21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 12:11
Jamiyat 👁 215

“TURMUSh” PROFILAKTIK TADBIRI: MANZILLI YoRDAM VA AMALIY EʼTIBOR

“TURMUSh” PROFILAKTIK TADBIRI: MANZILLI YoRDAM VA AMALIY EʼTIBOR

Joriy yilning 18-fevral sanasidan 18-mart kuniga qadar respublika miqyosida oʻtkazilayotgan “Turmush” profilaktik tadbiri aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa, xotin-qizlar muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur tadbir doirasida Amudaryo tumanida ham tegishli hamkor tashkilotlar ishtirokida keng qamrovli manzilli ishlar amalga oshirilib, fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash, salomatligini muhofaza qilish va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, tuman hududidagi Navoiy, Oybek va Boʻston mahallalarida istiqomat qilayotgan ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayol-qizlar hamda yolgʻiz yashovchi fuqarolar holidan xabar olinib, ularning kundalik ehtiyojlari, salomatligi va yashash sharoiti atroflicha oʻrganildi. Bu kabi uchrashuv va suhbatlar orqali aholining muammolarini joyida aniqlash, ularga tezkor va amaliy yechim topish imkoniyati yanada kengaymoqda.

Tadbir davomida ijtimoiy koʻmakka muhtoj fuqarolarga bepul dori-darmonlar yetkazib berildi. Bu esa, ayniqsa, sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolari mavjud, biroq tibbiy xizmatdan toʻliq foydalanish imkoniyati cheklangan ayollar uchun muhim koʻmak boʻldi. Shu bilan birga, koʻchma ultratovush tashxisi uskunasi yordamida tibbiy koʻriklar tashkil etilgani aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi ishlar samarasini yanada oshirdi. Mutaxassislar tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida sogʻligʻida muammolar kuzatilgan fuqarolarga tegishli tavsiyalar berildi, zarur holatlarda esa ularni qoʻshimcha davolanish yoki chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikka yoʻnaltirish choralari koʻrildi.

Tadbir doirasida amalga oshirilgan ishlar faqat tibbiy yordam bilan cheklanib qolmadi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan yolgʻiz yashovchi ayollarga biriktirilgan yordamchi xodimlar faoliyati ham oʻrganildi. Xususan, mazkur xodimlar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati, ularning oʻz vazifalariga masʼuliyat bilan yondashayotgani, fuqarolar ehtiyojlariga qanchalik eʼtibor qaratayotgani amalda tekshirildi. Jarayonda yolgʻiz yashovchi ayollar bilan suhbatlar oʻtkazilib, ulardan koʻrsatilayotgan xizmatlardan rozi yoki norozi ekani soʻraldi. Bu esa ijtimoiy xizmatlar tizimidagi kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlash, xizmat sifatini oshirish va fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirishda muhim omil boʻlmoqda.

Shuningdek, yolgʻiz yashovchi ayollarning xavfsizligini taʼminlash masalasiga ham jiddiy eʼtibor qaratildi. Xususan, ularning xonadonlariga qoʻriqlash pultlari oʻrnatilib, turli xavf-xatarlarning oldini olishga qaratilgan amaliy choralar koʻrildi. Bu kabi yondashuv, avvalo, fuqarolarning tinch va xotirjam yashashini taʼminlash, ularni turli tazyiq va tahdidlardan asrash, zarurat tugʻilgan hollarda tezkor yordam chaqirish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda, profilaktik suhbatlar ham tashkil etilib, xotin-qizlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularga oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini tushuntirishga alohida ahamiyat berildi.

Mutaxassislar taʼkidlaganidek, “Turmush” profilaktik tadbiri ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini manzilli oʻrganish va amaliy yordam koʻrsatishda muhim oʻrin tutadi. Ayniqsa, ogʻir turmush sharoitida yashayotgan ayol-qizlar, yolgʻiz fuqarolar va eʼtiborga muhtoj oilalarga nisbatan bunday gʻamxoʻrlik jamiyatda mehr-oqibat, hamjihatlik va inson qadrini ulugʻlash kabi ezgu tamoyillarni yanada mustahkamlaydi.

Amudaryo tumanida oʻtkazilayotgan bu kabi manzilli ishlar aholi manfaatlarini himoya qilish, ayniqsa, xotin-qizlarning salomatligi, xavfsizligi va ijtimoiy farovonligini taʼminlash yoʻlida olib borilayotgan amaliy saʼy-harakatlarning yorqin ifodasidir. Eng muhimi, bunday tadbirlar orqali inson qadri, uning dardu tashvishi va ehtiyojlariga befarq boʻlmaslik tamoyili hayotda oʻzining amaliy ifodasini topmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026