EKOLOGIK MADANIYaT – FAROVON HAYoT GAROVI: JAYHUN OVULIDA TARĞIBOT TADBIRI ÖTKAZILDI
Bugungi kunda global iqlim özgarişlari, tabiiy resurslarning qisqarib borişi va atrof-muhitga inson omili taʼsirining ortişi şaroitida aholining ekologik madaniyatini yuksaltiriş dolzarb vazifaga aylanmoqda. Ona tabiatni asrab-avaylaş, tabiiy boyliklardan oqilona foydalaniş har bir fuqaroning nafaqat burçi, balki kelajak avlod oldidagi masʼuliyatidir. Ana şu ezgu maqsad yölida Amudaryo tumanida qator amaliy işlar olib borilmoqda.
Xususan, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti tomonidan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi granti asosida amalga oşirilayotgan “Ekologik madaniyat – soğlom kelajak asosi” loyihasi doirasida aholi örtasida tizimli tarğibot-tadbirlari ötkazib kelinmoqda.
Loyiha iş rejasiga muvofiq, navbatdagi tarğibot tadbiri joriy yilning 16-yanvar kuni Amudaryo tumanining Jayhun ovul fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida taşkil etildi. Unda hudud faollari, nuroniylar, yoşlar va keng jamoatçilik vakillari faol iştirok etdilar. Tadbir Qipçoq davlat örmon xöjaligi bilan hamkorlikda ötkazilgani uning amaliy ahamiyatini yanada oşirdi.
Uçraşuvdan közlangan asosiy maqsad — aholi orasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilişga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng tuşuntiriş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş könikmalarini şakllantiriş hamda hududimizning bebaho boyligi bölgan örmon va töqayzorlarni asraş masalalariga jamoatçilik eʼtiborini kuçaytirişdan iborat böldi. Ayniqsa, daraxtlarni noqonuniy kesiş holatlarining oldini oliş, yaşil hududlarni saqlab qoliş masalalariga alohida töxtalib ötildi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan iştirokçilarga tabiiy resurslarni asraşning ahamiyati hayotiy misollar asosida tuşuntirib berildi. Taʼkidlanganidek, daraxtlarning kesilişi nafaqat kislorod manbaining kamayişiga, balki tuproq eroziyasi, çang böronlari, iqlim özgarişi kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. Bu esa, öz navbatida, inson salomatligi va qişloq xöjaligiga ham jiddiy taʼsir körsatadi.
Şuningdek, uçraşuvda energiya tejamkorligi masalasi ham kun tartibidagi muhim mavzulardan biri sifatida muhokama qilindi. Mutaxassislar elektr energiyasini işlab çiqarişda katta hajmda tabiiy resurslar — kömir, gaz va suv sarflanişini taʼkidlab, har bir xonadonda elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalaniş tabiatni asraşga qöşilgan amaliy hissa ekanini tuşuntirdilar. Aholiga maişiy şaroitda zamonaviy energiya tejovçi texnologiyalardan, xususan, LED yoritiş vositalaridan foydalanişning iqtisodiy va ekologik afzalliklari haqida batafsil maʼlumot berildi hamda amaliy taşabbus sifatida uçraşuv iştirokçilariga zamonaviy energotejamkor LED lampoçkalar bepul tarqatildi. Bu esa aholini energiya tejaşga rağbatlantiriş bilan birga, tadbirning amaliy ahamiyatini yanada oşirdi.
Taʼkidlaş joizki, bunday tadbirlar aholining ekologik ongini yuksaltiriş, “Tabiat — umumiy uyimiz” degan ğoyani keng jamoatçilik ongiga singdirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, soğlom atrof-muhit — farovon hayot asosi, ekologik madaniyat esa barqaror kelajak garovidir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶