30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:27
Jamiyat 👁 2,875

Oybek nomli mahallada “Mustaqillik toʻyi” festivali oʻtkazildi

Joriy yilda jonajon Oʻzbekistonimiz hayotida ulkan va tarixiy voqea, yaʼni mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi keng miqyosda, koʻtarinki ruh bilan nishonlanmoqda. Bu qutlugʻ sana munosabati bilan butun yurtimiz boʻylab keng miqyosli shodiyona tadbirlari uzluksiz davom etmoqda. Eng chekka va olis ovullardan tortib, to tuman va shahar markazlariga qadar, har bir goʻshada, har bir xonadonda ushbu ayyom koʻtarinki ruhda nishonlanmoqda. Erk va ozodlik, tinchlik va osoyishtalik neʼmatini qadrlagan xalqning eng ulugʻ, eng aziz bayrami har bir yurtdoshimiz qalbida gʻurur, iftixor va shukronalik tuygʻularini joʻsh urdirmoqda.

Istiqlol yillarida bosib oʻtilgan mashaqqatli va sharafli yoʻl, barcha sohalarda erishilgan ulkan yutuqlar bayram shodiyonalarida, odamlarning ertangi kunga boʻlgan mustahkam ishonchida oʻz ifodasini topmoqda. Butun mamlakat boʻylab oʻtkazilayotgan bunday tadbirlar xalqimizni yanada jipslashtirib, ularni yangidan-yangi marralar sari ruhlantirmoqda.

Ana shunday bayram tadbirlarining navbatdagi manzili Amudaryo tumanining Oybek nomli mahallasi boʻldi. Mahallada “Bir Vatan, bir xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak quramiz!” degan ezgu shior ostida katta shodiyona tashkil etildi. “Mustaqillik toʻyi” deb nomlangan mazkur festivalga mahallada yashovchi nuroniylar, mehnat faxriylari, yoshlar, xotin-qizlar va keng jamoatchilik vakillari, tumanning barcha ovul va mahallalaridan vakillar taklif etildi. Milliy anʼanalarimizga mos ravishda mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik ramzi sifatida markaziy maydondagi katta doshqozonlarda osh damlandi. Mahalla ahli va olis-yaqindan kelgan mehmonlar bir dasturxon atrofida jam boʻlib, oʻzaro mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamladilar.

Tadbir avvalida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan, oʻz ishining haqiqiy ustasi boʻlgan hunarmandlar va intiluvchan tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning koʻrgazmasi hamda yarmarkasi namoyish etildi.

Yarmarkada milliy hunarmandchilik namunalari, bejirim buyumlar, kundalik ehtiyoj mollari va turli xil mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlari tadbir ishtirokchilari eʼtiboriga havola qilindi. Bu holat, oʻz navbatida, hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik qay darajada jadal rivojlanib borayotganining amaliy ifodasi boʻldi. Shuningdek, festival doirasida kelajak egalari boʻlmish yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish, aholi oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini keng targʻib qilish maqsadida maxsus kitob yarmarkalari ham yuqori saviyada tashkil qilindi. Ushbu maʼrifiy koʻrgazmada turli badiiy, ilmiy va tarixiy adabiyotlar namoyish etilib, bayram qatnashchilarining maʼnaviy olamini yanada boyitishga ulkan xizmat qildi.

Bayram tadbirida tuman rahbariyati va faol jamoat tashkilotlari vakillari ham ishtirok etishdi. Xususan, tuman hokimining oʻrinbosari Jasur Yaxshimov, hokim maslahatchisi Madamin Kazakov hamda “Nuroniy” jamgʻarmasining tuman boʻlimi raisi Bekman Allaberganovlar tadbir mehmonlari bilan dildan suhbat qurdilar va ularni eng ulugʻ, eng aziz ayyom bilan samimiy qutladilar. Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametovning “Mustaqillik toʻyi” festivali ishtirokchilariga yoʻllagan bayram tabrigi yigʻilganlarga oʻqib eshittirildi. Mazkur tabrikda istiqlolning beqiyos qadri, tinchlikning bebaho ahamiyati va xalqimiz farovonligi yoʻlida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatiga keng turda toʻxtalib oʻtilgan.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar mustaqillik bizga taqdim etgan ulkan imkoniyatlar, erkin va ozod hayotning naqadar buyuk va tengsiz neʼmat ekanligini eʼtirof etdilar.

Shundan soʻng jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, mahalla obodligi, hudud osoyishtaligi va aholi farovonligi yoʻlida barchaga oʻrnak boʻlayotgan bir guruh fidoyi insonlarning halol mehnati munosib baholandi. Oybek nomli mahallaning eng faol va tashabbuskor fuqarolariga tuman hokimligi tomonidan maxsus esdalik sovgʻalari hamda statuetkalar tantanali ravishda topshirildi. Bunday yuksak eʼtibor va eʼtirof, shubhasiz, yurtdoshlarimizni yanada koʻproq va samaraliroq mehnat qilishga, Vatan taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshishga undaydi.

Bayram shodiyonasi elimiz suygan xushvoz sanʼatkorlarning chiqishlari, jozibali kuy va qoʻshiqlar bilan yanada qizgʻin, fayzli tus oldi. Sahnada Vatanni madh etuvchi, mustaqillik, tinchlik va millatlararo doʻstlikni tarannum qiluvchi taronalar yangradi. Oybek nomli mahalla ahlining chinakam hamjihatligi va ogʻizbirchiligini yorqin namoyish etgan ushbu tadbirdan barcha ishtirokchilar bir olam zavq va cheksiz quvonch olishdi.

Alohida eʼtirof etish joizki, mazkur bayram mahallaning koʻcha biylari, faollari, “Mahalla yettiligi” aʼzolari, koʻpni koʻrgan nuroniylar, shijoatli yoshlar hamda hududdagi barcha muassasa va tashkilotlarning bir yoqadan bosh chiqarib, yagona maqsad yoʻlida oʻzaro ahillikda mehnat qilayotganining amaliy belgisidir. Mahallalarda bunday mustahkam hamjihatlik va birdamlik bor ekan, yurtimiz kelajagi bundan-da nurafshon, xalqimiz hayoti esa yanada farovon boʻlishi shubhasiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026