu, biroq portal nima ekanligini boşqalardan sörab, öz obrösini tökkisi kelmay, tilini tiydi.

Manğit şahri mahallalaridan birida devor-darmiyon qöşni yaşab kelayotgan tengdoş ikkala ayol va erkak yillar davomidagi özaro nizo-janjallarini oqilona hal etiş, hayot aççiq-çuçugini, zavqini birga totiş, bir-biriga suyançiq bölib yaşaş örniga bir-biriga «portalga yozaman», deya pöpisa qilişdi. Şunday ham qildi, ötkirroq biri. Göyoki, uning oilasini siğiştirmayotganini, bolalari köçaga çiqsa, qöşnisining bolalari urib, haqorat qilib xörlaşayotganini, qöşnisi mollarini ularning ötiradigan yozgi supasiga atay yaqin boğlab qöyganini, xullas, qattiq jabr körayotganini, natijada jonidan töyib ketganini, öz joniga qasd qilişga farzandlarini közi qiymayotganigaça...

Bu holatlarni kuzatgan kişining xayoliga beixtiyor hazrat mir Alişer Navoiy bobomizning:

Oğziga kelganni demak – nodonning işi,

Oldiga qöyganni yemak – hayvonning işi, – degan hikmatli sözlari keladi.

Bugungi kundalik hayotimizda köpçilik odamlarning özaro munosabatdagi arzimagan kelişmovçiliklarda ham bir-biriga "portalga yozaman”, deya pöpisa qilişlari xuddi köçada öynab yurgan bolalarning bir-biri bilan janjallaşib qolişganida "dadamga aytaman, onamga aytib beraman”, deya pöpisa qilişlariga öxşaydi, niyatlari biri-biridan ustun böliş, xolos.

ORTIMIZDA TOĞDAY SUYaNÇIQ

Mamlakatimiz Birinçi Prezidenti, mustaqil Özbekiston davlatining asosçisi I.Karimov vafotidan söng, Boş Vazir Ş.Mirziyoyev Prezidentlik vazifasini vaqtinça ado etib turgan vaqtlarida aholining eng dolzarb muammolarini hal etiş, davlat hokimiyati va boşqaruvi, xöjalik boşqaruvi organlari, barça darajadagi hokimiyatlar bilan fuqarolar örtasidagi hamkorlikni yaxşilaş maqsadida Boş Vazir Virtual qabulxonasini işga tuşirgan edi. Virtual qabulxonaga qisqa muddatda tadbirkorlik subʼektlarining rivojlanişiga xalaqit berayotgan tösiq va ğovlarni bartaraf etiş, qonunçilikka zid bölgan idoraviy qarorlarni bekor qiliş, soğliqni saqlaş, bank kreditlaridan erkin foydalaniş, uy-joy-kommunal va yöl-transport xizmatlari sifatini yaxşilaş masalalari, sud, huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlarining faoliyati yuzasidan köplab murojaat kelib tuşganligini inobatga olib, 2016-yilning 28-dekabrida Yurtboşimiz yana bir muhim hujjatga imzo çekdilar: "Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisida” Farmon qabul qilindi. Yuqorida qayd qilingan virtual qabulxona faoliyati davlat organlarining murojaatlar bilan boğliq işni taşkil etişda, ularni körib çiqiş tartibi va muddatlariga, rasmiyatçilik, byurokratizm va sansalorlik holatlariga doir qator kamçiliklar borligini körsatganligi bois, jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaşning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etiş maqsadida Farmonga muvofiq Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoni işlar boşqarmasining fuqarolar qabulxonasi negizida Prezident Xalq qabulxonasi, har bir viloyat, tuman, şaharda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari taşkil etildi. Ularning zimmasiga aholi bilan töğridan-töğri muloqotni taşkil etiş, jismoniy va yuridik şaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini tölaqonli himoya qilişga qaratilgan köplab masʼuliyatli vazifalar yuklandi.

Bugungi kunda har bir viloyat va tumanlardagi bunday Xalq qabulxonalari "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak”, degan tamoyilga amal qilgan holda faoliyat  yuritmoqda. Biroq bu davlatimiz rahbari xalq bilan töğridan-töğri muloqot qiliş imkonini yaratgan Xalq qabulxonalari, Prezident Virtual qabulxonasi bölar-bölmas gaplarni taşiyveradigan, har kimning özi hal etişi mumkin bölgan masalalar bilan ham eşigini qoqaveradigan maskan emas.

Şuni alohida taʼkidlaş joizki, davlat rahbari, davlat idoralari bilan töğridan-töğri muloqot qiluvçi Prezident Virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalari Özbekistondan boşqa heç bir mamlakatda yöq. Har bir murojaatning nazoratga olinişi esa yana ham ahamiyatlidir.

Odatda oldinlari biror korxona, idoraga işimiz tuşsa, eng avval taniş qidirardik, iltimosimizni tanişimiz orqali aytsak, işimiz osonroq va tezroq bitardi, ungayam kafolat yöq edi. Uzoqqa bormay, bir misol aytay: Manğit şahrining "Olmazor” mahallasida istiqomat qiluvçi H.S. "Agrobank” tuman filialiga isteʼmol krediti uçun 2014-2015-yillar mobaynida ikki  marta ariza (bir olam hujjatlar bilan) bergan. «Tezda hal qilamiz», degan vaʼdaga işongan fuqaro avval kunda, keyin haftada bankka qatnayverib, bezor bölganidan oxiri umidini uzib, xabarlaşmay ham qöygan. Buningdek misollarni hayotimizda har qadamda uçratişimiz mumkin edi.

Şukrki, muhtaram Yurtboşimiz bizga imkon eşiklarini keng oçdilar, dardimizga quloq tutib, taşvişimizni hal etişga kömaklaşadigan   Virtual qabulxona, Xalq qabulxonalari samarali faoliyat yuritmoqda.

2017-yilning 21-iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga bir millioninçi murojaat röyxatga olindi.

Ularning ayrimlariga amaliy yordamlar körsatilgan, ayrimlari quyi darajadagi  ijroçilar tomonidan körib çiqilmoqda. Xullas, heç biri eʼtibordan çetda qolmayapti. Fuqarolarimiz şu raqamning özidanoq Virtual qabulxona xodimlarining işi nihoyatda tiğiz va masʼuliyatli  ekanligini anglaşlari qiyin emas.

Demoqçimanki, portal "Muşugim yöqolib qoldi, topişga yordam bering”, "Mahalla oilamga moddiy yordam puli bermayapti” yoxud "Qöşnim meni hurmat qilmayapti” qabilida birovga tazyiq ötkazişga yo tahdid qiliş uçun xizmat qiluvçi vosita emasligini anglaşlari, hali aytganimday, heç bir mamlakatda yöq imkoniyatni bizga yaratib bergan muhtaram Yurtboşimiz ğamxörligining qadriga yetişlari, aql va farosat bilan öz turmuşlarini özlari oqilona töğri yölga solişlari lozimdir.

Azizlar! Bugun butun dunyo ahli havas va hayrat bilan qarayotgan Özbekiston deya atalmiş jannatmakon göşamizda ota-bobolarimiz asrlar davomida ahil, döst-birodar bölib yaşab kelişgan. Oyoğimiz ostidagi şu muqaddas tuproq ne bir talotöplarning, erk va ozodlik uçun olib borilgan kuraşlarning guvohidir.

Yaratganga beadad şukronalar bölsinki, bugun bu zaminda  hur va farovon yaşamoq baxti bizga nasib etdi. Hayot qiyinçiliklariga uçraganlarga beminnat mehr qölini çözib turuvçi, ezgulik yölidagi har qanday intilişlarni qöllab-quvvatlaydigan Yurtboşimiz bor, keksa-yu yoşni öz muhofazasiga olib, fuqarolarning tölaqonli turmuş keçirişini, mehnat qilişini, qonuniy manfaatlarini himoya qiluvçi davlatimiz bor.

Şular haqida öylaganimizda, yuqoridagi kabi bemaʼni iltimos va istaklar bilan Prezident Virtual qabulxonasiga  murojaat qilayotganlarga ğamxörlikka nonkörlik qilmang, degimiz keladi. Aksinça, ajdodlarimiz hoki yotgan yurtimizni yanada ravnaq toptirişga hissamizni qöşiş – har birimizning burçimiz ekanligini unutmaylik!

Oygul RAJABOVA.

(Foto - http://qalampir.uz)

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026