Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan bayram dasturxoni yozildi
Har bir millatning ruhi, uning asriy qadriyatlari va tarixi, eng avvalo, madaniyati hamda sanʼatida öz aksini topadi. Inson maʼnaviyatini yuksaltiriş, yoş avlod qalbida gözallikka bölgan mehrni uyğotişda madaniyat öçoqlarining örni beqiyosdir. Davr bilan hamnafas tarzda madaniyat va sanʼatni yanada rivojlantiriş maqsadida Amudaryo tumani madaniyat bölimi tomonidan ham keng kölamli, tahsinga sazovor işlar amalga oşirib kelinmoqda.
15-aprel – Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan ana şunday öz kasbining fidoyilari uçun Amudaryo tumani hokimligi taşabbusi bilan bayram dasturxoni yozildi. Tadbirda hokim örinbosari Nodirbek Kamolov iştirok etib, tuman hokimi Sobir Xöjametovning soha xodimlariga bayram tabrigini öqib eşittirdi va esdalik sovğalarini topşirdi.
Aytiş kerakki, Amudaryo tuman madaniyat bölimi tasarrufida bugungi kunda jami 7 ta madaniyat markazi aholiga madaniy xizmat körsatib kelmoqda. Bu maskanlarning bittasi tuman madaniyat markazi maqomiga ega bölsa, qolgan oltitasi hududiy madaniyat markazlari sifatida faoliyat yuritadi. Mazkur madaniyat dargohlarida jami 96 nafar işçi-xodim mehnat qilmoqda. Xodimlarning 19 nafari oliy, 14 nafari esa tugallanmagan oliy maʼlumotga ega.
Bölim tasarrufidagi 34-sonli tuman madaniyat markazi 250-örindiqli muhtaşam kontsert zaliga ega bölib, u yerda madaniyat va sanʼat yönalişidagi ikkita tögarak muntazam faoliyat yuritadi. Bundan taşqari, uşbu markazda uçta maşhur xalq jamoasi – aşula va raqs yönalişidagi “Uçqun” xalq ansambli, qadimiy anʼanalarimizni tarannum etuvçi “Ofarin” folklor-etnografik xalq ansambli hamda “Jayxun möʼjizasi” anʼanaviy sahna tsirk xalq havaskorlik jamoasi aholiga yuqori saviyada madaniy xizmat körsatib kelmoqda.
Hududiy markazlarda ham jonli ijodiy muhit hukmron. Jumladan, Bobur ovuli hududida joylaşgan 38-sonli, Böz-yop ovulidagi 39-sonli, Uyşin mahallasidagi 35-sonli, Çoyköl ovulidagi 36-sonli, Qangli ovulida joylaşgan 37-sonli va Qiliçboy ovulidagi 40-sonli madaniyat markazlarda jami 19 ta tögaraklar faoliyat olib bormoqda.
Öz kasbining fidoyilari bölmiş madaniyat va sanʼat xodimlari tumanda umumxalq bayramlari, muhim sanalar va kasb bayramlari munosabati bilan taşkil qilinadigan tantanalar, ijodiy uçraşuvlar, madaniy keçalar va kontsert dasturlarini yuqori saviyada taşkil qiliş orqali aholiga sifatli madaniy xizmat körsatib kelmoqdalar. Ularning bu mehnatlari davlatimiz va hukumatimiz tomonidan ham munosib rağbatlantirib kelinmoqda. Soha xodimlari va faxriylar orasida Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni, “Madaniyat va sanʼat fidokori”, “Vatan fidoyisi”, “Umid uçquni” kabi kökrak nişonilari sohib va sohibalari bor.
Madaniyat va sanʼat sohasi rivoji yölida xizmat qilayotgan bu insonlarning fidokorona mehnati tuman aholisining maʼnaviy olamini boyitişda, kelajak avlodga gözal qadriyatlarimizni bezavol yetkazişda mustahkam poydevor bölib xizmat qilmoqda va kelgusidagi yuksak muvaffaqiyatlar uçun muhim zamin yaratmoqda.
15-aprel – Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan taşkil qilingan bayram tadbiri ularning mehnatlarini munosib eʼtirof etiş yölidagi navbatdagi qadam böldi. Fursatdan foydalanib, biz ham qadrli madaniyat va sanʼat xodimlariga mustahkam soğliq, baxt-saodat, yangi ijodiy yutuqlar tilab qolamiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶