"MENING BIRINÇI KUTUBXONAM" LOYIHASI BOLALARNI ERTA YoŞDAN KITOBXONLIKKA QIZIQTIRIŞGA XIZMAT QILADI
Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi taşabbusi bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumanidagi 40-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida “Bolangiz bilan kitob öqing” aktsiyasi doirasida “Mening birinçi kutubxonam” loyihasi amalga oşirildi.
Şu munosabat bilan taşkil qilingan tadbirda Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi raisi örinbosari Firuza Muhamedjanova iştirok etib, bunday loyihalarning yoş avlod tarbiyasidagi ahamiyati xususida alohida töxtalib ötdi. U kitob öqiş bolaning fikrlaş qobiliyatini östiriş, nutqini rivojlantiriş va maʼnaviy olamini boyitişda muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi. Tadbir doirasida bolalarga möljallangan eng sara adabiyotlardan iborat kitob javoni muassasaga sovğa qilindi.
Tadqiqotlarga köra, har kuni 15 daqiqa davomida kitob öqiş bolaning til rivoji, miyaning iş qobiliyati va maktabga tayyorgarlikda sezilarli natija beradi. Şu bois dunyoda eng köp kitob öqiydigan xalqlar yaşovçi davlatlarda yoş avlodni kitobga qiziqtirişning dastlabki davri, yaʼni kitob bilan taniştiriş davri bola tuğilganidan boşlab 3 yoşgaça etib belgilangan. Özbekistonda esa bolalarni kitobga qiziqtiriş davri 3 yoşdan boşlanadi.
Loyihaning asosiy maqsadlari milliy kontentni rivojlantirişda bolalar kitobxonligini qöllab-quvvatlaşga ustuvor ahamiyat qaratiş, bolalarning murğak yoşidan boşlab ota-onalari bilan birgalikda kitob öqişini aholi örtasida ommalaştiriş, bolalar uçun möljallangan adabiyotlarni çop etayotgan naşriyotlarni moddiy va maʼnaviy rağbatlantiriş hamda oilaviy mutolaa anʼanasini tiklaş va rivojlantirişdir. Kitobxon yoşlar safini kengaytiriş orqali esa bolalarning dunyoqaraşi, maʼnaviyati va intellektual salohiyatini oşirişga hissa qöşiş közda tutilgan.
Tadbir doirasida ota-onalar hamda tarbiyaçilar uçun “Mahorat darslari” ötkazilib, bolalar uçun kitob tanlaş hamda ularni öqib berişda nimalarga eʼtibor qaratiş kerakligiga oid maslahatlar berildi. Muassasa tarbiyalanuvçilari va ularning ota-onalari uçun bir qator madaniy-maʼrifiy dasturlar taşkil etildi. Bolalar uçun ertak öqib beriş maşğulotlari va kitoblar körgazmasi şular jumlasidandir. Bolalar özlarining eng sevimli kitoblari haqida hikoyalar sözlab, kitob mutolaasining foydasi haqida ota-onalari bilan fikr almaşiş imkoniyatiga ega böldilar.
Loyihadan bolalarni, ularning ota-onalarni mamlakatimizda çop etilayotgan adabiyotlar bilan yaqindan taniştiriş, maktabgaça taʼlim taşkilotlarida özbek va jahon adabiyotiga mansub bolalar uçun möljallangan kitob javonlarini taşkil qiliş hamda bu taşabbusni umummilliy harakatga aylantiriş, bolalar adabiyoti tarğibotiga kömaklaşiş va eng muhimi, har bir xonadonda oilaviy kutubxonalarni taşkil etiş kabi uluğvor maqsadlar közlangan.
Mazkur loyiha boşqa tumanlarda ham davom ettirilişi rejalaştirilgan bölib, bu öz navbatida yoş avlod tarbiyasida kitobning örnini yanada mustahkamlaşiga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶