Böz yop ovul fuqarolar yiğinining maʼmuriy binosida huquqiy-maʼrifiy tadbir va sayyor qabul ötkazildi
Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida eʼtirof etiş, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qiliş hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Amudaryo tumanidagi Böz yop ovul fuqarolar yiğinining maʼmuriy binosida ötkazilgan huquqiy-maʼrifiy tadbir va sayyor qabul ham aynan mana şu maqsadlarga qaratildi.
Tadbirda jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi Jasurbek Baltabayev, fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi Adilbek Seytnazarov, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi xalq qabulxonasi yetakçi mutaxassisi Sanʼat Avezov, şuningdek, Amudaryo tumani “Madad” nodavlat notijorat taşkiloti yuristi Davron Pirmanovlar iştirok etdi.
Uçraşuvning kiriş qismida fuqarolar yiğini raisi Rustam Turayev sözga çiqib, yurtimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, aholi farovonligini taʼminlaş yölidagi saʼy-harakatlar hamda bugungi kunda davlat idoralarining xalq içiga kirib borayotgani haqida öz fikr-mulohazalarini bildirib ötdi.
Şundan söng, jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi Jasurbek Baltabayev sözga çiqib, yiğilganlarga “Odam öldiriş bilan boğliq jinoyatlarga jazo tayinlaş asoslari” mavzusida huquqiy tuşuntirişlar berdi.
Qayd etilganidek, Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, yaşaş huquqi har bir insonning eng oliy va uzviy huquqi hisoblanadi. Bu bebaho neʼmatga tajovuz qiliş esa jamiyat va davlat oldidagi eng oğir, keçirib bölmas jinoyatdir. Qonunçiligimizda javobgarlikni oğirlaştiruvçi holatlarda qasddan odam öldiriş uçun eng oğir jazo çorasi – umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilganligi tufayli, uşbu toifadagi jinoyat işlarini körib çiqişda sudlar tomonidan jinoyat qonunlarining töğri va adolatli qöllanilişini taʼminlaş benihoya katta ahamiyatga ega.
Sudya taʼkidlaganidek, sudlar qasddan odam öldirişga oid işlarni körayotganda har bir holatni sinçkovlik bilan, har tomonlama, töla va xolisona tekşirişi qonunning qatʼiy talabi hisoblanadi. Har bir iş böyiça jinoyatning mohiyati, aybning şakli, qotillikning tub sabablari, ğarazli maqsad va sodir etiş usullari aniqlanişi şart. Qilmişga töğri huquqiy baho beriş va aybdorga nisbatan adolatli jazo tayinlaş uçun ahamiyatga molik bölgan boşqa barça holatlar eʼtiborga olinişi kerakligi fuqarolarga sodda tilda tuşuntirildi.
Bundan taşqari, qasddan odam öldiriş jinoyatini jabrlanuvçining ölimiga sabab bölgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş jinoyatidan farqlaş lozimligiga alohida eʼtibor qaratildi. Buning uçun aybdorning asl qasdi nimaga qaratilganligi va uning harakatlari oqibatiga, yaʼni ölimga nisbatan subʼektiv munosabati inobatga olinadi. Qasddan odam öldirişda aybdor şaxsni bevosita hayotdan mahrum qilişni közlaydi. Ammo badanga oğir şikast yetkaziş oqibatida şaxs vafot etsa, bunda ölimga nisbatan uning aybi ehtiyotsizlik şaklida ifodalanadi.
Tadbir davomida fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi Adilbek Seytnazarov çiqib, bugungi kunda aholi örtasida köp uçrayotgan muammolardan biri – kredit qarzdorligi va uni undiriş jarayonidagi öziga xos huquqiy jihatlarga batafsil töxtalib ötdi. Qayd qilinganidek, kredit majburiyatlarini muddatida bajariş nafaqat moliyaviy barqarorlikni, balki qonun ustuvorligini taʼminlaşda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar bevosita özlarini qiziqtirgan, qiynayotgan va kundalik hayotda duç kelayotgan turli xil sud-huquq hamda şaxsiy masalalari yuzasidan masʼullarga murojaat qildilar. Sud organi vakillari va huquqşunoslar har bir murojaatni diqqat bilan eşitib, ularga atrofliça va qonun doirasida asoslantirilgan javoblar qaytardilar. Fuqarolarning kundalik maişiy muammolar böyiça qilgan murojaatlari esa Özbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi xalq qabulxonasi yetakçi mutaxassisi Sanʼat Avezov tomonidan qayd qilinib, tegişli taşkilotlarga ijro uçun yetkazilişi belgilab olindi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶