OROL – MENING TAQDIRIMDA
Orol dengizi…. Insonlar xatosi tufayli qurib borayotgan dengiz. Qirğoqlarni soğingan suv mavjlari, qayiqlarni soğingan baliqçilar, qançadan-qança qirilib ketgan jonivorlar, öz uylarini majburan taşlab ketgan insonlarni öylasam, qalbim zirqiraydi. “Qani oldingi Orolim!” deya hayqirgim keladi. Birgina öylamay qilgan inson xatosi şunça qimmatmi?
Dengiz çöl mintaqasida joylaşganidan uning yuzasidan har yili 1 metr qalinlikdagi suv buğlangan. Ötgan asrning boşlaridan suv sathi pasaya boşlangan. Suğoriladigan dehqonçilikning rivojlanişi natijasida Amudaryo va Sirdaryoning deltasiga quyiladigan suv miqdori kamaygan. Suvning sifati yomonlaşib, içiş uçun yaroqsiz ahvolga kelgan.
Biz yaxşi bilamizki, har bir jonzotning tirikligi suv bilan. Orol dengizi qurişi natijasida tuz, çang havoga kötarilib, odamlar orasida turli kasalliklar köpaydi. Ayniqsa, ayollar va bolalar orasida onkologik kasalliklar uçramoqda. Dengiz tubidan kötarilgan çang, tuz tözoni, atmosfera ifloslanişi kundan kunga ortib bormoqda. Bugungi kunda aholi ifloslangan oçiq suv havzalaridan foydalanadi. Dengizga yaqin joyda yaşovçi aholining köp qismi öz turar-joyini taşlab köçib ketmoqda.
Orol dengizini saqlab qoliş mumkinmi? Ilmiy maʼlumotlarga qaraganda, Orol tarixda köp marta öz şaklini özgartirgan va qurib qolgan. Hozirgi vaqtda Orol muammosi Örta Osiyo va butun dunyoning umumiy muammosiga aylanib ulgurdi. Dengiz hozirda “ölik dengiz” deb hisoblanmoqda. Tirik organizm dengizda deyarli yöq. Orol dengizining qurişi iqlimga ham taʼsir körsatmoqda.
Men umid qilamanki, birgalikda harakat qilsak, albatta, uni qutqarib qolamiz.
Javlonbek Örozaliyev, 36-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶