Kunlardan bir kun... mahallada
Tarbiya
(Bölgan voqea)
Qiz bola biri-biriga begona insonlarning örtasida qon-qarindoşlik riştalari orqali özaro mehr-oqibat tuyğularini uyğotgani uçun uni qadimdan momolarimiz: “özga boğda unib-ösib, ota makonga ifor baxş etgan gulim”, deya mehr köşkida ardoqlaşgan.
Xolidaxonning Samarqandday donği olamni tutgan gözal şahardan Amudaryo degan, bepoyon Qizilqumning bir çetidagi yarim daşt, yarmi çaman yurtga kelin bölaman, degan öy-xayol yetti uxlab tuşiga ham kirmagan. Taqdir ekan-da, Nurbekjon bilan yulduzi-yulduziga töğri keldimi, köngil mayliga quloq tutgan ikki yoş institutni tugatiboq turmuş qurişdi. Hayotidan noliydigan joyi yöq, bir ayol hayotda erişişi mumkin bölgan orzulariga erişdi. Uç qiz, bir öğilni tarbiyalab, voyaga yetkazişdi. Qizlarining uçalasi ham ota-onasining kasbini tanlab, öqituvçi böldilar. Öğli – oliygoh talabasi.
Ötgan haftada Xolidaning uçinçi qizi Asalga sovçi keldi. Qayerdan deng. Jizzaxning Zomin tumanidan! Jizzaxdan Nurbek bilan Xolidaxonning uyini söroqlab sovçilar kelişsa, hammadan köp xafa bölgan Xolida böldi.
– Şundan-şunga uzatamanmi qizimni? – heç qabul qilaolmadi u.
– Özing-çi, özing ham bitta Nurbekni deb, hammamizni taşlab, Amudaryoni vatan qilmadingmi? – Uni uzib-uzib oldi opasi Xosiyat aya. – Norozi bölma, qiz bola otilgan toş, tuşgan joyida gullaydi, qizingning köngli öşa tomonda, zominlik bolada! Yaxşi odamlar ekan, hammalari öqimişli, ziyoli.
Töy tadorigi boşlanib ketdi. Hamma narsa badastr bölib, töyga bir hafta qolganida Asal özini ğalati tuta boşladi. Goh hovlining bir çetida xayolga çömib ötirib qolsa, goh xonasiga kirib, ğujanak bölib yotib oladi. Buni ota uydan ketar pallasidagi qiz bolaning ğamginligiga yöygan Xolida baribir köngli xijil bölib:
– Adolat, – dedi katta qiziga, – singling bilan bir gaplaşib kör, nimadandir xafaga öxşaydi.
Adolat Asal bilan uzoq suhbatlaşdi va onasiga uning bel sohasida sançiq borligi, sançiq paydo bölganida qiynalayotganini, özini issiq tutsa, bir-ikki kunda ötib ketişini aytib:
– Şamollagan bölsa kerak, qayğurmang, – dedi-yu uyiga jönab qoldi.
Qayğurmay bölarkanmi, erta-indin kelin böladigan qiz, tağin salkam 1000 çaqirim olis yurtga, begonalar orasiga-ya! Xolida qöyarda-qöymay Asalni şifokorga olib bordi.
– Ginekologga körsating, – dedi ularni qabul qilgan urolog-şifokor. – Buyraklari top-toza, muammo yöq.
– Ginekolog qabuliga yozilişdi. Endi navbati yetay deganida qöşni kelin Mehribon kelib qoldi. Şöx-şaddot, oldi-ortiga qaramay, baʼzan qöpol hazillar qilib, kimlarnidir ranjitib qöyadigan, ortidan ğiybat qilib, özi töqigan ğiybatlari çangalidan çiqaolmay, köpinça uyalib qoladigan Mehribon Xolidaxonga dabdurustdan:
– Ha, Xolida çeça, yoşlikning söngi, qarilikning boşi, deb yoşlardan qolişmay, debsiz-da, neça oylik böldi? – dedi xo-xolab kularkan.
Uning bu gapidan bir dam özini yöqotib qöygan Xolidaxon:
– Hay, Mehribon singlim-a, haziling ham bor bölsin, nevaralarim böyimga tenglaşganda-ya, qöy-a, endi bola tuğiş ham, tarbiyalaş ham sizlarga, – dedi atrofidagi yoş kelinlarga qarab, “töğrimi” deganday.
Şu payt ularning navbati yetib, şifokor qabuliga kirib ketişdi. Asalni obdon tekşiruvdan ötkazgan ginekolog-şifokor:
– Heç xavotir olmang opa, – dedi Xolidaxonning qöliga bir parça qoğoz tutqazarkan. – Hammasi joyida, qizingiz jinday şamollabdilar, mana bu dorini uç mahal içib yursa, uç kunda ötib ketadi.
– Turmuşga berayotgandik, – yaşirmadi Xolidaxon, – bir haftadan söng töy.
– Ha, şundaymi, ungaça dorini içib yursa, ötib ketadi, baxtli bölişsin, – tabrikladi şifokor.
Haqiqatdan ham ikki-uç kundayoq Asal heç narsa körmaganday, yana quvnoq, xotirjam bölib qoldi. Ammo...
Töydan bir kun avval dugonalari bilan şaharga ketgan Asal közlari qizargan, xunob bölib qaytdi. Emişki, Asal homiladormiş, aybini yaşiriş uçun uzoq yurtdan kuyov topganmiş, yana nima deng, kuyovga ikkinçi xotin bölarmiş!
Yo alhazar! Bu gapga Xolida qanday çidasin endi? Birdan ginekolog-şifokorning qabulida uçratgani, qöşni kelin Mehribonni esladi. Şaxd bilan uydan otilib çiqqan Xolida darvoza oldida mahallaning otinoyisi, köça boşçi Bibijon enaga töqnaş keldi. Salom-alikni ham unutib, onaxonning qölidan mahkam tutib oldi:
– Vaqtida keldingiz, enajon, yuring, Mehribonni bir körib kelamiz.
Xolidaxonning ovozidagi ğazab alomatini sezgan Bibijon ena ostonada taqqa töxtadi:
– Avval ayt, ne mojaro?
– Asal qizim homilador emiş, enajon, – ovozi qaltiradi Xolidaning.
– Bölmagan gapni gapirma, Asaloyni hammamiz bilamiz-ku!
– Yuring, Mehribon hammadan yaxşi bilarkan.
Bibijon ena qandaydir ğiybatning hidini sezib, Xolidaga ergaşdi.
Mehribon kelin heç narsa bölmaganday xo-xolagança ularni qarşi olarkan, gujum tagidagi sörida ötirgan qaynonasining oldiga boşladi. Hol-ahvol söraşgaç, “nima gap, yana qanday ğiybatga aralaşding?” deganday qaynonasi Mehribonga tikilib qaradi. Mehribon negadir talmovsirab qoldi va:
– Men çoy..., – degança oşxonaga yönaldi.
– Töxta! – Keskin buyurdi Bibijon ena. – Qani ayt, Asaloyga nima bölibdi?
Dabdurustdan berilgan bu söroq Mehribonni toğday bosdi göyo.
– Nega indamaysan, butun mahallaga çiqib gapirganda tiling burro edi, yuzma-yuz kelganda soqov bölib qoldingmi? – Xolidaxon azbaroyi jahli çiqqanidan terlab ketdi.
– Men... men... ginekologning oldiga kirişganlariga...
– Ginekologning oldiga hammayam boradi, şifokorga köringanning barçasi homilador ekan-da, seningça. Uyalmadingmi, yon qöşning, öz singlingday bokira qizning ustidan mağzava tökkani Xudodan qörqmadingmi? Bu gaplar ertaga qudalarning quloğiga yetsa, oqibati nima böladi, şuni öylamadingmi?
Bibijon enaning bu gaplaridan qattiq izza bölgan Mehribon ğöldirab qoldi.
– Hazillaşmoqçi, h-hazil...
– Nima?! – baland ovozda baqirib yubordi qaynonasi va xontaxtani muştlab-muştlab keliniga qattiq tanbeh berdi. – Sening şu suyaksiz tiling boşingga yetadi, qiliqlaring, kaltafahmligingdan yer bilan yakson böldim hozir. Köç-köroningni yiğiştir-da, ket! Ota-onangga borib ayt, men bir bokira qizning boşidan mağzava tökdim, qaynonam haydab yubordi, de!
Mahallaning uç onaxoni oldida boşini egib qolgan Mehribon bazör tilga kirdi.
– Meni keçiringlar...
U boşqa gapira olmadi, oğir qadamlar bilan yiğlagança uyiga kirib ketdi.
Asalning töyi juda çiroyli ötdi. Xolidaxonning taʼbiriça: “tuşgan joyida toşday qotdi”, har gal tölib-toşib Manğitga kelganida ota uyiga özga el – Zominning xuş havolarini olib kirganday böladi.
Mehribon esa... Şu voqeadan söng, kamgap, kamsuqum bölib qoldi. Uni öşa kuniyoq Bibijon ena bilan qaynonasi yaxşilab “tarbiyalab” qöygan edi.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶