“Oğir mahalla” dasturi doirasida 8 ta mahallada 24 milliard sömlik loyihalar amalga oşirilmoqda
Mamlakatimizda aholi turmuş farovonligini yuksaltiriş va hududlar infratuzilmasini tubdan yaxşilaş borasidagi islohotlar bugun yangi bosqiçga kötarildi. Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi hamda 21-fevraldagi qarorlari ijrosi doirasida Amudaryo tumanida ham keng kölamli bunyodkorlik işlari jadal olib borilmoqda. Uşbu saʼy-harakatlarning asosiy maqsadi — hududlarni yangiça yondaşuvlar asosida rivojlantiriş, barqaror iş örinlarini yaratiş va kambağallikni qisqartirişdan iborat. Bu borada şaroiti murakkab hududlarni qamrab oluvçi “Oğir mahalla” dasturi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur dastur asosida joriy yilda Amudaryo tumanidagi 8 ta mahalla tanlab olinib, ularning har biriga respublika byudjetidan 3 milliard sömdan, umumiy hisobda esa 24 milliard söm miqdorida mablağ ajratildi.
Mazkur mablağ birinçi navbatda aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etişga, yöl, suv va elektr taʼminotini yaxşilaşga yönaltiriladi. Jumladan, dastur doirasida hududlarda 6 kilometr uzunlikdagi yöllarga asfalt qoplamasi yotqiziş va 53,2 kilometr yangi elektr tarmoqlarini tortiş rejalaştirilgan. Şuningdek, elektr taʼminotidagi uzilişlarning oldini oliş maqsadida tarmoqni SIP kabel orqali yangilab, beton ustunlar bilan birga 19 ta zamonaviy transformator örnatiladi. Bundan taşqari, hududlarda 160 kilovatt quvvatga ega quyoş panellari montaj qilinadi. Dehqonçilik va tomorqa xöjaligini rivojlantiriş, suv taʼminotini yaxşilaş uçun 10 ta kuçli suv nasosi va 2 ta aholi punktida jami 6 ta artezian quduği barpo etiladi. Aholi tomorqalariga suv çiqariş maqsadida diametri 250 va 300 millimetr bölgan nasoslar örnatilib, 2 kilometr uzunlikdagi Jumur yop kanali taʼmirlanadi.
Infratuzilmani rivojlantiriş bilan bir qatorda, hududning ijtimoiy-iqtisodiy körsatkiçlarini östirişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Amalga oşiriladigan loyihalar natijasida tumanda 402 ta yangi iş örni yaratiladi va 419 nafar fuqaro özini özi band qiliş imkoniyatiga ega böladi. Natijada 536 nafar aholining doimiy daromad manbai yaratiladi. Işbilarmonlik muhitini qöllab-quvvatlaş orqali 144 ta yangi tadbirkorlik subʼekti taşkil etilib, mavjud 87 ta korxonaning faoliyati yanada kengaytiriladi. Uşbu iqtisodiy jonlaniş ortidan mahalliy byudjetga qöşimça 1 milliard 460 million söm tuşum tuşişi kutilmoqda. Savdo va xizmat körsatiş sohasini kengaytiriş maqsadida 98 ta savdo lotlari ham taşkil etiladi.
Tumanning Yuqori qişloq mahallasi misolida ham dastur ijrosining real samarasini köriş mumkin. Bu yerda umumiy hisobda 3 ta yirik loyiha hayotga tatbiq etilmoqda. Dastlabki loyiha doirasida 70 million söm evaziga 665 ta xonadonga tegişli 3,1 gektar tomorqa yerlarining oqar suv taʼminoti tubdan yaxşilanadi. Ikkinçi loyiha elektr energiyasi taʼminotini yaxşilaşga qaratilgan bölib, Navqiron avlod va Ğallakor köçalarida 420 million söm mablağ evaziga 250 kilovatt quvvatli transformator örnatiladi. Bunga qöşimça ravişda Manzara, Navqiron avlod, Posbonlar, Fermerlar va Milliy istiqlol köçalari böylab beton ustunlar örnatilib, 1 milliard sömlik elektr tarmoqlari tortiladi. Har ikki loyiha böyiça pudratçilar aniqlangan va buyurtmaçi sifatida "Hududiy elektr tarmoqlari" aktsiyadorlik jamiyati belgilangan. Uçinçi loyiha asosida esa mahallani tuman markazi va boşqa tutaş hududlar bilan boğlovçi yöllarga 1 milliard 510 million söm mablağ sarflanib, sifatli asfalt qoplamasi yotqiziladi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktyabrdagi “Alohida tuman (şahar) va mahallalarni aholining yaşaşi va tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi uçun namunali hududga aylantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan tumaning Qiliçboy ovulida “Yangi Özbekiston qiyofasidagi mahalla” loyihasi hayotga tatbiq etilmoqda. Şu maqsadida respublika byudjetidan 5 milliard söm mablağ yönaltirilgan. Mazkur dastur doirasida hudud infratuzilmasini butunlay özgartiruvçi qator manzilli loyihalar şakllantirildi.
Jumladan, aholining soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş uçun 200 million sömga 2 ta vorkaut maydonçasi hamda 400 million sömga 2 ta bolalar öyingohi barpo etiladi. Şuningdek, 1,5 milliard söm mablağ evaziga 2 kilometr uzunlikdagi piyodalar va velosiped yölaklari qurilişi belgilangan. Mahalla köçalarini obodonlaştiriş va yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş maqsadida 250 million sömga 50 ta tungi yoritiş çiroği, 50 million sömga “aqlli” svetofor örnatiladi. 950 million söm mablağ evaziga 3 kilometr uzunlikdagi yöllarda joriy taʼmirlaş işlari bajariladi. Bundan taşqari, elektr energiyasi taʼminotini yaxşilaş maqsadida 50 million söm mablağ evaziga 3 kilometr uzunlikda masofaga SIP kabeli tortilib, 100 million sömga 1 ta 250 kilovatt quvvatga ega zamonaviy transformator örnatiladi. Hududda tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun 1,5 milliard sömga kiçik bozorça taşkil etiş ham közda tutilgan.
“Oğir mahalla” dasturi va “Yangi Özbekiston qiyofasidagi mahalla” loyihasi doirasidagi bu kabi tizimli işlar hududlar qiyofasini tubdan özgartirib, aholining turmuş darajasini yuksaltirişga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶