Madaniyat uyida “Injiqning muhabbati” asari asosida sahnalaştirilgan spektakl namoyiş etildi
Sanʼat va madaniyat insonni maʼnaviy jihatdan boyitadi, ezgulik sari yetaklaydi. Bunda, ayniqsa, teatr sanʼatining örni beqiyosdir. Tarbiya va maʼnaviyat öçoği bölgan teatr har bir insonga, ayniqsa, bolalar tarbiyasida hayotiy saboqlar beruvçi jonli vosita hisoblanadi.
Teatrdan madaniy hordiq çiqariş uçungina emas, undagi namoyiş etiladigan spektakllarni tomoşa qilib, inson jamiyatdagi voqeliklarni, keçinmalarni teran anglaşi mumkin.
Darvoqe, teatr – xalq maʼnaviyatini yuksaltiriş, yoşlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Şu bilan birga, ösib kelayotgan yoş avlodni maʼnaviy tarbiyalaşda teatrning örni katta hisoblanadi.
Bugungi kunda yoşlarimizning teatr sanʼatiga bölgan eʼtibori va qiziqişlarini oşiriş maqsadida bir qança işlar amalga oşirilmoqda. Ertamiz egalari bölgan yoşlar teatr tomoşalari orqali dunyoqaraşini, tasavvur olamini boyitadi. Çunki, ular teatrda spektakl qahramonlarini sahnada jonli tomoşo qiliş orqali özlariga maʼnaviy ozuqa olişadi. Sahnalştirilgan asarlarning asosiy maqsadi ham tomoşabinlarning, ayniqsa kelajak avlodning maʼnaviyatini boyitişdir.
Yaqinda Qoraqalpoğiston Respublikasi Prokuraturasi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi hamkorligida Amudaryo tumani madaniyat saroyida madaniy-maʼrifiy tadbir ötkazildi.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri ijodkorlari iştirokida ötkazilgan tadbirda Kengesbay Rahmanov qalamiga mansub komediya yönalişidagi “Injiqning muhabbati” asari asosida sahnalaştirilgan spektakl namoyiş etildi.
Spektakl Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimlari va rejissyorlar tomonidan juda mohirona sahnalaştirilgan. “Injiqning muhabbati” komediyasida taşqi muhitdan uzilib qolgan şaxs obrazi orqali şu davr muhiti yorqin ifodalangan. Bu obraz qişloqda yaşovçi yoşlarning injiq, uyatçan bölib ulğayişi oqibatda öz taqdirini şaxsan özi hal qila olmaydigan şaxslar bölib voyaga yetişi yumor usulida tasvirlab beriladi. Qişloqda ösib ulğaygan qahramonning monologi berilgan sahnada uning xarakteri tölaqonli oçiladi. Uning psixologiyasida vujudga kelgan orzu-istaklar va vijdon örtasidagi qarama-qarşiliklar içki konfliktni yuzaga keltiradi. Uşbu qarama-qarşilik qurşovida qolgan qahramon ikki inson orasidagi axloqiy munosabatlarga umuminsoniy axloqiy meʼyorlar asosida fikr yuritadi.
Spektakl tomoşabinlar tomonidan juda iliq kutib olindi hamda unda rol ijro etgan aktyorlar ijrosi ham barçaga birdek manzur böldi. Tomoşabinlar asar mazmunidan kelib çiqib özlariga tegişli xulosa çiqarib, maʼnaviy ozuqa oldilar, desak adaşmaymiz.
Aktyortlar jamoasi tomonidan mahorat bilan ijro etilgan spektakl insonni öylaşga, muşohada yuritişga undaydigan çuqur mazmunga egaligi bilan tomoşabinlar, ayniqsa kelajak egalari bölmiş yoşlarning maʼnaviyatiga ijobiy taʼsirini ötkazdi. Ezgulik, döstlik kabi insoniy fazilatlar uluğlangan bunday spektakllar tomoşabinlarni yaxşilikka undaşi şubhasiz.
Spektakl madaniyat saroyiga taşrif buyurgan yoşlar hamda ularning ota-onalarida katta taassurotlar qoldirib, quvonç va maʼnaviy ozuqa ulaşdi.
Sevara ISMOILOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶