24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 19:26
Jamiyat 👁 429

Maʼmuriy sud ishlarini yuritishdagi muddatlar

Maʼmuriy sud ishlarini yuritishdagi muddatlar

Fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklash bevosita maʼmuriy sudlarga taalluqlidir.

Maʼmuriy sudlarda nizoli munosabatda javobgar davlat boshqaruv organlari, maʼmuriy huquqiy faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari boʻlib hisoblanadi.

Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining 188-moddasiga koʻra, manfaatdor shaxs maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining qarorlarini haqiqiy emas, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisida ariza (shikoyat) bilan, agar bu qaror, harakatlar (harakatsizlik) tufayli, uning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzgan, uning huquqlari, erkinliklarini amalga oshirishga va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarishga toʻsiqlar vujudga keltirgan, uning zimmasiga qonunga xilof ravishda biror-bir majburiyat yuklagan, uning u yoki bu sohadagi faoliyatni amalga oshirishi uchun boshqa toʻsiqlar vujudga keltirgan deb hisoblasa, sudga murojaat qilishga haqli.

Hozirgi kunda maʼmuriy sudlarga murojaat qiluvchilarning aksariyatining tushunmovchiligiga sabab boʻlayotgan maʼmuriy organlar bilan bogʻliq muammolardan biri – bu muddatni qoʻllab ariza (shikoyat)ning rad qilinishidir.

Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining 186-moddasiga koʻra, agar ushbu Kodeksda yoki oʻzga qonunlarda boshqa muddatlar belgilanmagan boʻlsa, maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan ariza (shikoyat) manfaatdor shaxsga oʻzining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran uch oy ichida sudga berilishi mumkin, davlat ijrochisining qarorini haqiqiy emas, harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ariza (shikoyat) manfaatdor shaxsga oʻzining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida sudga berilishi mumkin, ariza (shikoyat) berishning uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin.

Arizachi tomonidan mazkur qonunda belgilangan uch oylik muddatning oʻtkazib yuborilishi uning taqdim etgan arizasi (shikoyati)ning qanoatlantirishdan rad qilinishiga sabab boʻladi.

Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksdan farqli ravishda Fuqarolik kodeksining 150-moddasida daʼvo muddati uch yil deb belgilangan.

Ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar yuzasidan Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksning 186-moddasida belgilangan muddatlar manfaatdor shaxsga oʻz huquqlarining buzilganligi maʼlum boʻlgan paytdan boshlab oʻtkazib yuborilgan boʻlib hisoblanadi.

Sud manfaatdor shaxsning arizasiga asosan oʻtkazib yuborilgan muddatni uzrli deb topishi mumkin. Lekin muddatning uzrli sabablar bilan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etish majburiyati manfaatdor shaxsning zimmasida qoladi.

Manfaatdor shaxs oʻzining buzilgan huquqlarini tiklash, oʻzining huquq va qonuniy manfaatlarining buzilishiga sababchi boʻlgan maʼmuriy organlar yoki  oʻzini oʻzi boshqaruv organlari qarorlarini haqiqiy emas deb topishga, maʼmuriy organlar yoki oʻzini oʻzi boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda maʼmuriy sudga murojaat qilishi nizoning ijobiy hal qilinishiga sabab boʻlishi mumkin.   

Raxima Xudayberganova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi sudyasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026